Shotmonov Davronbek Samarbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Qishloq xo‘jaligi mashinalarining ishchi organlarini korroziya ta’sirlaridan himoya qilish uchun samarali kompozision polimer materiallar va qoplamalarni ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4817.
Ilmiy rahbar: Sultonov Sanjar Urozalievich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Yulchieva Surayyo Baxramovna, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Kasimova Malika Nosirjon qizi, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq xo‘jaligi mashinalarining ishchi organlarini korroziya ta’sirlaridan himoya qilish uchun samarali kompozision polimer materiallar va qoplamalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
organomineral ingredientlar va reaksion qobiliyatli birikmalarni epoksid kompozisiyalarning tuzilishiga kiritish orqali modifikatsiyalash usuli nazariy jihatdan asoslangan;
qishloq xo‘jaligi texnikasining detallari va ishchi organlarini korroziya ta’sirlaridan himoya qilish uchun kompozision epoksidli polimer materiallar va ular asosida qoplamalar ishlab chiqilgan;
tebranish va zarba sharoitida ishlaydigan texnologik usullardan foydalangan holda samarali antikorrozion kompozision polimer qoplamalarini olish usuli ishlab chiqilgan
qishloq xo‘jaligi mashinalarining detallari va ishchi organlarining sirt yuzasida qoplash uchun olinadigan kompozision polimer qoplamalarning fizik-mexanik va korroziyaga chidamli xususiyatlarini oshirishga imkon beradigan kompozisiya tarkibiy qismlarining o‘zaro ta’siri mexanizmi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Qishloq xo‘jaligi mashinalarining ishchi organlarini korroziya ta’sirlaridan himoya qilish uchun samarali kompozision polimer materiallar va qoplamalarni ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy va ikkilamchi xom ashyolar asosidagi kompozision polimer materiallar va korroziyaga chidamli qoplamalarning ishlab chiqilgan yangi samarali tarkibi “Agroservis MTP va ISM” MChJ qishloq xo‘jaligi texnikasining yonilg‘i baklarida amaliyotga joriy etilgan (“O`ZAGROSERVIS” AJ ning 2024 yil 15 maydagi 09-03/102-584 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yonilg‘i baklarining xizmat qilish muddatini 2-2,5 barobar oshirish imkonini bergan;
qishloq xo‘jaligi mashinalarining ishchi organlari qismlarining sirt yuzasida qo‘llaniladigan antikorrozion kompozision epoksidli materiallar va ular asosidagi qoplamalarni olishning ishlab chiqilgan samarali texnologiyasi “Agroservis MTP va ISM” MChJda amaliyotga joriy etilgan (“O`ZAGROSERVIS” AJ ning 2024 yil 15 maydagi 09-03/102-584 - sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan qoplamalarning fizik-mexanik xususiyatlarini 1,5-2,0 baravar oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish