Duboviskaya Natal`ya Sergeevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ikkilamchi polistrol xomashyosidan foydalanib energiyatejamkor engil beton kompozisiyasi va uni olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T2260.
Ilmiy rahbar: Muxamedbaeva Zamira Abduljaparovna, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo texnologiya instituti Yangier filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Talipov Nigmatilla Xamidovich, texnika fanlari doktori, professor; Xodjaev Saidag‘lam, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ikkilamchi polistrol xomashyosidan foydalanib energiyatejamkor engil beton kompozisiyasi va uni olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sement asosida polistirolli beton ishlab chiqarishda sementni suv bilan aralashtirish jarayonida sementni suvli matrisasining shakllanishida qisman nanozarrachalarning hosil bo‘lishi aniqlangan;
polistirolli beton ishlab chiqarish texnologiyasida sferik ko‘pchitilgan polistirol granulalarini sementni suvli matrisasi tarkibiga kiritilishi natijasida ishlab chiqilgan bloklarning adgezion mustahkamligi, qurilish va texnik xossalarini oshirishi aniqlangan;
qurilish, texnik va termofizik xususiyatlarga ega sement bog‘lovchisi va ikkilamchi polistirol asosidagi kompozision beton materiallari ishlab chiqilgan;
portlandsement, polistirol granulalari va to‘ldiruvchi asosidagi quruq polistirolli beton aralashmasi uchun texnologik ishlab chiqarish liniyasi ishlab chiqilgan;
bog‘lovchi sifatida portlendsementdan foydalanilgan ikkilamchi polistirol asosidagi konstruksion va issiqlik izolyasiyalovchi engil bloklar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ikkilamchi polistrol xomashyosidan foydalanib energiyatejamkor engil beton kompozisiyasi va uni olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sement bog‘lovchisi va ikkilamchi polistirol xomashyosi asosida polistirolbeton ishlab chiqarish texnologiyasi «BLIZAR» MChJ ishlab chiqarish sharoitida amaliyotga joriy etilgan (“O'zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 24 yanvar 2024 yildagi 05/15-168-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, binolarning tashqi devorlarida qo‘llash uchun  o‘rtacha zichlikka ega bo‘lgan D250-500, M5 va V0,5 mustaxkamlik sinfiga mansub konstruksion va issiqlikni izolyasiyalovchi polistirolbetonlar olish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan konstruksion va issiqlikni izolyasiyalovchi engil blok mahsulotlari hamda quruq polistirolli beton kompozisiyasi «BLIZAR» MChJ ishlab chiqarish sharoitida amaliyotga joriy etilgan (“O'zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 24 yanvar 2024 yildagi 05/15-168-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, 27 ming dona konstruksion bloklar ishlab chiqarilib, issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffisienti 0,05-0,13I/(m0S), zarb energiyasini so‘ndirishi ˃178,5 Dj, siqilishdagi mustaxkamligi 54 MPa bo‘lgan modifikatsiyalangan gazogipsobetonni olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish