Hamdamov Dilshod Xaydarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Issiqlik elektrostansiyalari kul chiqindilaridan qora va noyob metallarni ajratib olish texnologiyasini takomillashtirish», 05.02.01 - Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4663.
Ilmiy rahbar: Kamolov Tursunboy Ochilovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Sharafutdinov Ulug‘bek Ziyatovich, texnika fanlari doktori, professor; Tolibov Bekzod Ibroximovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy dalat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi issiqlik elektrostansiyalari kul chiqindilaridan qora va noyob metallarni ajrtib olish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Angren havzasidagi ko‘mirni yoqishdan hosil bo‘lgan kul chiqindisini elektron mikroskopiya, porometriya, rentgen fazasi va neytron-aktivatsiya tahlillari yordamida morfologik xususiyatlari, fazoviy va elementlar tarkibi aniqlangan;
kul tarkibidagi asosiy elementlarni (Si, Al, Fe) va mikrokomponentlarni (Se va La) ajratib olishda Angren ko‘mirining kulini gidrokimyoviy qayta ishlashning yangi usullari ishlab chiqilgan;
seriy, alyuminiy va temirni kuldan ajratib olish texnologik jarayonining kinetikasi va termodinamik hisoblashlari natijasida jarayonning optimal texnologik parametrlari aniqlangan;
eritma muhitini boshqarish orqali elektrokimyoviy ishlov berish usuli bilan katodda kul suspenziyasi tarkibidan makro- va mikrokomponentlarni eritmaga o‘tkazish orqali ajratib olishning takomillashgan texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Issiqlik elektrostansiyalari kul chiqindilaridan qora va noyob metallarni ajratib olish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
issiqlik elektr stansiyalaridagi kul va shlak chiqindilaridan qora va nodir metallarni ajratib olishning takomillashgan texnologiyasi Angren issiqlik elektr stansiyasida kamyob va noyob er elementlarini boyitish jarayonida amaliyotga joriy etilgan (“ISSIQLIK ELEKTR STANSIYALARI” AJning 2024 yil 12 sentyabrdagi 02-13/1535-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Angren va Yangi – Angren IES” AJ kompozision kul - shlak chiqindilaridan qimmatbaho komponentlarni ajratib olish uchun maqbul texnologik jarayonlar, shuningdek, kompozision kul - shlak chiqindilarining kislotali va ishqoriy eritmalaridan 80% dan ortiq seriy metalini ajratib olish imkonini bergan;
kompozision kul - shlak chiqindilaridan statik sharoitlarda kamyob va noyob er elementlarini Pyurilayt S-957 ioniti bilan ajratib olishning sorbsiyalash usuli Angren issiqlik elektr stansiyasida amaliyotga joriy etilgan (“ISSIQLIK ELEKTR STANSIYALARI” AJning 2024 yil 12 sentyabrdagi 02-13/1535-son ma’lumotnomasi). Natijada, SAS = 192 mg/g bo‘lgan Pyurilayt S-957 ioniti bilan 80% dan oshiq lantanni va temirni samarali ajratib olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish