Davlatov Salim Sulaymonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Diabetik tovon sindromi xirurgik davosida amputatsiya sohasini aniqlash usullarini optimizatsiyasi», 14.00.27 – Xirurgiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/Tib921.
Ilmiy maslahatchi: Xamdamov Baxtiyor Zarifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Sherbekov Ulug‘bek Axrarovich, tibbiyot fanlari doktori; Teshaev Oktyabr Ruxillaevich tibbiyot fanlari doktori, professor; Nazarov Shoxin Kuvvatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Tojikiston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Vitebsk davlat xalqlar do‘stligi ordeni tibbiyot universiteti (Belorussiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Diabetik tovon sindromining yiringli-nekrotik asoratlari bo‘lgan bemorlarni kompleks jarrohlik davolash natijalarini zararlangan oyoq amputatsiyasining tegishli darajasini aniqlash usullarini maqbullashtirish orqali yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
diabetik tovon sindromining yiringli – nekrotik asoratlari bo‘lgan bemorlarda taxmin qilinayotgan amputatsiya sathidagi yumshoq to‘qimalarning hayotiylik holatini operatsiyadan oldingi ingichka ignali punksion ekspress gistologik (IIPEG) tekshirish bilan birgalikda o‘tkir bosqich oqsili – laktoferrin faolligini aniqlash usuli yuqori informativlikka egaligi, oyoqlar yuqori amputatsiyasi hamda amputatsion cho‘ltoqdagi yiringli – nekrotik asoratlar rivojlanishini oldini olishi va amputatsiyaning eng maqbul sathini aniqlash uchun ob’ektiv me’zon sifatida qo‘llanilishi mumkinligi isbotlangan;
foton matrisali nurlantirgich yordamida mahalliy (oyoqning taxmin qilinayotgan kesish sathida) elektromagnitli nurlantirish, zararlangan oyoqning bazal qon aylanishini sezilarli oshishiga, mikrotsirkulyator oqim zaxira imkoniyatlarini ortirilishiga va shu orqali oyoqning yaqqol tejamkor amputatsiyalarini bajarilishi imkoniyati uchun sharoit yaratib berishi aniqlangan;
tizimli yallig‘lanish javob sindromi belgilari bilan DTS ning yiringli – nekrotik asoratlari bo‘lgan bemorlarni davolashda plazmaning bilvosita elektrokimyoviy oksigenatsiyasi va qo‘shimcha ozonlashtirilishi orqali diskret plazmoferezi, hamda detoksikatsiya qilingan plazmaning keyingi reinfuziyasining yuqori samaradorligi isbotlangan;
klinik, gistologik va biokimyoviy tadqiqotlar asosida oyoq amputatsiyasining eng maqbul sathini aniqlash orqali diabetik tovon sindromining yiringli-nekrotik asoratlarini kompleks jarrohlik davolash algoritmi ishlab chiqilgan;
tizimli yallig‘lanish javob sindromi belgilari bilan DTS ning yiringli – nekrotik asoratlari bo‘lgan bemorlarni kompleks jarrohlik davolashda oyoq amputatsiyasining maqbul sathini aniqlash algoritmining qo‘llanilishi o‘tkaziladigan reamputatsiyalar ulushining 23,9% dan 10,5% gacha, hamda o‘lim holatlarining 11,95% dan 3,92% gacha kamaytirish imkonini berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 2024 yil 25 sentyabrdagi 06/89 – son xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: diabetik tovon sindromining yiringli – nekrotik asoratlari bo‘lgan bemorlarda taxmin qilinayotgan amputatsiya sathidagi yumshoq to‘qimalarning hayotiylik holatini operatsiyadan oldingi ingichka ignali punksion ekspress gistologik (IIPEG) tekshirish bilan birgalikda o‘tkir bosqich oqsili – laktoferrin faolligini aniqlash usuli yuqori informativlikka egaligi, oyoqlar yuqori amputatsiyasi hamda amputatsion cho‘ltoqdagi yiringli – nekrotik asoratlar rivojlanishini oldini olishi va amputatsiyaning eng maqbul sathini aniqlash uchun ob’ektiv me’zon sifatida qo‘llanilishi mumkinligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: diabetik tovon sindromining yiringli – nekrotik asoratlari bo‘lgan bemorlarda taxmin qilinayotgan amputatsiya sathidagi yumshoq to‘qimalarning hayotiylik holatini operatsiyadan oldingi IIPEG tekshirish bilan birgalikda o‘tkir bosqich oqsili – laktoferrin faolligini aniqlash usuli ishlab chiqilgan, bu o‘z navbatida mazkur bemorlarning barchasida birlamchi amputatsiya natijalarini yaxshilashga ko‘maklashib, oyoqning amputatsion cho‘ltog‘ining yiringli-nekrotik asoratlarini, reamputatsiyalar bajarilishi ulushini hamda o‘limni kamaytirib, shifo jarayonini tezlashtiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent tibbiyot akadeiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (24.04.2024 y.; №73), Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (26.03.2024 y.; №53), Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (04.04.2024 y.; №155), Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (04.04.2024 y.; №125) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: diabetik tovon sindromining yiringli – nekrotik asoratlari bo‘lgan bemorlarda taxmin qilinayotgan amputatsiya sathidagi yumshoq to‘qimalarning hayotiylik holatini operatsiyadan oldingi IIPEG tekshirish bilan birgalikda o‘tkir bosqich oqsili – laktoferrin faolligini aniqlash usuli ishlab chiqilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida amputatsiyadan so‘ngi cho‘ltog‘ning yiringli-nekrotik asoratlarini oldini olishda foydalanishiga imkon berib, bemorlarni davolash sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: diabetik tovon sindromining yiringli – nekrotik asoratlari bo‘lgan bemorlarda taxmin qilinayotgan amputatsiya sathidagi yumshoq to‘qimalarning hayotiylik holatini operatsiyadan oldingi IIPEG tekshirish bilan birgalikda o‘tkir bosqich oqsili – laktoferrin faolligini aniqlash usuli ishlab chiqilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida operatsiyadan so‘ngi kuzatilish xavfi yuqori bo‘lgan asoratlarni oldini olishida inobatga olinib, davolashning zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish orqali 1 nafar bemorga sarflanadigan xarajatlarini 273000 so‘mga kamaytirishga erishildi. Xulosa: diabetik tovon sindromining yiringli – nekrotik asoratlari bo‘lgan bemorlarda taxmin qilinayotgan amputatsiya sathidagi yumshoq to‘qimalarning hayotiylik holatini operatsiyadan oldingi IIPEG tekshirish bilan birgalikda o‘tkir bosqich oqsili – laktoferrin faolligini aniqlash usulidan foydalanish, davolashda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olish hisobiga, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 273000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 355000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Diabetik tovon sindromi xirurgik davosida amputatsiya sohasini aniqlash usullarini optimizatsiyasi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga BuxDTI rektori tomonidan 2024 yil 18-sentyabrdagi 8244-sonli xat yuborilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: foton matrisali nurlantirgich yordamida mahalliy (oyoqning taxmin qilinayotgan kesish sathida) elektromagnitli nurlantirish, zararlangan oyoqning bazal qon aylanishini sezilarli oshishiga, mikrotsirkulyator oqim zaxira imkoniyatlarini ortirilishiga va shu orqali oyoqning yaqqol tejamkor amputatsiyalarini bajarilishi imkoniyati uchun sharoit yaratib berishi aniqlangan (O‘zR ixtiro uchun patent, № IAP 07441 19.05.2023). Ilmiy yangilikning ahamiyati: foton matrisali nurlantirgich yordamida mahalliy (oyoqning taxmin qilinayotgan kesish sathida) elektromagnitli nurlantirish usulidan foydalanish davolanish samarasini oshirishga imkon berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent tibbiyot akadeiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (24.04.2024 y.; №73), Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (26.03.2024 y.; №53), Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (04.04.2024 y.; №155), Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (04.04.2024 y.; №125) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: foton matrisali nurlantirgich yordamida mahalliy (oyoqning taxmin qilinayotgan kesish sathida) elektromagnitli nurlantirish usulidan foydalanish amputatsion cho‘ltoq sohasida rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytirish imkoniyatini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: foton matrisali nurlantirgich yordamida mahalliy (oyoqning taxmin qilinayotgan kesish sathida) elektromagnitli nurlantirish usulidan foydalanish: bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 5 kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 1050000 so‘mga kamaytirgan (BVKTTMning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 210000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 120000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: foton matrisali nurlantirgich yordamida mahalliy (oyoqning taxmin qilinayotgan kesish sathida) elektromagnitli nurlantirish usulidan foydalanish davolanish samarasini oshirishga davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatib, asoratlarning kamaytirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Diabetik tovon sindromi xirurgik davosida amputatsiya sohasini aniqlash usullarini optimizatsiyasi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga BuxDTI rektori tomonidan 2024 yil 18-sentyabrdagi 8244-sonli xat yuborilgan.
uchinchi ilmiy yangilik: tizimli yallig‘lanish javob sindromi belgilari bilan DTS ning yiringli – nekrotik asoratlari bo‘lgan bemorlarni davolashda plazmaning bilvosita elektrokimyoviy oksigenatsiyasi va qo‘shimcha ozonlashtirilishi orqali diskret plazmoferezi, hamda detoksikatsiya qilingan plazmaning keyingi reinfuziyasining yuqori samaradorligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: tizimli yallig‘lanish javob sindromi belgilari bilan DTS ning yiringli – nekrotik asoratlari bo‘lgan bemorlarni davolashda plazmaning bilvosita elektrokimyoviy oksigenatsiyasi va qo‘shimcha ozonlashtirilishi orqali diskret plazmoferezi, hamda detoksikatsiya qilingan plazmaning keyingi reinfuziyasi usuli ishlab chiqilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida mazkur kasallarda tizimli yallig‘lanish sindromi natijasida rivojlanadigan asoratlarni kamaytirishga imkon berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent tibbiyot akadeiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (24.04.2024 y.; №73), Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (26.03.2024 y.; №53), Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (04.04.2024 y.; №155), Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (04.04.2024 y.; №125) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tizimli yallig‘lanish javob sindromi belgilari bilan DTS ning yiringli – nekrotik asoratlari bo‘lgan bemorlarni davolashda plazmaning bilvosita elektrokimyoviy oksigenatsiyasi va qo‘shimcha ozonlashtirilishi orqali diskret plazmoferezi, hamda detoksikatsiya qilingan plazmaning keyingi reinfuziyasi usulidan foydalanish operatsiyadan keyingi davrda hayotga xavf tug‘diruvchi asoratlarning kamaytirish imkoniyatini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tizimli yallig‘lanish javob sindromi belgilari bilan DTS ning yiringli – nekrotik asoratlari bo‘lgan bemorlarni davolashda plazmaning bilvosita elektrokimyoviy oksigenatsiyasi va qo‘shimcha ozonlashtirilishi orqali diskret plazmoferezi, hamda detoksikatsiya qilingan plazmaning keyingi reinfuziyasi usulining amaliyotda qo‘llanilishi: bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 5 kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 1050000 so‘mga kamaytirgan (BVKTTMning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 210000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 120000 so‘m dori vositalari sarflanadi). Xulosa: tizimli yallig‘lanish javob sindromi belgilari bilan DTS ning yiringli – nekrotik asoratlari bo‘lgan bemorlarni davolashda plazmaning bilvosita elektrokimyoviy oksigenatsiyasi va qo‘shimcha ozonlashtirilishi orqali diskret plazmoferezi, hamda detoksikatsiya qilingan plazmaning keyingi reinfuziyasi usulining amaliyotda qo‘llanilishi, ushbu bemorlarni davolash natijalariga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatib, asoratlar va o‘limni kamaytirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Diabetik tovon sindromi xirurgik davosida amputatsiya sohasini aniqlash usullarini optimizatsiyasi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga BuxDTI rektori tomonidan 2024 yil 18-sentyabrdagi 8244-sonli xat yuborilgan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: klinik, gistologik va biokimyoviy tadqiqotlar asosida oyoq amputatsiyasining eng maqbul sathini aniqlash orqali diabetik tovon sindromining yiringli-nekrotik asoratlarini kompleks jarrohlik davolash algoritmi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: diabetik tovon sindromining yiringli-nekrotik asoratlarini kompleks jarrohlik davolash algoritmini amaliyotda qo‘llanilishi bemorlarni shifo jarayonini tezlashtirib asoratlar va o‘limni kamaytirgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent tibbiyot akadeiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (24.04.2024 y.; №73), Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (26.03.2024 y.; №53), Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (04.04.2024 y.; №155), Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (04.04.2024 y.; №125) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: diabetik tovon sindromining yiringli-nekrotik asoratlarini kompleks jarrohlik davolash algoritmidan foydalanish rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan hayotga xavf tug‘diruvchi asoratlarni oldini olish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: diabetik tovon sindromining yiringli-nekrotik asoratlarini kompleks jarrohlik davolash algoritmidan foydalanish bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 5 kunga qisqartirib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1050000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 600000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: diabetik tovon sindromining yiringli-nekrotik asoratlarini kompleks jarrohlik davolash algoritmini amaliyotga joriy qilinishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1050000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 600000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Diabetik tovon sindromi xirurgik davosida amputatsiya sohasini aniqlash usullarini optimizatsiyasi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga BuxDTI rektori tomonidan 2024 yil 18-sentyabrdagi 8244-sonli xat yuborilgan.
beshinchi ilmiy yangilik: tizimli yallig‘lanish javob sindromi belgilari bilan DTS ning yiringli – nekrotik asoratlari bo‘lgan bemorlarni kompleks jarrohlik davolashda oyoq amputatsiyasining maqbul sathini aniqlash algoritmining qo‘llanilishi o‘tkaziladigan reamputatsiyalar ulushining 23,9% dan 10,5% gacha, hamda o‘lim holatlarining 11,95% dan 3,92% gacha kamaytirish imkonini berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: tizimli yallig‘lanish javob sindromi belgilari bilan DTS ning yiringli – nekrotik asoratlari bo‘lgan bemorlarni kompleks jarrohlik davolashda oyoq amputatsiyasining maqbul sathini aniqlash algoritmining amaliyotda qo‘llanilishi bemorlarni shifo jarayonini tezlashtirib asoratlar va o‘limni kamaytirgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Toshkent tibbiyot akadeiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (24.04.2024 y.; №73), Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (26.03.2024 y.; №53), Samarqand viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (04.04.2024 y.; №155), Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (04.04.2024 y.; №125) bilan amaliyotga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tizimli yallig‘lanish javob sindromi belgilari bilan DTS ning yiringli – nekrotik asoratlari bo‘lgan bemorlarni kompleks jarrohlik davolashda oyoq amputatsiyasining maqbul sathini aniqlash algoritmidan foydalanish rivojlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan hayotga xavf tug‘diruvchi asoratlarni oldini olish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: tizimli yallig‘lanish javob sindromi belgilari bilan DTS ning yiringli – nekrotik asoratlari bo‘lgan bemorlarni kompleks jarrohlik davolashda oyoq amputatsiyasining maqbul sathini aniqlash algoritmining qo‘llanilishi bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 5 kunga qisqartirib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1050000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 600000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: tizimli yallig‘lanish javob sindromi belgilari bilan DTS ning yiringli – nekrotik asoratlari bo‘lgan bemorlarni kompleks jarrohlik davolashda oyoq amputatsiyasining maqbul sathini aniqlash algoritmining qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1050000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 600000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Diabetik tovon sindromi xirurgik davosida amputatsiya sohasini aniqlash usullarini optimizatsiyasi» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga BuxDTI rektori tomonidan 2024 yil 18-sentyabrdagi 8244-sonli xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish