Sultonova Nafisa Sabirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oziqlantirish turi va parvarish tamoyillariga bog‘liq holda bolalarning somatik holati va rivojlanish dinamikasi», 14.00.09–Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Tib55.
Ilmiy rahbar: [Muxamedova Xadicha Tulkinovna], tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.27.06. 2017.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Shamsiev Fazlitdin Sayfutdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ismoilova Adolat Abduraximovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oziqlantirish turlari va parvarish usullarining bolalar jismoniy-somatik, immun tizim va ruhiy-emotsional rivojlanishi ko‘rsatkichlari dinamikasiga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ona suti bilan oziqlantirilgan bolalarning somatik holati, immun tizimi, verbal va noverbal sinama ko‘rsatichlarining yoshiga mos ravishda tana vazni indeksi ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor bolalarning intellektual va ruhiy-emotsional holati psixologik sinamalar orqali oziqlantirish turi hamda parvarish tamoyillariga bog‘liqligi isbotlangan;
bolalar rivojlanishi kritik davrlari immuniteti hujayraviy (SD8+, SD16+, SD20+, SD23+) va gumoral (IgA, M ,G) bo‘g‘ini ko‘rsatkichlariga tabiiy oziqlantirish va oqilona parvarishning ta’siri aniqlangan;
ilk bor sun’iy oziqlantirish natijasida rivojlanadigan jismoniy, immun, ruhiy-emotsional va somatik patologiyalar kelib chiqish xavf omillarini kamaytirish asosida kamqonlik, nafas a’zolari va oshqozon-ichak tizimi kasalligi profilaktikasiga klinik-immunologik yondashuvlar takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oziqlantirish turi va parvarish tamoyillariga bog‘liq holda bolalarning somatik holati va rivojlanish dinamikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Oziqlanish turlariga bog‘liq holda bolalarning jismoniy, somatik va ruhiy rivojlanishida parvarish tamoyillarini optimallashtirish usullari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 31 maydagi 8n-d/137-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma bolalar jismoniy, somatik va ruhiy rivojlanishini, ovqatlantirish turlarini inobatga olgan holda somatik patologiyalar rivojlanish xavfini bashoratlashga, bolalarning gormonik rivojlanishining shakllanishiga yangicha yondashish imkonini bergan;
«Oziqlanish turlariga bog‘liq holda bolalarning jismoniy, somatik va ruhiy rivojlanishida parvarish tamoyillarini optimallashtirish usullari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 31 maydagi 8n-d/137-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma sun’iy ovqatlanishning bolalar jismoniy, ruhiy-emotsional rivojlanishiga ta’siri xavf omillarining baholash mezonlarini bashoratlash imkonini bergan;
oziqlantirish turi va parvarish tamoyillariga bog‘liq holda bolalarning somatik holati va rivojlanish dinamikasi tamoyillarini yanada takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Toshkent viloyati Zangiota tumani qishloq vrachlik punkti va Toshkent shahar Olmazor tumani markaziy poliklinikasi klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 26 iyundagi 8n-z/140-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi somatik kasalliklarning oldini olish, bolalarda kasallikni engil kechishiga erishish orqali davolash-profilaktika muassasalarida murojaatlar sonini kamaytirish hamda davolash sarf-xarajatlarini kisqartirish imkonini bergan.