Urmanova Firuza Maxkamovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Diabetik retinopatiyaning oldini olish, davolashda tashxislash mezonlari va differensial yondashuv», 14.00.08-Oftal`mologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Tib691.
Ilmiy maslaxatchi: Baxritdinova Fazilat Arifovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Yusupov Amin Azizovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Buzrukov Botir Tulkunovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Imsheneskaya Tatyana Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Belorussiya).
Yetakchi tashkilot: I.Georgievskiy nomidagi Tibbiyot akademiyasi Federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasi «V.I.Vernadskiy nomidagi Qrim federal universiteti» (Rossiya Federatsiyasi).
II. Tadqiqotning maqsadi: diabetik retinopatiyani erta aniqlash, avj olishining diagnostik mezonlarini ilmiy asoslash hamda diabetik retinopatiyani oldini olish va davolash usullarini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Optik kogerant tomografiya (OKT-A) usulida aniqlangan to‘r parda foveal avaskulyar zonasi (FAZ) maydoni, perimetri, sirkulyarlik indeksi (CI) maydonining oshishi va Inferior Hemi DCP, Perifovea DCP zonasida qon oqimi zichligining pasayishi diabetik retinopatiyaning klinik oldi bosqichini va avj olishini aniqlashda diagnostik markerlari ekanligi isbotlangan;
ko‘z yoshi suyuqligida bosh miyaning BDNF- neyrotrofik omili miqdorini pasayishi va o‘sishining qon tomir omili -VEGFning ortishi diabetik retinopatiyaning erta tashxislash va monitoring qilishning prognostik belgilaridan biri ekanligi aniqlangan;
noproliferativ diabetik retinopatiyaning rivojlanishi va proliferativ bosqichga o‘tishida ko‘z yoshi suyuqligidagi BDNF biomarkeri bilan Perifovea VD DCP, Inferior Hemi DCP, qon oqimi zichligi, orqa kalta siliar arteriyalar (OKSA) da qon oqimi tezligining Vsist pasayishi va FAZ mm2 maydonining, perimetrining, ICni ortishi bilan to‘g‘ri proporsional korrelyasiyasi aniqlangan;
Inferior Hemi DCP, Perifovea VD DCP, ko‘zning OKSA va VEGF, BDNF biomarkerlari ko‘rsatkichlari asosida ishlab chiqilgan diabetik retinopatiyaning yuzaga kelishi va rivojlanish xavfini differensial bashoratlashni taklif etilgan usuli, kasallikning turli bosqichlarida bemorlarning xavf guruhlarini shaxsiylashtirilgan tarzda aniqlash imkonini berishi isbotlangan;
diabetik retinopatiyaning yuzaga kelishi va jadallashishining turli xil xavf guruhlari bemorlarini kompleks terapiyasiga angio- va neyroprotektorlarni kiritish orqali taklif etilgan usulda davolashda to‘r parda mikrotsirkulyasiyasi, ko‘z gemodinamikasi ko‘rsatkichlarining me’yorlashuviga va kasallikning jadallashishini pasayishiga olib kelishi isbotlangan;
o‘tkazilgan klinik-funksional va laborator tadqiqotlar asosida 2-tur qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda diabetik retinopatiyani oldini olish va davolashga differensial yondashuv bo‘yicha taklif etilgan algoritm, klinik oldi bosqichini klinik bosqichga va noproliferativ bosqichni proliferativ bosqichga o‘tishini sekinlashtirishi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Termez filliali, Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi va Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining oftalmologiya bo‘limi faoliyatiga joriy etildi. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 22.07.2024 yildagi 4-sonli №04/05 yig‘ilish bayonnomasiga acocan:
birinchi ilmiy yangilik: optik kogerant tomografiya (OKT-A) usulida aniqlangan to‘r parda foveal avaskulyar zonasi (FAZ) maydoni, perimetri, sirkulyarlik indeksi (CI) maydonining oshishi va Inferior Hemi DCP, Perifovea DCP zonasida qon oqimi zichligining pasayishi diabetik retinopatiyaning klinik oldi bosqichini va avj olishini aniqlashda diagnostik markerlari ekanligi isbotlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: 2-tur qandli diabet bo‘lgan bemorlarda diabetik retipopatiyaning klinik belgilari kuzatilmagan bosqichida optik kogerent tomografiyaning angiografiya (OKT-A) funksiyasi bilan tekshiruvida FAZ maydonini, FAZ perimetri, IC oshishi va Perifovea DCP, Inferior Hemi DCP zonasida qon tomirlari zichligining pasayishi patologik jarayonga erta jalb qilinganligini ko‘rsatdi hamda funksional va strukturaviy yo‘qotishlardan oldin aniqlanadi. Ushbu ma’lumotlar OKT angiografiya funksiyasi bilan qo‘llash DRni erta tashxislash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Termez fillialiga 08.11.2023 yildagi 22 T-son buyruq bilan, SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasiga 14.11.2023 yildagi 117-son buyruq bilan va TTA ko‘p tarmoqli klinikasining oftalmologiya bo‘limiga 14.11.2023 yildagi 138-son buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat DRni erta aniqlashda diagnostik ahamiyatga ega mikrosirkulyasiya parametrlaridan foydalanish: FAZ maydoni, FAZ perimetri, IC oshishi va Perifovea DCP, Inferior Hemi DCP zonasida qon tomirlari zichligining pasayishi erta tashxis qo‘yish sifatini oshirishga imkon berdi, bu esa DR rivojlanishing oldini olishga yordam berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 2-tur qandli diabet bo‘lgan bemorlarda to‘r parda mikrotsirkulyasiyaning asosiy parametrlarini o‘rganish DR erta aniqlashga yordam berdi va NPDR ning PDR ga utishini 2 barabar oldini oldi. Profilaktik terapiyaning iqtisodiy samaradorligi har bir bemor uchun xarajatlarni 3 130 000 so‘mgacha iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: DR bilan kasallangan bemorlarda erta tashxis qo‘yish va asoratlarning rivojlanishining oldini olish usullarini ishlab chiqish va takomillashtirishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida «Razrabotka prognosticheskix kriteriev v diagnostike riska vozniknoveniya diabeticheskoy retinopatii» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlandi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 22.07.2024 yildagi 4-sonli №04/05 yig‘ilish bayonnomasi). Ushbu tavsiyanoma dastlabki bosqichlarda kasallikni aniqlash samaradorligini oshirishga imkon beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ko‘z yoshi suyuqligida bosh miyaning BDNF- neyrotrofik omili miqdorini pasayishi va o‘sishining qon tomir omili -VEGFning ortishi diabetik retinopatiyaning erta tashxislash va monitoring qilishning prognostik belgilaridan biri ekanligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, DR siz 2-tur qandi diabet bilan og‘rigan va DRning turli bosqichlarida bo‘lgan bemorlarda ko‘z yoshi suyuqligida VEGFning oshishi va BDNF ishlab chiqarilishining kamayishi kasallikning rivojlanishida patogenetik omillarning rolini va erta tashxis qo‘yishda biomarkerlarni o‘rganish muhimligini ko‘rsatdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Termez fillialiga 08.11.2023 yildagi 22 T-son buyruq bilan, SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasiga 14.11.2023 yildagi 117-son buyruq bilan va TTA ko‘p tarmoqli klinikasiga 14.11.2023 yildagi 138-son buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: quyidagilardan iborat: BDNF va VEGF ko‘rsatgichlarini o‘rganish diabetik retinopatiyaning turli patogenetik bo‘g‘inlarida ishtirok etadigan markerlardagi o‘zgarishlarning turli yo‘nalishlarini ko‘rsatdi. Bu patogenetik asoslangan erta tashxislash sifatini oshirish va 2-tur qandli diabeti bilan og‘rigan bemorlarda klinik belgilari aniqlanishidan oldin DR paydo bo‘lishi va rivojlanishining turli xavf guruhlarida davolash taktikasini ishlab chiqish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: quyidagilardan iborat: 2-tur qandli diabeti bilan og‘rigan bemorlarda diabetik retinopatiyani klinik belgilari aniqlanishidan oldin BDNF va VEGF asosiy ko‘rsatkichlarini o‘rganish DR erta aniqlashga, rivojlanishining oldini olishga, patogenetik jihatdan asoslangan kompleks terapiyaning ishlab chiqarishga yordam berdi. Profilaktik terapiyaning iqtisodiy samaradorligi har bir bemor uchun xarajatlarni 3 130 000 so‘mgacha iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: DR bilan kasallangan bemorlarda erta tashxis qo‘yish va asoratlarning rivojlanishining oldini olish usullarini ishlab chiqish va takomillashtirishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida «Razrabotka prognosticheskix kriteriev v diagnostike riska vozniknoveniya diabeticheskoy retinopatii» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlandi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 22.07.2024 yildagi 4-sonli №04/05 yig‘ilish bayonnomasi). Ushbu tavsiyanoma dastlabki bosqichlarda kasallikni aniqlash kamaytirish samaradorligini oshirishga imkon beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: noproliferativ diabetik retinopatiyaning rivojlanishi va proliferativ bosqichga o‘tishida ko‘z yoshi suyuqligidagi BDNF biomarkeri bilan Perifovea VD DCP, Inferior Hemi DCP, qon oqimi zichligi, orqa kalta siliar arteriyalar (OKSA) da qon oqimi tezligining Vsist pasayishi va FAZ mm2 maydonining, perimetrining, ICni ortishi bilan to‘g‘ri proporsional korrelyasiyasi aniqlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ko‘z yoshi suyuqligidagi BDNF biomarkerlari OCT-A ko‘rsatkichlari, ya’ni Perifovea VD DCP, Inferior Hemi DCP zonasida qon tomirlari zichligining, oftal`modopplerografiya ko‘rsatkichlari: OKSA qon oqimi tezligi pasayishi bilan to‘g‘ri proporsional korrelyasiya munosabatlarga ega; FAZ maydoni, FAZ perimetri, FAZ IC, to‘r parda qalinligi va qarshilik indeksining teskari proporsional korrelyasiya bulib 2 tip kandli diabet bilan og‘rigan bemorlarni 2-tur qandli diabet bilan og‘rimagan shaxslardan farqlashda strukturaviy jihatdan ustun turadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Termez fillialiga 08.11.2023 yildagi 22 T-son buyruq bilan, SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasiga 14.11.2023 yildagi 117-son buyruq bilan va TTA ko‘p tarmoqli klinikasiga 14.11.2023 yildagi 138-son buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi kuydagilardan iborat: olib borilgan tadqiqotlar, ko‘z yoshi suyuqligidagi BDNF biomarkeri OCT-A o‘zaro bog‘liqligi, diabetik retinopatiyani klinik belgilari aniqlanishidan oldin va DRning turli bosqichlarni erta tashxislash, kompleks terapiya usulini ishlab chiqishga va tibbiy yordam sifatini oshirishga imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi kuyidagilarda iborat: korrelyasiyalar asosida diabetik retinopatiyani klinik belgilari aniqlanishidan oldin 2-tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda neyro va angiogenezining BDNF va VEGFni asosiy kursatkichlari erta tashxislash taktikasi ishlab chikildi. Profilaktik terapiyaning iqtisodiy samaradorligi har bir bemor uchun xarajatlarni 3 130 000 so‘mgacha iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi DR bilan kasallangan bemorlarda erta tashxis qo‘yish va asoratlarning rivojlanishining oldini olish usullarini ishlab chiqish va takomillashtirishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida «Razrabotka prognosticheskix kriteriev v diagnostike riska vozniknoveniya diabeticheskoy retinopatii» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlandi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 22.07.2024 yildagi 4-sonli №04/05 yig‘ilish bayonnomasi). DR bemorlarni davolash taktikasini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida «Sovershenstvovanie profilaktiki riska progressirovaniya diabeticheskoy retinopatii» (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 22.07.2024 yildagi 4-sonli №04/05 yig‘ilish bayonnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanomalar DR bilan kasallangan bemorlarda kasallikning rivojlanishini kompleks davolash va oldini olish samaradorligini oshirishga va ko‘z asoratlarining oldini olish samaradorligini oshirish va nogironlik darajasini pasaytirish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Inferior Hemi DCP, Perifovea VD DCP, ko‘zning OKSA va VEGF, BDNF biomarkerlari ko‘rsatkichlari asosida ishlab chiqilgan diabetik retinopatiyaning yuzaga kelishi va rivojlanish xavfini differensial bashoratlashni taklif etilgan usuli, kasallikning turli bosqichlarida bemorlarning xavf guruhlarini shaxsiylashtirilgan tarzda aniqlash imkonini berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati DR ning yuzaga kelishini va rivojlanishini erta aniqlash va samaradorligini oshirish uchun diabetik retinopatiyaning turli bosqichlarini differensial bashoratlash usullari ishlab chiqildi va ilmiy asoslandi. Bu bemorlarda individual erta tashxis qo‘yish sifati va samaradorligini oshirish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Termez fillialiga 08.11.2023 yildagi 22 T-son buyruq bilan, SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasiga 14.11.2023 yildagi 117-son buyruq bilan va TTA ko‘p tarmoqli klinikasining oftalmologiya bo‘limiga 14.11.2023 yildagi 138-son buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: diabetik retinopatiyaning yuzaga kelishi va rivojlanish xavfini differensial bashoratlashni taklif etilgan usuli sog‘liqni saqlash amaliyotiga axborotlashtirish va avtomatlashtirishni joriy etish, davlat byudjetini tejash orqali diabetik retinopatiya bilan og‘rigan bemorlarni erta aniqlashga yordam beradi. 3 yil davomida DR rivojlanishi xavfi bo‘lgan turli guruhlarda axborotlashtirish va avtomatlashtirishni joriy etish orqali diabetik retinopatiyaning yuzaga kelishi va rivojlanish xavfini differensial bashoratlashni taklif etilgan usulidan foydalanish natijalari shuni ko‘rsatdiki, klinik ko‘rsatkichlarning 2-B-asosiiy asosiy guruhida nazorat guruhiga nisbatan 2,6 barobarga, jarayonning barqarorlashuvi 1,7 barobarga yaxshilanishi, nazorat guruhida 2B-asosiy guruhga nisbatan 3 baravar ko‘proq holatning yomonlashishi kuzatildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi shundan iboratki, diabetik retinopatiyaning yuzaga kelishi va rivojlanish xavfini differensial bashoratlashni taklif etilgan usulidan foydalanish ambulator sharoitda 1 nafar bemor uchun byudjet mablag‘larini 3 130 000 so‘m iqtisod qilish imkonini bergan. Profilaktik terapiyaning iqtisodiy samaradorligi har bir bemorga 9 130 000 so‘mga kamaytirish imkonini bergan va bemorlarni kasalxonaga yotqizish darajasini 1,5 baravar kamaytirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: DR bilan kasallangan bemorlarda erta tashxis qo‘yish va asoratlarning rivojlanishining oldini olish usullarini ishlab chiqish va takomillashtirishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida «Razrabotka prognosticheskix kriteriev v diagnostike riska vozniknoveniya diabeticheskoy retinopatii» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlandi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 22.07.2024 yildagi 4-sonli №04/05 yig‘ilish bayonnomasi). DR bemorlarni davolash taktikasini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida «Sovershenstvovanie profilaktiki riska progressirovaniya diabeticheskoy retinopatii» (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 22.07.2024 yildagi 4-sonli №04/05 yig‘ilish bayonnomasi). Ushbu tavsiyanomalar dastlabki bosqichlarda kasallikni aniqlash va asoratlarni kamaytirish samaradorligini oshirishga imkon beradi
beshinchi ilmiy yangilik: diabetik retinopatiyaning yuzaga kelishi va jadallashishining turli xil xavf guruhlari bemorlarini kompleks terapiyasiga angio- va neyroprotektorlarni kiritish orqali taklif etilgan usulda davolashda to‘r parda mikrotsirkulyasiyasi, ko‘z gemodinamikasi ko‘rsatkichlarining me’yorlashuviga va kasallikning jadallashishini pasayishiga olib kelishi isbotlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: DRning turli xavf guruhlaridagi bemorlarda kuzatuvni olib borish "DR rivojlanish xavfini oldini olish" usuli ishlab chiqilgan va ilmiy asoslangan bo‘lib mikrotsirkulyasiya ko‘rsatgichlarining me’yorlashuvi va kasallikning rivojlanishining pasayishiga olib keladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Termez fillialiga 08.11.2023 yildagi 22 T-son buyruq bilan, SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasiga 14.11.2023 yildagi 117-son buyruq bilan va TTA ko‘p tarmoqli klinikasining oftalmologiya bo‘limiga 14.11.2023 yildagi 138-son buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: 3 yil davomida 2-tur qandli diabet bilan og‘rigan DR rivojlanishining turli xavf guruhlari bemorlarini boshqarish uchun ishlab chiqilgan taktikalardan foydalanish asosiy guruhdagi bemorlarda davolash natijalarini 37,8%ga yaxshilanishi qayd etildi, bu nazorat guruhiga nisbatan 2,6 marta ko‘p, 41% bemorlarda jarayonning turg‘unlashishi kuzatildi, bu nazorat guruhi ko‘rsatkichlaridan 1,5 marta ko‘p. Nazorat guruhida ko‘rsatgichlar asosiy guruhga qaraganda 3 barobar ko‘p yomonlashdi, 50,5% hollarda DR ga o‘tish kuzatildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: quyidagilardan iborat: DR rivojlanishi uchun turli xil xavf guruhlarida 2-tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarni boshqarish uchun ishlab chiqilgan taktikalar ushbu patologiya bilan kasallangan bemorlarni kasalxonaga yotqizish darajasini 1,5 baravar kamaytirishga imkon berdi. Natijada 2-tur qandli diabeti bilan og‘rigan bemorlarda davolash buyicha taklif etilgan davolashga kompleks yondashuvdan foydalanish statsionar sharoitda 1 nafar bemor uchun byudjet mablag‘larini 9130000 ga sum iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: DR bemorlarni davolash taktikasini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida «Sovershenstvovanie profilaktiki riska progressirovaniya diabeticheskoy retinopatii» (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 22.07.2024 yildagi 4-sonli №04/05 yig‘ilish bayonnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanomalar DR bilan kasallangan bemorlarda kasallikning rivojlanishini kompleks davolash va oldini olish samaradorligini oshirishga va ko‘z asoratlarining oldini olish samaradorligini oshirish darajasini pasaytirish imkonini beradi.
oltinchi ilmiy yangilik: 2-tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda diabetik retinopatiyaning oldini olish va davolashga differensial yondashuv uchun tavsiya etilgan algoritm klinik, funksional va laborator tadqiqotlari asosida ilmiy jihatdan tasdiqlangan va klinik belgilarining rivojlanishini va noproliferativ bosqichdan proliferativ bosqichga o‘tishini sekinlashtirdi; Ilmiy yangilikning ahamiyati: klinik, funksional va laborator tekshiruvlari asosida 2-tur qandli diabeti bilan og‘rigan bemorlarda DR ning oldini olish uchun differensial yondashuvni takomillashtirish algoritmi ishlab chiqilgan va amalga oshirilgan.Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Termez fillialiga 08.11.2023 yildagi 22 T-son buyruq bilan, SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasiga 14.11.2023 yildagi 117-son buyruq bilan va TTA ko‘p tarmoqli klinikasining oftalmologiya bo‘limiga 14.11.2023 yildagi 138-son buyruq bilan klinik amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Klinik, funksional, laborator tekshiruv usullariga asoslanib, qandli diabet 2-turi bilan og‘rigan bemorlarda DR oldini olish bo‘yicha differensial yondashuvni takomillashtirish, erta tashxislashni yaxshilash, kasallikning paydo bo‘lishi va rivojlanishi uchun xavf guruhlarini aniqlash, DR boshqarish taktikasini standartlashtirish, birlamchi va ikkilamchi profilaktikasi uchun ilmiy asoslangan algoritm ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: amalga oshirilgan asosiy tashkiliy chora-tadbirlar DRning birlamchi va ikkilamchi profilaktikasini yaxshilashga yordam beradi, bu esa o‘z navbatida birlamchi kasallanish darajasining pasayishiga va tibbiy yordam ko‘rsatish darajasini oshirishga olib keladi. 2-tur qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda tashhislash va davolashning kompleks algoritmi statsionar sharoitda 1 bemor uchun byudjetdan 9130 000 ming so‘mni tejash imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanish: DR bilan kasallangan bemorlarda erta tashxis qo‘yish va asoratlarning rivojlanishining oldini olish usullarini ishlab chiqish va takomillashtirishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida «Razrabotka prognosticheskix kriteriev v diagnostike riska vozniknoveniya diabeticheskoy retinopatii» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlandi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 22.07.2024 yildagi 4-sonli №04/05 yig‘ilish bayonnomasi). DR bemorlarni davolash taktikasini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida «Sovershenstvovanie profilaktiki riska progressirovaniya diabeticheskoy retinopatii» (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 22.07.2024 yildagi 4-sonli №04/05 yig‘ilish bayonnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanomalar DR bilan og‘rigan bemorlarda kasallikning rivojlanishini kompleks davolash va oldini olish samaradorligini oshirishga imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish