Mamatxujaeva Gulnaraxan Najmidinovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sil bilan xastalangan bemor bolalar va o‘smirlarda ko‘z kasalliklarining kechishi, davolash va oldini olish xususiyatlari» 14.00.08 – Oftal`mologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib57.
Ilmiy maslahatchi: Ikramov Azizbek Fazilovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.01.2020.Tib.105.01.
Rasmiy opponentlar: Buzrukov Botir To‘lqunovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gavrilova Tat’yana Valer’evna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Sodikov Abduvoxid Sodikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Dog‘iston davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sil bilan xastalangan bemor bolalar va o‘smirlarda mahalliy immun va antiproteaza reaksiyalarining xususiyatlarini hisobga olgan holda ko‘z kasalliklarini erta tashxislash, davolash va oldini olish usullarini takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sil bilan xastalangan bemor bolalar va o‘smirlarda orasida oftalmologik kasalliklarning tarqalish dinamikasi va shakllari o‘rganildi va ushbu kontingent orasida sog‘lom bolalar va o‘smirlarga qaraganda og‘irroq va surunkali yallig‘lanishli ko‘z kasalliklari sezilarli darajada keng tarqalganligi aniqlangan;
sil bilan xastalangan bemor bolalar va o‘smirlarda umumiy immunologik holatning buzilishi og‘ir mahalliy yallig‘lanish reaksiyasini keltirib chiqarishi aniqlanib, bu yallig‘lanish sitokini TNF–α darajasining oshishi va yallig‘lanishga qarshi interleykin IL-10 va TGF-β1 darajasining pasayishi bilan isbotlangan;
turli xil yallig‘lanishli ko‘z kasalliklari bo‘lgan sil bilan xastalangan bemor bolalar va o‘smirlarda mahalliy sitokinlar va proteaza ingibitorlari darajasining o‘zgarishi umumiy immunologik holatning buzilishi natijasida kelib chiqqan mahalliy yallig‘lanish reaksiyasining kuchayganligini va kasallikning birinchi o‘ziga xos belgilariga aylanishi isbotlangan;
sil bilan xastalangan bemor bolalar va o‘smirlarda mahalliy yallig‘lanish reaksiyasini rivojlantirish uchun aniqlangan xavf omillari asosida prognozlash tizimi ishlab chiqilgan va patogenetik yo‘naltirilgan davolash choralari kiritish bilan chora-tadbirlar prognozlash tizimi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sil bilan xastalangan bemor bolalar va o‘smirlarda ko‘z kasalliklarining kechishi, davolash va oldini olish xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: sil bilan xastalangan bemor bolalar va o‘smirlarda orasida oftalmologik kasalliklarning tarqalish dinamikasi va shakllari o‘rganildi va ushbu kontingent orasida sog‘lom bolalar va o‘smirlarga qaraganda og‘irroq va surunkali yallig‘lanishli ko‘z kasalliklari sezilarli darajada keng tarqalganligi aniqlanligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2022 yil 20 sentyabrda 8n-r/1001-son bilan tasdiqlangan «Sil bilan xastalangan bolalar va o‘smirlarda ko‘z kasalliklarini skrining algoritmi» nomli hamda 2022 yil 26 sentyabrda 8n-r/1021-son bilan tasdiqlangan «Sil bilan xastalangan bolalar va o‘smirlarda ko‘z kasalliklarini xavf omillarini o‘rganish va oldini olishni optimallashtirishga yangi yondashuvlar» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 12.12.2023 yildagi 75-son, Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 25.12.2023 yildagi 104-son hamda Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 27.12.2023 yildagi 178-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 25 iyundagi 01/10-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: sil bilan xastalangan bemor bolalar va o‘smirlarda kuchli mahalliy yallig‘lanish reaksiyasi tufayli surunkali blefarit, kon’yunktivit va episklerit kabi kasalliklarning yanada og‘ir kechishini inobatga olish, ushbu toifadagi bemorlarda to‘liq oftal`mologik tekshiruvlarni o‘tkazishni taqazo etadi, va shu bilan ushbu kasalliklarni barvaqt aniqlash, oldini olish va davolashga imkoniyatlarini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: sil bilan xastlangan bemor bolalar va o‘smirlarda ko‘z patologiyasini erta tashhislash, ko‘z kasalliklarini o‘z vaqtida patogenetik jihatdan asoslangan davolash va oldini olish davo harajatlarini kamaytirish va yotoq kunlarini qisqartirish hisobiga bir bemor uchun 170000 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilishga imkon beradi. Xulosa: ushbu ilmiy yangilikni tashxisot standartlariga kiritish sil bilan xastalangan bemor bolalar va o‘smirlarda ko‘z kasalliklarini erta tashxislash, o‘z vaqtida davolash va asoratlarini oldini olish hisobiga tadqiqot ko‘lami bo‘yicha 340 nafar bemorlarning bir kunlik shifoxonada bo‘lish vaqti uchun 57800000 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: sil bilan xastalangan bemor bolalar va o‘smirlarda umumiy immunologik holatning buzilishi og‘ir mahalliy yallig‘lanish reaksiyasini keltirib chiqarishi aniqlanib, bu yallig‘lanish sitokini TNF–α darajasining oshishi va yallig‘lanishga qarshi interleykin IL-10 va TGF-β1 darajasining pasayishi bilan isbotlanganlig Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2022 yil 20 sentyabrda 8n-r/1001-son bilan tasdiqlangan «Sil bilan xastalangan bolalar va o‘smirlarda ko‘z kasalliklarini skrining algoritmi» nomli, 2022 yil 20 sentyabrda 8n-r/1006-son bilan tasdiqlangan «Sil kasalligi bilan assotsialashgan miopiyani bolalar va o‘smirlarda erta tashxislash va davolashni ishlab chiqish» nomli hamda 2022 yil 26 sentyabrda 8n-r/1021-son bilan tasdiqlangan «Sil bilan xastalangan bolalar va o‘smirlarda ko‘z kasalliklarini xavf omillarini o‘rganish va oldini olishni optimallashtirishga yangi yondashuvlar» nomli uslubiy tavsiyanomalarga kiritilgan. Mazkur takliflar Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 12.12.2023 yildagi 75-son, Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 25.12.2023 yildagi 104-son hamda Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 27.12.2023 yildagi 178-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 25 iyundagi 01/10-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: sil bilan xastalangan bemor bolalar va o‘smirlarda proteaza ingibitorlar holati ko‘rsatkichlarini aniqlash tashhislash samaradorligini oshiradi hamda asoratlar rivojlanish ehtimolini bashorat qilish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: sil bilan xastlangan bemor bolalar va o‘smirlarda ko‘z kasalliklarini o‘z vaqtida patogenetik jihatdan asoslangan davolash yotoq kunlarini 5 kunga qisqartirish hisobiga bir bemor uchun 850000 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilinishiga imkon beradi. Xulosa: ushbu ilmiy yangilikni sil bilan xastlangan bemor bolalar va o‘smirlarda ko‘z kasalliklarini kompleks davolashda inobatga olinishi tadqiqot ko‘lami bo‘yicha 340 nafar bemorga xisoblanganda 289000000 so‘m byudjet mablag‘lari tejalishiga imkon beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: turli xil yallig‘lanishli ko‘z kasalliklari bo‘lgan sil bilan xastalangan bemor bolalar va o‘smirlarda mahalliy sitokinlar va proteaza ingibitorlari darajasining o‘zgarishi umumiy immunologik holatning buzilishi natijasida kelib chiqqan mahalliy yallig‘lanish reaksiyasining kuchayganligini va kasallikning birinchi o‘ziga xos belgilariga aylanishi isbotlanganligi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2022 yil 20 sentyabrda 8n-r/1001-son bilan tasdiqlangan «Sil bilan xastalangan bolalar va o‘smirlarda ko‘z kasalliklarini skrining algoritmi» nomli, 2022 yil 20 sentyabrda 8n-r/1006-son bilan tasdiqlangan «Sil kasalligi bilan assotsialashgan miopiyani bolalar va o‘smirlarda erta tashxislash va davolashni ishlab chiqish» nomli, hamda 2022 yil 26 sentyabrda 8n-r/1021-son bilan tasdiqlangan «Sil bilan xastalangan bolalar va o‘smirlarda ko‘z kasalliklarini xavf omillarini o‘rganish va oldini olishni optimallashtirishga yangi yondashuvlar» nomli uslubiy tavsiyanomalar tarkibiga kiritilgan. Mazkur takliflar Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 12.12.2023 yildagi 75-son, Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 25.12.2023 yildagi 104-son hamda Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 27.12.2023 yildagi 178-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 25 iyundagi 01/10-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: sil bilan xastalangan bemor bolalar va o‘smirlarda mahalliy sitokinlar holati ko‘rsatkichlarini aniqlash tashhislash samaradorligini oshiradi hamda asoratlar rivojlanish ehtimolini bashorat qilish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: sil bilan xastlangan bemor bolalar va o‘smirlarda ko‘z kasalliklarini o‘z vaqtida patogenetik jihatdan asoslangan davolash yotoq kunlarini 5 kunga qisqartirish hisobiga bir bemor uchun 850000 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilishga imkon beradi. Xulosa: ushbu ilmiy yangilikni sil bilan xastlangan bemor bolalar va o‘smirlarda ko‘z kasalliklarini kompleks davolashda inobatga olish tadqiqot ko‘lami bo‘yicha 340 nafar bemorlarga xisoblanganda 289000000 so‘m byudjet mablag‘lari tejalishiga imkon beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: sil bilan xastalangan bemor bolalar va o‘smirlarda mahalliy yallig‘lanish reaksiyasini rivojlantirish uchun aniqlangan xavf omillari asosida prognozlash tizimi ishlab chiqilgan va patogenetik yo‘naltirilgan davolash choralari kiritish bilan chora-tadbirlar bashoratlash tizimi takomillashtirilganligi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan 2022 yil 20 sentyabrda 8n-r/1001-son bilan tasdiqlangan «Sil bilan xastalangan bolalar va o‘smirlarda ko‘z kasalliklarini skrining algoritmi» nomli, 2022 yil 20 sentyabrda 8n-r/1006-son bilan tasdiqlangan «Sil kasalligi bilan assotsialashgan miopiyani bolalar va o‘smirlarda erta tashxislash va davolashni ishlab chiqish» nomli hamda 2022 yil 26 sentyabrda 8n-r/1021-son bilan tasdiqlangan «Sil bilan xastalangan bolalar va o‘smirlarda ko‘z kasalliklarini xavf omillarini o‘rganish va oldini olishni optimallashtirishga yangi yondashuvlar» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur takliflar Farg‘ona viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 12.12.2023 yildagi 75-son, Andijon viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 25.12.2023 yildagi 104-son hamda Namangan viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 27.12.2023 yildagi 178-son buyruqlari bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 25 iyundagi 01/10-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: sil bilan xastalangan bolalar va o‘smirlarda turli xil ko‘z kasalliklarida ishlab chiqilgan erta tashxislash va davolash usullari kasallikni barvaqt aniqlanishiga, va shu asosda kompleks davo choralarni amalga oshirish hisobiga asoratlarni oldini olishga, davolash sifatini oshirishga, bemorlarni shifoxonada qolish muddatlarini qisqartirishga, pirovardida bemorlar xayot sifatini oshirishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: mahalliy sitokinlar va proteaz ingibitorlarining o‘zgarishini hisobga olgan holda ko‘z kasalliklarini erta tashxislash va davolash usullarini qo‘llash davolanishga sarflanadigan harajatlar hisobidan bir bemor uchun 232000 so‘m byudjet mablag‘lari iqtisod qilinadi. Xulosa: sil bilan xastalangan bemor bolalar va o‘smirlarda turli xil ko‘z kasalliklarida mahalliy sitokinlar va proteaz ingibitorlarining o‘zgarishini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan ko‘z kasalliklarini erta tashxislash va davolash usullarini joriy etish tadqiqot ko‘lami bo‘yicha 340 nafar bemorlarga xisoblanganda 78880000 so‘m byudjet mablag‘lari tejalishiga imkon beradi.