Primov Azamat Iskandarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
“Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma” asari leksikasi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/Fil121.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Dadaboev Hamidulla Aripovich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyot va folklori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.03.
Rasmiy opponentlar: Ko‘chimov Shuhrat Norqizilovich, filologiya fanlari doktori, professor; Abdushukurov Baxtiyor Bo‘ronovich, filologiya fanlari doktori, professor;  Husanov Nishonboy Abdusattorovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sharafuddin Ali Yazdiy qalamiga mansub “Zafarnoma” asarining Muhammad Ali ibn Darvesh Ali al-Buxoriy tomonidan eski o‘zbek adabiy tiliga qilingan tarjimasi leksikasini mavzu guruhlari bo‘yicha tasniflash, tavsiflash va lisoniy birliklarning geneologik, leksik-semantik, funksional-stilistik xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
eski o‘zbek adabiy tilining XVI asrdagi fonetik, leksik, grammatik holatlarini, shuningdek, lug‘aviy birliklarning tarixiy va semantik taraqqiyotini aniqlashda “Zafarnoma” asarining eski o‘zbek adabiy tiliga qilingan tarjimasidagi lug‘at tarkibiga xos tarixiy so‘zlarning muhim o‘rni ijtimoiy-siyosiy, harbiy, maishiy va diniy leksikaga oid mavzu guruhlari asosida baholanib, so‘zlardagi ma’no kengayishi, ma’no torayishi singari semantik jarayonlar asoslangan;
“Zafarnoma” asari tarjimasidagi naft, ra’dandáz, ma’raka, ilγar, ilgari, tabaq, dasturxán,  kafš, pir, háfiz, jibä, berkitmaq, salmaq, mubárakbád kabi leksik birliklarning leksikografik manbalarda ifodalanmagan fonetik, lug‘aviy, grammatik hosil bo‘lishiga doir tarixiy-etimologik xususiyatlari, ularning semantik taraqqiyoti asosida yuzaga kelgan ma’no qirralari kelgusida yaratiladigan lug‘atlarda aks etishi zarurligi tilshunoslik nuqtayi nazaridan isbotlangan;
“Zafarnoma” asari tarjimasi tilining xarakterli jihatlari, xususan, uning qadimgi turkiy hamda eski turkiy til bilan uzviy bog‘liqligi yazi, čol, olka, qišlaq, balčiq,  tuγ, oq, uruš, qilič, orta, uluγ, oγruq, yurtči, bašlamiš, tirkaš, yurt, zuhd, butxána, xánaháh, ataškada, iydgáh, masjid, šayxulislám, majus, gabr, kalisá, tabar kabi so‘zlar asosida dalillangan;
    asar leksikasidan o‘rin olgan so‘zlar o‘sha davrda yaratilgan boshqa yozma manbalar, ayrim o‘rinlarda hozirgi o‘zbek adabiy tili va xalq shevalarida aynan yoki ma’no kengayishi va torayishi asosida aks etgani xum, ma’raka, sanač, fota, kafš, dasturxán, balta, tasadduq, tartmaq, salmaq, qoparmaq kabi o‘nlab so‘zlar asosida asoslangan;
“Zafarnoma” asari tarjimasi lug‘at fondida qo‘llangan čapqun qȉlmaq,  jer bȉlän teng qȉlmaq; urušmaq, uruš salmaq; jetȉšmaq, kelmaq; urmaq, tȉkmaq; jazuq, gunah; a’dá, dušman; ajš, išrat, tana’um; adl, dad; sačqȉ, inayat; azimat, šavkat;  peškaš, tuhfa, savrȉn, böläk kabi sinonimlar; salámatlȉk ¬¬–¬¬ xastalȉq, qȉšlȉq – yazlȉq, šádmánlȉk – γam, nek – bad, jűrmaq – qarár tapmaq, köčmaq – tušmaq kabi  antonimlar; böläk, baγ, sal, ajaq,  keč, til, burun, pára singari omonimlarning tahlili asosida asar so‘z boyligining leksik-semantik xususiyatlari, shuningdek, o‘xshatish, metafora, evfemizm, takror kabi tasviriy vositalarning qo‘llanish doirasiga xos funksional-stilistik xususiyatlar ochib berilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Zafarnoma” leksikasini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
eski o‘zbek adabiy tilining XVI asrdagi fonetik, leksik, grammatik holatlarini, shuningdek, lug‘aviy birliklarning tarixiy va semantik taraqqiyotini aniqlashda “Zafarnoma” asarining eski o‘zbek adabiy tiliga qilingan tarjimasidagi lug‘at tarkibiga xos tarixiy so‘zlarning muhim o‘rni ijtimoiy-siyosiy, harbiy, maishiy va diniy leksikaga oid mavzu guruhlari asosida baholanib, so‘zlardagi ma’no kengayishi, ma’no torayishi singari semantik jarayonlar asoslangani bilan bog‘liq xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-G002-raqamli “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2021-yil 10-noyabrdagi 339/1-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq tilidagi ayrim leksemalarning lug‘aviy-ma’noviy va etimologik xususiyatlari ochib berilgan;
“Zafarnoma” asari tarjimasidagi naft, ra’dandáz, ma’raka, ilγar, ilgari, tabaq, dasturxán,  kafš, pir, háfiz, jibä, berkitmaq, salmaq, mubárakbád kabi leksik birliklarning leksikografik manbalarda ifodalanmagan fonetik, lug‘aviy, grammatik hosil bo‘lishiga doir tarixiy-etimologik xususiyatlari, ularning semantik taraqqiyoti asosida yuzaga kelgan ma’no qirralari kelgusida yaratiladigan lug‘atlarda aks etishi zarurligi tilshunoslik nuqtayi nazaridan isbotlanganga oid yangiliklardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-005 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2022-yil 26-yanvardagi 35/1-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq tilidagi ayrim leksemalarning lug‘aviy-ma’noviy va etimologik xususiyatlarini ochib berishga erishilgan;
“Zafarnoma” asari tarjimasi tilining xarakterli jihatlari, xususan, uning qadimgi turkiy hamda eski turkiy til bilan uzviy bog‘liqligi yazi, čol, olka, qišlaq, balčiq,  tuγ, oq, uruš, qilič, orta, uluγ, oγruq, yurtči, bašlamiš, tirkaš, yurt, zuhd, butxána, xánaháh, ataškada, iydgáh, masjid, šayxulislám, majus, gabr, kalisá, tabar kabi so‘zlar asosida dalillangani, asar leksikasidan o‘rin olgan so‘zlar o‘sha davrda yaratilgan boshqa yozma manbalar, ayrim o‘rinlarda hozirgi o‘zbek adabiy tili va xalq shevalarida aynan yoki ma’no kengayishi va torayishi asosida aks etgani xum, ma’raka, sanač, fota, kafš, dasturxán, balta, tasadduq, tartmaq, salmaq, qoparmaq kabi o‘nlab so‘zlar asosida asoslangani bilan bog‘liq xulosalardan Xorazm Ma’mun akademiyasida 2017-yilda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 17-martdagi 49-bayoni yuzasidan xo‘jalik shartnomasi asosida amalga oshirilgan “Ogahiy tomonidan fors tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan “Axloqi muhsiniy” asarini tabdil qilish, nashrga tayyorlash va chop etish” mavzusidagi loyihada keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Xorazm Ma’mun akademiyasining 2022-yil 10-martdagi 54/1-22-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya materiallari “Axloqi muhsiniy”ga ilova qilingan lug‘atni tuzish, asar matnida uchraydigan so‘zlarni to‘g‘ri tabdil qilish, izohlashda amaliy yordam vazifasini o‘tagan;
“Zafarnoma” asari tarjimasi lug‘at fondida qo‘llangan čapqun qȉlmaq,  jer bȉlän teng qȉlmaq; urušmaq, uruš salmaq; jetȉšmaq, kelmaq; urmaq, tȉkmaq; jazuq, gunah; a’dá, dušman; ajš, išrat, tana’um; adl, dad; sačqȉ, inayat; azimat, šavkat;  peškaš, tuhfa, savrȉn, böläk kabi sinonimlar; salámatlȉk ¬¬–¬¬ xastalȉq, qȉšlȉq – yazlȉq, šádmánlȉk – γam, nek – bad, jűrmaq – qarár tapmaq, köčmaq – tušmaq kabi  antonimlar; böläk, baγ, sal, ajaq,  keč, til, burun, pára singari omonimlarning tahlili asosida asar so‘z boyligining leksik-semantik xususiyatlari, shuningdek, o‘xshatish, metafora, evfemizm, takror kabi tasviriy vositalarning qo‘llanish doirasiga xos funksional-stilistik xususiyatlar ochib berilganiga oid xulosalardan Xorazm teleradiokompaniyasining “Munavvar kun”, “Xorazmnoma”, “Tilimizni o‘rganamiz”, “Siz nima deysiz?” ko‘rsatuvlarida “Zafarnoma” asarida qo‘llangan so‘zlarning ma’nolari bilan bog‘liq xulosalardan foydalanilgan (Xorazm teleradiokompaniyasining 2023-yilning 5-dekabridagi 803-son, 2023-yilning 5-dekabridagi 804-son, 2023-yilning 5-dekabridagi 805-son ma’lumot¬nomalari). Natijada adabiy-badiiy, ma’naviy-ma’rifiy dasturlarda o‘zbek tilining nufuzi, rivojlanish jarayonlari, “Zafarnoma” leksikasidan olingan misollar orqali eski o‘zbek tilining ichki xususiyatlarini keng ommaga yetkazish bilan tadqiqot manbasining lisoniy jihatdan ahamiyati ko‘rsatib berilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish