Rustamova Maxfuza Maxmudovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“To‘qimachilik sanoati korxonalarining iqtisodiy salohiyatini rivojlantirish samaradorligi” 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt1738
Ilmiy rahbar: Xankeldieva Guzal Sherovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.60.03
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Abdujabbor, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ergashov Ilxomjon Ikromovich iqtisodiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi to‘qimachilik sanoati korxonalarining iqtisodiy salohiyatini samarali rivojlantirishni oshirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korxonaning iqtisodiy o‘sish sur’atlarini rivojlantirish maqsadida, tarmoqdagi ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni hisobga olgan holda IPS modeli asosida Farg‘ona viloyatidagi to‘qimachilik sanoati korxonalarini rentabellik darajasini maksimal darajada oshirish;
paxta xom ashyosi ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalari tizimini klasterlashtirish va boshqarish asosida to‘qimachilik sanoatining rivojlanish darajasini oshirishni asoslab berildi, mahsulotlar ishlab chiqarish, etkazib berish zanjirlari, sanoat korxonalarining iqtisodiy salohiyati darajasini baholash orqali mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan maxsus kichik to‘qimachilik maydonchalar yaratildi;
korxonalarning innovatsion, ishlab chiqarish, mehnat va investision salohiyatini rivojlantirish ustuvorligidan kelib chiqib, to‘qimachilik sanoati korxonalarining iqtisodiy o‘sishi samaradorligini oshirish mexanizmi takomillashtirildi;
to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari 2027-yilgacha sanoatni rivojlantirishga iqtisodiy omillarning ta’siri bilan asoslanadi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
To‘qimachilik sanoati korxonalarining iqtisodiy salohiyatini rivojlantirish samaradorligiga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
korxonaning iqtisodiy o‘sish sur’atlarini rivojlantirish maqsadida, tarmoqdagi ishlab chiqarish jarayonlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni hisobga olgan holda IPS modeli asosida Farg‘ona viloyatidagi to‘qimachilik sanoati korxonalarini rentabellik darajasini maksimal darajada oshirish. ("O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasining 2023 yil 03/25-1609-sonli guvohnoma). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonalarning iqtisodiy salohiyati darajasi 8 % ortishiga erishilgan;
paxta xom ashyosi ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalari tizimini klasterlashtirish va boshqarish asosida to‘qimachilik sanoatining rivojlanish darajasini oshirishni asoslab berildi, mahsulotlar ishlab chiqarish, etkazib berish zanjirlari, sanoat korxonalarining iqtisodiy salohiyati darajasini baholash orqali mahsulot ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan maxsus kichik to‘qimachilik maydonchalar yaratildi. ("O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasining 2023 yil 03/25-1609-sonli guvohnoma). Mazkur ilmiy yangilikning " Bahodir Logʻon Tekstil" MChJ korxonasi faoliyatiga joriy etilishi natijasida sohani rivojlantirishning mavjud imkoniyatlaridan foydalanishni ta’minlashga qaratilgan iqtisodiy va texnologik chora-tadbirlar darajasini oshirishga erishildi.
korxonalarning innovatsion, ishlab chiqarish, mehnat va investision salohiyatini rivojlantirish ustuvorligidan kelib chiqib, to‘qimachilik sanoati korxonalarining iqtisodiy o‘sishi samaradorligini oshirish mexanizmi takomillashtirildi ("O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasining 2023 yil 03/25-1609-sonli guvohnoma). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida uzoq muddatli rivojlanishning samarali strategiyasi oshirildi.
to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari 2027-yilgacha sanoatni rivojlantirishga iqtisodiy omillarning ta’siri bilan asoslanadi. ("O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasining 2023 yil 03/25-1609-sonli guvohnoma). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qisqa muddatda iqtisodiy salohiyatni rivojlantirish samaradorligi 10 %ga oshdi.