Raximgaziev Umid Gazivaevichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda yuvenil revmatoid artritning klinik-patogenetik jihatlari», 14.00.09–Pediatriya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib56.

Ilmiy rahbar: Shamansurova El`mira Amanullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.27.06.2017.Tib.29.01.

Rasmiy opponentlar: Shamsiev Fazlitdin Sayfutdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Bobomuradov Turdikul Akramovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II.Tadqiqotning maqsadi: bolalar yuvenil revmatoid artritining klinik kechishining zamonaviy xususiyatlarini aniqlash va ushbu kasallikning turli variantlarida prognozlash usullarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

revmatoid artritning zamonaviy klinik kechishini patologik jarayonning persistiv va progressivligiga moyilligi ostida sust kechishi bilan tavsiflanishi isbotlangan;

bemorlar bo‘y o‘lchamining ortda qolishi YuRAning klinik variantlari, xususan tizimli varianti bilan o‘zaro korrelyasion bog‘liqligi kuzatilgan;

suyak metabolizmining gipokal`siemiya, giperkal`siuriya, giperfosfatemiya, gipomagniemiya, osteokal`sin darajasini pasayishi, jismoniy rivojlanishning ortda qolishi ko‘rinishlaridagi osteoporotik buzilishlari YuRAning poliartikulyar va tizimli variantlarida nisbatan chuqurroq tus olishi isbotlangan;

suyak to‘qimasining struktura-funksional buzilishlari bolalarda YuRAning tizimli variantida poliartikulyar va oligoartikulyar variantlariga nisbatan ikki karra ko‘proq korrelyasion aniqligi isbotlangan;

YuRA bilan kasallangan bolalarda tireoid statusning desinxronizatsiyasi  kasallikning shakli va davomiyligiga o‘zaro ishonarli darajada bog‘liqligi isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Bolalarda yuvenil revmatoid artritning klinik-patogenetik jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Bolalarda gormonal holat va minerallar almashinuvi asosidagi yuvenil revmatoid artritning turli klinik shaklllarini tashxislash usullari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 7 fevraldagi 8n-r/22-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma bolalarda ushbu kasallikni tashxislash aniqligini oshirib, har bir bemorda bo‘g‘im o‘zgarishlarini adekvat va ancha samarali davolash sxemasini qo‘llash imkonini yaratgan;

«Bolalarda yuvenil revmatoid artritni erta tashxislash va uning kechishini prognozlash» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 7 fevraldagi 8n-r/22-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma ma’lumotlari bolalarda ushbu kasallikda bo‘g‘im o‘zgarishlarini prognozlashga xizmat qilgan;

bolalarda yuvenil revmatoid artritning tashxislash va prognozlash prinsiplari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 7 fevraldagi 8n-r/22-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar yuvenil revmatoid artrit bilan kasallangan bolalarda tashxislash va prognozlashning yangi uslublarni qo‘llash orqali erta tashxislashni 1,6 martaga oshirishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish