Mamaraimov G‘ayrat Farhodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Sijjak koni rudalaridan vanadiy ajratib olish texnologiyasini tadqiq qilish», 05.02.01 – “Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4199.
Ilmiy rahbar: Xasanov Abdirashid Salievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/04.06.2021.T.06.01.
Rasmiy opponentlar: Sharafutdinov Ulug‘bek Ziyatovich, texnika fanlari doktori, professor, Matkarimov Soxibjon Turdalievich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Mineral resurslar instituti” davlat muassasasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sijjak koni rudalarini ilmiy o‘rganish va undan vanadiy ajratib olish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Sijjak koni vanadiy rudalarining natriyli bog‘lovchilar bilan birgalikda ko‘machlash orqali vanadiyni suvda va eritmalarda yaxshi eruvchan formaga o‘tishi aniqlangan;
vanadiyli ko‘machlangan kuyindining suvli va past konsentratsiyali sulfat kislotali tanlab eritishning optimal parametrlari ishlab chiqilgan va Q:S=1:3 nisbatda, 45°C haroratda 2 soat vaqt oralig‘ida vanadiyning erish darajasini 92% gacha oshirish mumkinligi asoslangan;
sulfatli vanadiyli eritmalardan vanadiyni ammoniy vanadat shaklida cho‘ktirishning optimal parametrlari ishlab chiqilgan va ammoniy vanadatni toblash orqali 92% tozalikdagi V2O5 ajratib olishning takomillashtirilgan usuli sanoat sinovlarini o‘tkazish orqali maqbul parametrlari aniqlangan;
ilk bor Sijjak koni rudalaridan pirometallurgik va gidrometallurgik texnologiyalar kombinatsiyasini qo‘llagan holda vanadiy besh oksidi va ferrovanadiy qotishmasini ajratib olishning texnologik sxemasi ilmiy asoslangan va ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sijjak koni rudalaridan vanadiyni ajratib olish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy amaliy natijalar asosida:
Sijjak koni vanadiyli rudalarini qayta ishlash texnologik sxemasi «Olmaliq KMK» AJ Markaziy ta’mirlash mexanik zavodi sharoitida amaliyotga joriy etilgan («OKMK» AJning 2023 yil 19 dekabrdagi 12-23/01-2079-sonli ma’lumotnomasi). Bunda rudalarni dastklabki kuydirish bilan bog‘lovchi sifatida natriy karbonat qo‘shib 700°C haroratda 4 soat mobaynida kuydirishning optimal parametrlari ishlab chiqilgan va jarayon natijasida kuyindining chiqishini 86,9% ga etkazish imkonini bergan;
kuydirish natijasida hosil bo‘lgan ko‘machning past konsentratsiyali tanlab eritish optimal ko‘rsatkichlari OKMK AJ MTMZ sharoitida  amaliyotda joriy etilgan («OKMK» AJning 2023 yil 19 dekabrdagi 12-23/01-2079-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, muqobil sharoitlar sifatida kuchsiz kislotali muhitda sulfat kislotaning 55 g/l konsentratsiyasida, Q:S=1:3 nisbatda, 45°C haroratda 2 soatda tanlab eritish amalga oshirilganda vanadiyning erish darajasini 92% gacha oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish