Babaev Mirdodojon Sharofjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Oksidlangan va aralash rudalardan mis va nodir metallarni ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqish», 04.00.14 – Foydali qazilmalarni boyitish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/T4408.
Ilmiy rahbar: Voxidov Baxriddin Raxmidinovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Navoiy bo‘limi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, DSc.17/04.06.2021.T.06.01.
Rasmiy opponentlar: Muxiddinov Baxodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor; Xoliqulov Doniyor Baxtiyorovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Mineral resurslar instituti” davlat muassasasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qolmaqqir konining aralash balansdan tashqari rudalaridan mis va qimmatbaho metallarni ajratib olishning kompleks texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor aralash mis rudalaridan nodir metallarni boyitma fazasiga markazdan qochma saralash usuli bilan qimmatbaho metallarning o‘tishi orqali boyitishning kombinatsiyalashgan texnologiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, sorbsion tanlab eritish orqali oltin, kumush va misni ajratib olish va boyitish chiqindilaridan misni sulfat kislotali tanlab eritishning maqbul parametrlari aniqlangan;
aralash mis rudalarini markazdan qochma kuch ta’sirida boyitishning 1-bosqichida 90G yuklamasida oltinning asosiy miqdorini boyitmaga o‘tishini ta’minlash uchun suv sarfi 2 l/daq va oltinning ajralishi 77,95% erishishning maqbul ko‘rsatkichlari aniqlangan, shuningdek, markazdan qochma boyitishning 2-bosqichida tarkibida 67,3 g/t kumush bo‘lgan boyitma olish va bunda kumushning ajralish darajasi 69,95% ga erishish uchun 120G aylanma yuklama va 5 l/min suv sarfi parametrlari aniqlangan;
natriy sianidning konsentratsiyasi 1,5 g/l gacha va jarayon davomiyligi 18 soatgacha bo‘lgan sorbsiya jarayonining optimal parametrlari aniqlangan va oltinni ko‘mir bilan ajratib olish 76,45% dan 88,27% gacha oshirish va kumushni 73,27% dan 85,87% gacha oshirish isbotlangan;
aralash rudalar boyitish chiqindilaridan misni tanlab eritishning maqbul parametrlari (bunda sulfat kislota konsentratsiyasi 130 g/l, harorat 50℃, Q:S=1:4, aralashtirish tezligi 150 ay/daqiqani tashkil etgan) aniqlangan;
aralash rudalardan mis va nodir metallarni kompleks ajratib olishning texnologik sxemasi hamda apparatlar zanjiri sxemasini ishlab chiqish bilan barcha jarayonlarning maqbul parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aralash rudalardan mis va qimmatbaho metallarni olishning kompleks texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qolmaqqir konining balansdan tashqari mis rudalaridan mis va nodir metallarni kompleks ajratib olishning texnologik sxemasi “OKMK” AJ 1-MBFda amaliyotga joriy etilgan (“OKMK” AJning 2024 yil 19 sentyabrdagi 09-24/01-01285-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, aralash mis rudalarini ikki bosqichli Knelsonda boyitishning maqbul parametrlari ishlab chiqilgan va 78% gacha oltin ajratib olish darajasiga erishish imkonini bergan;
aralash rudalardan mis va nodir metallarni qazib olishning kompleks texnologiyasi “OKMK” AJ 1-MBFda sharoitida joriy etilgan (“OKMK” AJning 2024 yil 19 sentyabrdagi 09-24/01-01285-sonli ma’lumotnomasi). Texnologiyani qo‘llash natijasida misni ajratib olish darajasini 85,4% dan yuqoriga oshirish imkonini bergan;
aralash mis rudalaridan markazdan qochma konsentratorlarda olingan nodir metallarning boyitmalarini sorbsion tanlab eritish texnologiyasi “OKMK” AJ MEZda (ITQvaRTM laboratoriyasi) sharoitida joriy etildi (“OKMK” AJning 2024 yil 19 sentyabrdagi 09-24/01-01285-sonli ma’lumotnomasi). Boyitmalarni sorbsion tanlab eritish natijasida nodir metallarni, xususan, oltin va kumushni kompleks ajratib olishni 86% dan yuqoriga oshirish imkonini bergan.