Abdullaev Bahodir Ural o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Orol dengizining sho‘r suvidan litiy birikmalarini olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.13 - Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T4580.
Ilmiy rahbar: Murodjon Samadiy Abdusalimzoda, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Iqtisodiyot va pedagogika universiteti NTM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/05.05.2023.K/T.35.02.
Rasmiy opponentlar: Namazov Shafoat Sattarovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Turaev Zokirjon, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Orol dengizi sho‘r suvidan sedimentatsiya usulida litiy birikmalarini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor Orol dengizi sho‘r suvidan sedimentatsiya usulida, 99,50% tozalikdagi litiy karbonat olish imkoniyatlari isbotlangan;
Orol dengizi sho‘r suvini natriy gidrofosfat, kalsiy xlorid va natriy gidroksid asosida magniy, kalsiy, kaliy va sulfat ionlaridan tozalash jarayoni ilmiy jihatdan asoslangan;
Na2CO3-LiCl-H2O sistemasi keng harorat va konsentratsiya oralig‘ida eruvchanlik diagrammasi qurilgan, hamda diagrammada dastlabki moddalarning va litiy karbonatning kristallanish maydonlari chegaralari aniqlangan;
Orol dengizi sho‘r suvini 70% gacha bug‘latish natijasida, litiy xlorid konsentratsiyasini 0,063% dan 0,20% gacha oshirish mumkinligi isbotlangan;
Orol dengizi sho‘r suvidan sedimentatsiya usulida litiy karbonat va tarkibida Mg, K, Ca, SO42-, PO43- saqlovchi kompleks o‘g‘it olish texnologiyasining optimal texnologik rejimlari aniqlangan;
qo‘shimchalardan tozalangan Orol dengizi suvi va natriy karbonat asosida sedimentatsiya usulida, litiy karbonat olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Orol dengizi sho‘r suvidan sedimentatsiya usulida litiy karbonat olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Orol dengizi sho‘r suvini, natriy gidrofosfat, kalsiy xlorid va natriy gidroksidlari aosida, magniy, kaliy va sulfat ionlaridan tozalab, litiy karbonat olish texnologiyasi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning “2026-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJning 2024 yil 6 sentyabrdagi 23/01-01-07/522-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Orol dengizi sho‘r suvini magniy, kaliy va sulfat ionlaridan tozalab, litiy xloridga to‘yingan eritma olish imkonini beradi;
qo‘shimcha aralashmalardan tozalangan Orol dengizi suvi, natriy karbonati va natriy gidroksidi asosida litiy karbonatini olish texnologiyasi Navoiy kon-metallurgiya kombinati AJ ning “2026-2030 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati” ga kiritilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ ning 2024 yil 6 sentyabrdagi 23/01-01-07/522-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Orol dengizi suvidan amaldagi standart talablariga to‘liq javob beruvchi litiy karbonatini sintez qilish imkoniyatini beradi.