Usmonov Parviz Shavkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): « Mahalliy byudjetlar moliyaviy mustaqilligini ta’minlashni takomillashtirish yo‘llari (Samarqand viloyati misolida)», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2213
Ilmiy rahbar: Xusanov Bohodir Sheralievich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent iqtisodiyot unversiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01. Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Abdug‘affor Safarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Pardaev Umidjon Uralovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dosent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy byudjetlar moliyaviy mustaqilligini ta’minlashni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
byudjetlararo transfertlar oshishi hisobiga mahalliy byudjetlar zaxira jamg‘armasi miqdorlarining qayta ko‘rib chiqmaslik zarurligi asoslangan;
soliq turlari bo‘yicha daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismini hisoblashda yirik soliq to‘lovchilardan tushumlar hududlar kesimida inobatga olinishi zarurligi ilmiy asoslangan;
mahalliy byudjetlar moliyaviy barqarorligini ta’minlashda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan byudjet intizomi qoidalariga rioya etish ustidan nazoratni kuchaytirish zarurligi isbotlangan;
yuridik shaxslar mol-mulki va er solig‘ini to‘lashdan ozod etilgan soliq to‘lovchilardan ushbu soliqlarni hisoblangan summaning bir foizini undirish zarurligi ilmiy asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy byudjetlar moliyaviy mustaqilligini ta’minlashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
byudjetlararo transfertlar oshishi hisobiga mahalliy byudjetlar zaxira jamg‘armasi miqdorlarining qayta ko‘rib chiqmaslikka doir taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 30 dekabrdagi O‘RQ-742-son «2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida»gi qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 29 avgustdagi 06/04-37/3096-son ma’lumotnomasi). Natijada 2022 yil birinchi yarim yilligida mahalliy byudjetlar ixtiyorida 3 957,8 mlrd.so‘m mablag‘ning qoldirilishiga erishilgan;
soliq turlari bo‘yicha daromadlar prognozining oshirib bajarilgan qismini hisoblashda yirik soliq to‘lovchilardan tushumlar hududlar kesimida inobatga olinishi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi PQ-73-son «O‘zbekiston Respublikasining «2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida»gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 29 avgustdagi 06/04-37/3096-son ma’lumotnomasi). Natijada 2022 yil birinchi yarim yilligida Samarqand viloyati mahalliy byudjetiga 232 mlrd.so‘m mablag‘ qoldirilgan;
mahalliy byudjetlar moliyaviy barqarorligini ta’minlashda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan byudjet intizomi qoidalariga rioya qilishini nazorat qilishni kuchaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 24 avgustdagi 504-son «2020-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasi davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 29 avgustdagi 06/04-37/3096-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2021 yilda 495,9 mlrd.so‘m ortiqcha mablag‘lar sarflanishining oldini olishga erishilgan;
yuridik shaxslar mol-mulki va er solig‘ini to‘lashdan ozod etilgan soliq to‘lovchilardan ushbu soliqlarni hisoblangan summaning bir foizini undirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi PQ-73-son «O‘zbekiston Respublikasining «2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida»gi qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2022 yil 29 avgustdagi 06/04-37/3096-son ma’lumotnomasi). Natijada 2022 yilda viloyat mahalliy byudjetlariga qo‘shimcha ravishda 2 mlrd.so‘m ortiqcha tushum shakllanishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish