Pardaeva Shahnoza Abdinabievnaning
doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.      Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Moliyaviy natijalarning strategik boshqaruv hisobi metodologiyasini takomillashtirish», 08.00.08 – «Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.DSc/Iqt504.
Ilmiy maslahatchi: Mexmonov Sultonali Umaralievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich; iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Aliqulov Abdimo‘min Ismatovich; iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent Kostaev Umidjon Umirzaqovich.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xo‘jalik yurituvchi subektlarda moliyaviy natijalarning strategik boshqaruv hisobi metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
xo‘jalik yurituvchi subektlarda moliyaviy natijalarning strategik boshqaruv hisobini moliyaviy hamda nomoliyaviy ko‘rsatkichlar orqali baholash imkoniyatini yaratib beradigan strategik salohiyat ko‘rsatkichlar majmuasi ishlab chiqilgan;
moliyaviy natijani foyda ko‘rsatkichi bilan birga iqtisodiy qo‘shilgan qiymat (EVA) o‘lchovi orqali kapitalga qilingan investisiyalar va uning bahosi o‘zgarishini hisoblash taklif etilgan;
moliyaviy natijalarning strategik boshqaruv hisobi samaradorligini byudjetlashtirish orqali amalga oshirishda vujudga keladigan chetlanishlarni hisobga olishga asoslangan besh bosqichli integrallashgan tizim taklif etilgan;
xarajatlarning strategik boshqaruv hisobini tashkil qilish uchun kalkulyasiyaning zamonaviy usullaridan kompleks foydalanish tamoyiliga asoslangan “tizimli yondoshuv usuli” ishlab chiqilgan;
xo‘jalik yurituvchi subektlarning moliyaviy natijalari ko‘rsatkichlarini tahlil qilishda noaniq to‘plam nazariyasining matematik apparatidan foydalanish uslubi taklif qilingan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Moliyaviy natijalarning strategik boshqaruv hisobi metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xo‘jalik yurituvchi subektlarda moliyaviy natijalarning strategik boshqaruv hisobini moliyaviy hamda nomoliyaviy ko‘rsatkichlar orqali baholash imkoniyatini yaratib beradigan strategik salohiyat ko‘rsatkichlar majmuasi bo‘yicha bergan takliflaridan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati mas’uliyat markazlari (segmentlari)da kapitallarining real bozor qiymatini baholashda foydalanilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 27 maydagi 23/01-01-07/243 -son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif kombinatning strategik istiqbolda moliyaviy natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlarning o‘zgarishini, dinamikasini hamda ularga ta’sir qiladigan omillarni hisobga olish, tahlil qilish va natijada uzlyuksiz hamda tezkor tarzda parametrlariga o‘zgartirishlar kiritib borish imkoniyatini yaratdi. Natijada moliyaviy natijalarning strategik boshqaruv hisobini moliyaviy hamda nomoliyaviy ko‘rsatkichlarni o‘zida mujassamlashtirgan strategik salohiyat ko‘rsatkichlar majmuasi orqali shakllanishi axborot bazasining haqqoniyligini, yaxlitligini hamda ularga asoslanib qabul qilinadigan strategik boshqaruv qarorlarining tezkorligini ta’minlamoqda va samaradorligini oshirmoqda. Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi kombinatda 2026 yilda mahsulot ishlab chiqarish hajmini 30 foizga oshirishga mo‘ljallangan strategik rivojlantirish dasturini qabul qilishda asosiy ma’lumot manbasi bo‘lib xizmat qilgan;
moliyaviy natijani foyda ko‘rsatkichi bilan birga iqtisodiy qo‘shilgan qiymat (EVA) o‘lchovi orqali kapitalga qilingan investisiyalar va uning bahosi o‘zgarishini hisoblash bo‘yicha bergan takliflaridan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati mas’uliyat markazlari (segmentlari)da kapitallarining real bozor qiymatini baholashda foydalanilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 27 maydagi 23/01-01-07/243 -son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida kombinat mas’uliyat markazlari kesimida, ya’ni uning tarkibiy qismlari, segmentlari, alohida bo‘limlari (sexlari) faoliyatlari samaradorligini ular olayotgan foyda ko‘rsatkichi orqali baholash bilan birga, umumiy kapitallari qiymati, ya’ni har mas’uliyat markazidagi mavjud kapitalning bozor bahosi qancha miqdorni tashkil qilayotganligini ham baholash imkoniyati paydo bo‘ldi. Natijada istiqbolda har bir aksioner uchun olayotgan dividend ko‘rinishidagi foyda miqdorining o‘zinigina emas, shu bilan birga uning aksiyaga qilgan investisiyasi bo‘yicha real daromadi darajasi qanday o‘zgarayotganligini ham hisoblash, kapitalizatsiya darajasini kuzatish, tahlil qilish va qaror qabul qilish imkoniyati yaratildi.
moliyaviy natijalarning strategik boshqaruv hisobi samaradorligini byudjetlashtirish orqali amalga oshirishda vujudga keladigan chetlanishlarni hisobga olish uchun ishlab chiqqan besh bosqichli integrallashgan tizimi bo‘yicha bergan takliflaridan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati tizimida xo‘jalik yurituvchi subektlarning moliyaviy natijalar ko‘rsatkichlarini joriy hamda istiqboldagi davrga byudjetlashtirish foydalanilgan (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 27 maydagi 23/01-01-07/243 -son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida kombinat miqyosida, shu bilan birga uning barcha mas’uliyat markazlarida moliyaviy natijalar ko‘rsatkichlarini joriy hamda istiqboldagi davrga byudjetlashtirish, faoliyat jarayonida byudjet parametrlaridan chetlanishlarni tezkor aniqlash, vaziyatni to‘g‘ri baholash, sabablarini aniq ko‘ra olish, ularni tuzatish bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Natijada kombinatning har bir mas’uliyat markazlarida moliyaviy natijalar ko‘rsatkichlarini istiqboldagi davrga byudjetlashtirish, byudjet parametrlaridan chetlanishlarni uzlyuksiz tarzda kuzatib borish, og‘ishlar vujudga kelganda ular bo‘yicha tezkor boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyati yaratildi. Mazkur tadbirlar kombinatda mahsulot tannarxini kamaytirish bo‘yicha 2024 yilning yanvar-aprel oylari uchun tasdiqlangan maqsadli parametrlarni 103 foizga oshirib bajarishga imkoniyat yaratdi. Shuningdek, 2023 yil hisobot davrida kombinatda mahsulot tannarxini 9 foizga kamaytirish hamda xarajatlarni 986,8 mlrd. so‘mga optimallashtirish imkoniyatini berdi;
xarajatlarning strategik boshqaruv hisobini tashkil qilish uchun kalkulyasiyaning zamonaviy usullaridan kompleks foydalanish tamoyiliga asoslangan “tizimli yondoshuv usuli” bo‘yicha bergan takliflaridan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati uzoq muddatga mo‘ljallangan investision loyihalar samarasini baholashda foydalanilmoqda (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 27 maydagi 23/01-01-07/243 -son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif ishlab chiqarilayotgan mahsulotning iste’mol hamda sifat ko‘rsatkichlarini yuqori darajada saqlab qolgan holda, unga sarflanayotgan moddiy, moliyaviy hamda mehnat resurslaridan foydalanish samarasini oshirishga xizmat qilmoqda. Natijada kombinatning strategik salohiyatini, xususan, uzoq muddatga mo‘ljallangan investision loyihalar samarasini baholash imkoniyatlari yaratilmoqda, xususan, kombinatning moliyaviy natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar parametrlarini 2030 yilgacha belgilashda asosiy bashorat qilish usuli sifatida foydalanilmoqda;
xo‘jalik yurituvchi subektlarning moliyaviy natijalari ko‘rsatkichlarini tahlil qilishda noaniq to‘plam nazariyasining matematik apparatidan foydalanish bo‘yicha taklif qilgan uslubidan “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati xo‘jalik yurituvchi subektlarida moliyaviy natijalarini uzoq muddatga baholashda, parametrlarini belgilashda foydalanilmoqda (“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining 2024 yil 27 maydagi 23/01-01-07/243 -son ma’lumotnomasi). Xo‘jalik yurituvchi subektlarning moliyaviy natijalari ko‘rsatkichlarini tahlil qilishda noaniq to‘plam nazariyasining matematik apparatidan foydalanish uslubi bo‘yicha takliflari kombinatning moliyaviy natijalarini uzoq muddatga baholash imkoniyatlarini yaratib, uning umumiy strategik salohiyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar parametrlarini 2030 yilgacha belgilashda asosiy bashorat qilish usuli sifatida foydalanilmoqda.

Yangiliklarga obuna bo‘lish