Haqqulov Nabijon Qahramonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Siddiqiy-Ajziyning ma’rifatparvarlik g‘oyalari va uni jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni”, 09.00.03-Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fal413.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.02.02
Ilmiy rahbar: falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Xoshimxonov Mo‘min, falsafa fanlari doktori (DSc), professor; Mahmudova Guli Tilabovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Siddiqiy – Ajziyning ma’rifatparvarlik g‘oyalarini ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazardan tadqiq etish orqali uning milliy tiklanish va yoshlar tarbiyasidagi ahamiyatini asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Mutafakkirning “Mir’oti ibrat” (“Ibrat oynasi”) va «Anjumani arvoh» («Arvohlar yig‘ini») asarlari asosida Sharq va G‘arb dunyosining umumjamiyat rivojlanishi, ta’lim-tarbiya, ma’naviy-madaniy hayoti bilan bog‘liq komparativistik qarashlari asoslab berilgan;
Siddiqiy – Ajziyning tinchlik, ozodlik, erkinlik, madaniyatlararo muloqot, tolerantlilik singari sekulyaristik g‘oyalari Turkiston ma’rifatparvar-jadidlari ma’naviy merosida yetakchilik qilganligi qiyosiy tahlil vositasida aniqlangan;
Siddiqiy – Ajziyning maorifni isloh qilish, ta’lim orqali xalqni ijtimoiy-siyosiy ongini ko‘tarish, milliy mustaqillikka erishish, insonlar uchun qulay ijtimoiy muhitni shakllantirish, mavjud jamiyatni bilish va uni o‘zgartirishga bo‘lgan uzlyuksiz intilishi asoslangan;
Siddiqiy – Ajziyning ma’rifatparvarlik faoliyatida yangi uslubdagi maktablarni tashkil qilish, zamonaviy ta’lim va tarbiyani shakllantirish, yosh avlodni mintaqaning iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy rivojlanish jarayoniga jalb qilish kabi g‘oyalari innovasion yondashuvlarga asoslanganligi mantiqiy isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: “Siddiqiy-Ajziyning ma’rifatparvarlik g‘oyalari” bilan bog‘liq muammolarni tadqiq qilish orqali olingan ilmiy natijalar asosida:
Mutafakkirning “Mir’oti ibrat” (“Ibrat oynasi”) va “Anjumani arvoh” (“Arvohlar yig‘ini”) asarlari asosida Sharq va G‘arb dunyosining umumjamiyat rivojlanishi, ta’lim-tarbiya, ma’naviy-madaniy hayoti bilan bog‘liq komparativistik qarashlari asoslab berilganligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan OT-F1-106 “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy merosining G‘arb olimlari tomonidan tadqiq etilishi” mavzusidagi fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2023-yil 13-martdagi 04/11-1374-son ma’lumotnomasi). Natijada, fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasini yanada takomillashtirishga hamda yosh avlodni o‘tmishimizga hurmat, ma’naviy merosimizga e’tiqod ruhida tarbiyalash, ulardan oqilona foydalanish va ijodiy rivojlantirish qobiliyatlarini tarbiyalashga xizmat qilgan;
Siddiqiy – Ajziyning tinchlik, ozodlik, erkinlik, madaniyatlararo muloqot, tolerantlilik singari sekulyaristik g‘oyalari Turkiston ma’rifatparvar-jadidlari ma’naviy merosida yetakchilik qilganligi qiyosiy tahlil vositasida aniqlanganligiga doir amaliy takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi tomonidan nashr etilgan VII-XVI asrlarda yashagan 650 nafar Sharq alloma va mutafakkirlari haqidagi tarixiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan “O‘rta asr Sharq allomalari” mavzusidagi ensiklopediyani yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazining 2023-yil 22-fevraldagi 02/83-son ma’lumotnomasi). Natijada, ensiklopediyani materiallar, manbalar va ma’lumotlar bilan to‘ldirish hamda ma’rifatparvar-jadid Siddiqiy-Ajziyning xalqlar orasida do‘stlik muhitini mustahkamlash, diniy bag‘rikenglik, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kabi g‘oyalarini targ‘ib qilishga xizmat qilgan;
Siddiqiy – Ajziyning maorifni isloh qilish, ta’lim orqali xalqni ijtimoiy-siyosiy ongini ko‘tarish, milliy mustaqillikka erishish, insonlar uchun qulay ijtimoiy muhitni shakllantirish, mavjud jamiyatni bilish va uni o‘zgartirishga bo‘lgan uzlyuksiz intilishiga oid ilmiy-nazariy xulosalar, metodologik tavsiyalar va amaliy takliflardan Fag‘ona davlat universitetining 2018-2020-yillarga mo‘ljallangan Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida PZ-2017-0930223-raqamli “Demokratik va huquqiy jamiyatni rivojlantirishda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Farg‘ona davlat universitetining 2023-yil 24-fevraldagi 01-838-son ma’lumotnomasi). Natijada, amaliy ilmiy-tadqiqot loyihasini yanada takomillashtirishga va ma’rifatparvar Siddiqiy-Ajziyning tarixiy-ma’rifiy merosi, hikmatlari yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishda namuna va ibrat maktabi ekanligining konstruktiv ahamiyati muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
Siddiqiy – Ajziyning ma’rifatparvarlik faoliyatida yangi uslubdagi maktablarni tashkil qilish, zamonaviy ta’lim va tarbiyani shakllantirish, yosh avlodni mintaqaning iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy rivojlanish jarayoniga jalb qilish kabi g‘oyalari innovasion yondashuvlarga asoslanganligi mantiqiy isbotlanganligiga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2022-yil avgust va sentyabr oylarida efirga uzatilgan “Tarixiy savol”, “Mavzu”, “Tadqiqot” ko‘rsatuvlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zMTRK “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 20-fevraldagi 02-13-267-son ma’lumotnomasi). Natijada, mustaqillik tafakkurini shakllantirish, dunyoga yangicha yondoshuv, teran aql va tafakkur kuchi bilan voqea va hodisalarni baholay oladigan, mas’uliyat hissini chuqur anglaydigan yoshlarni tarbiyalashda keng jamoatchilikka etkazishga xizmat qildi.