Baxriddinov Nodirbek Zamirdinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sanoat korxonalarida innovatsion faoliyatni moliyaviy rag‘batlantirish mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3247.
Ilmiy rahbar: Olimjonov Odil Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: Malikov Tohir Sattorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Toshpulatov Davron Akromovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sanoat korxonalarida innovatsion faoliyatni moliyaviy rag‘batlantirish mexanizmini takomillashtirishga oid ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
sanoat korxonalarida foyda solig‘ini to‘lagunga qadar foydaning 10 foizgacha miqdoridagi majburiy ajratmalarini ilmiy faoliyat natijalari bilan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan S2B (science to business) platformasini yaratishga yo‘naltirish taklif etilgan;
sanoat korxonalarida innovatsion faoliyatni moliyaviy rag‘batlantirish maqsadida korxonaning sof foydasidan 15 foiz ajratish orqali venchur studiya yoki venchur-bilder (Venture Builder) larni tashkil etish taklif etilgan;
innovatsion faoliyatni moliyaviy rag‘batlantirish maqsadida yuridik shaxslar tomonidan davlat byudjetiga tulanadigan foyda solig‘idan 2 foizni majburiy ajratma shaklida “Innovatsiyani qo‘llab-qo‘vvatlash jamg‘armasi”ga ajratish taklif etilgan;
yangi innovatsion texnologiyalarni olib kirgan sanoat korxonalarni rag‘batlantirish maqsadida 1 yil muddatga foyda solig‘i bo‘yicha soliq solinadigan bazadan chiqarish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sanoat korxonalarining innovatsion faoliyatini moliyaviy rag‘batlantirish mexanizmini takomillashtirishga oshirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sanoat korxonalarida foyda solig‘ini to‘lagunga qadar foydaning 10 foizgacha miqdoridagi majburiy ajratmalarini ilmiy faoliyat natijalari bilan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan S2B (science to business) platformasini yaratishga yo‘naltirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2022 yil 6 iyuldagi PF-165-son “2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023-yil 21-iyundagi №11/03-30-7255-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, «Tarmoq-hudud-ilmiy/oliy ta’lim tashkilot» siklik jarayonida innovatsion tashkilotlarni ilmiy faoliyat natijalari bilan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan platforma ishlab chiqilgan hamda resurs safarbarligining uzlyuksiz zanjirini yaratish orqali ilm-fan va ishlab chiqarish integrasiyasini mustahkamlash 2023 yilda 29 foizga oshishiga erishilgan;
sanoat korxonalarida innovatsion faoliyatni moliyaviy rag‘batlantirish maqsadida korxonaning sof foydasidan 15 foiz ajratish orqali venchur studiya yoki venchur-bilder (Venture Builder) larni tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2022 yil 6 iyuldagi PF-165-son “2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023-yil 21-iyundagi №11/03-30-7255-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, respublikaga bir yilda 1 mlrd. AQSh dollarlik investision sarmoyaning kirib kelishiga, “tubdan yangilovchi” innovatsiyalarga asoslangan kichik va o‘rta biznes kompaniyalari va startaplar sonini ko‘paytirilishiga erishilgan;
innovatsion faoliyatni moliyaviy rag‘batlantirish maqsadida yuridik shaxslar tomonidan davlat byudjetiga tulanadigan foyda solig‘idan 2 foizni majburiy ajratma shaklida “Innovatsiyani qo‘llab-qo‘vvatlash jamg‘armasi”ga ajratish taklifi Respublikasi Prezidentining  2022 yil 6 iyuldagi PF-165-son “2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023-yil 21-iyundagi №11/03-30-7255-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, milliy iqtisodiyotga innovatsion mahsulotlar va echimlari ishlab chiqib, joriy qilishning zamonaviy “zanjiri” va yagona tizim yaratish orqali mamlakatda innovatsiyalar va texnologiyalar sohasining investision jozibadorligini oshirish, manfaatdorlik va raqobat muhiti yaratgan holda xorijiy investisiyalar va texnik-ko‘mak grantlari, shuningdek, venchur tashkilotlari hamda tegishli moliya bozorlarining turli vositalari orqali moliyalashtirish hajmini 28 foizga oshirishga erishilgan;
yangi innovatsion texnologiyalarni olib kirgan sanoat korxonalarni rag‘batlantirish maqsadida 1 yil muddatga foyda solig‘i bo‘yicha soliq solinadigan bazadan chiqarish taklifi Respublikasi Prezidentining  2022 yil 6 iyuldagi PF-165-son “2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2023-yil 21-iyundagi №11/03-30-7255-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sanoat korxonalarning foyda solig‘ to‘lovi kamaytirish hisobidan yangi raqobarbardosh va yuqori texnologiyali mahsulotlarning arzonlashtirilgan va hammabop katta hajmli ishlab chiqarilishini tashkil etish 2 martaga, mahalliylashtirish hamda samarador innovatsiyalar orqali kapital yaratish hajmi 17 foizga oshishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish