Elmurodov Karimali Sadinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Shoshilinch tibbiy yordam bosqichlarida ko‘krak va qorin shikastlari diagnostikasi hamda xirurgik davosining zamonaviy jihatlari», 14.00.40 – Shoshilinch tibbiët.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.DSc/Tib330...
Ilmiy maslahatchi: Xadjibaev Abduxakim Muminovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy ërdam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Minnullin Il`dar Pulatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Rizaev Kamal Saidakbarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xakimov Murad Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi: bemorlarni saralash va shoshilinch tibbiy yordam xizmatining tuman, tumanlararo hamda viloyat darajasidagi muassasalariga marshrutizatsiya qilishning samarali sxemalarini ishlab chiqish va tadbiq qilish orqali ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘i a’zolari qo‘shma shikastlanganlarga shifoxonagacha va shifoxona bosqichlarida shoshilinch tibbiy yordamni tashkil qilishni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
patologoanatomik tadqiqotlar asosida o‘lim bilan yakun topgan mexanik travmalarda ko‘krak va qorin shikastlarining o‘limga olib keluvchi yuqori ahamiyatli omilligi hamda bu turdagi jabrlanganlarning tirik qolishida shifoxonagacha bo‘lgan tibbiy yordamning muhim ahamiyati isbotlangan;
zamonaviy travmatizm holatini qiyosiy baholash orqali trafik izchilligi yuqori bo‘lgan avtomobil trassalari o‘tgan hududlarda shikastlanishlar ko‘rsatkichi o‘ta yuqori ekanligi isbotlangan va bu yangi ma’lumotlar viloyatda qo‘shimcha travma markazlarini davlat va halqaro ahamiyatga ega bo‘lgan avtomobil trassalari bo‘ylab tashkil qilish maqsadga muvofiqligi asoslagan;
o‘limga sabab bo‘luvchi ichki shikastlarni bemor tirikligida aniqlashda va ularni o‘z vaqtida bartaraf qilishda shoshilinch tibbiy yordam tuman va viloyat bo‘linmalarining imkoniyatlari diskretligi va bir-biridan farqligini inobatga olingan holda ko‘krak va qorni shikastlangan bemorlarni saralash va tabaqalash algoritmi samaradorligi asoslangan;
og‘ir qo‘shma jarohatlar, shu jumladan, ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘i a’zolari shikastlanganda ko‘rsatilinadigan ixtisoslashtirilgan travmatologik va xirurgik yordamni aholiga yaqinligini va izchilligini oshirilganligi, bu kasalliklarda qo‘llaniladigan yuqori texnologik davolash-diagnostika amaliyotlarining ulushini ko‘paytirilganligi va umumiy o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirganligi hisobiga ishlab chiqilgan bemorlarni uch darajali marshrutizatsiya tamoillarining samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Og‘ir qo‘shma travmalar, hususan ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘i a’zolari shikastlangan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatishning uch tabaqali tizimining samaradorligini baholash va uni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida quyidagilar amaliyotga joriy qilindi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 05/89-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: o‘lim bilan yakun topgan mexanik travmalarda ko‘krak va qorin shikastlarining ahamiyati yuqori ekanligi hamda bu turdagi jabrlanganlarning tirik qolishida shifoxonagacha bo‘lgan tibbiy yordamning o‘rni muhimligi isbotlangan bo‘lib, ushbu tamoildan kelib chiqib amaliyotga “Algoritm deystviy brigadi SMP pri shokogennix travmax” deb nomlanuvchi dasturiy ishlanma (ADBSMP-ShT.exe) (№ DGU 35564. 29.03.2024) tatbiq qilindi va RShTYoIMning Surxandaryo filiali bo‘yicha buyruq (2023 y. 17.11; №144 raqamli) bilan amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘i a’zolari shikastlangan bemorlarga TTYo brigadalari tomonidan tashish transportirovka vaqtidagi hamda qabul bo‘limidagi o‘lim ko‘rsatkichlarini sezilarli kamaytirishga, bu esa, o‘z navbatida, shifoxonada bemorga xirurgik yordam ko‘rsatib, bemorning hayotini saqlab qolishga qo‘shimcha imkon yaratadi. Iqtisodiy samaradorligi: og‘ir shikastlangan bemorlarni TTYo brigadalari tomonidan shifoxonaga olib borish va transportirovka vaqtida tegishli tibbiy yordamni ko‘rsatish transportirovka vaqtidagi o‘lim ko‘rsatkichini 63,6%dan 44,0%gacha, qabul bo‘limidagi o‘limni 20,0%dan 10,7%gacha qisqartirishga imkon berdi va buning natijasida travma oqibatidagi nogironlik ko‘rsatkichi tahminan 2,3%ga kamaydi. Birgina Qashqadaryo viloyati miqyosida yiliga 14 mingga yaqin shikastlangan bemorlar shifoxonaga yotqizilinishini, va ulardagi nogironlik ko‘rsatkichi 6,7%ni tashkil qilishini inobatga olsak, nogironlik ko‘rsatkichining kamayishi hisobiga har yili bitta viloyat miqyosida jami 920000 so‘m x 14000 x 6,7% = 862960000 so‘m iqtisod qilish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: qo‘shimcha travma markazlarini davlat va halqaro ahamiyatga ega bo‘lgan avtomobil trassalari bo‘ylab tashkil qilish maqsadga muvofiqligidan kelib chiqib yaratilgan yangi davolash-profilaktika muassasalarini yaratish uzoq hududlarda yashovchi aholi uchun travmalarda ko‘rsatilinadigan ixtisoslashtirilgan yuqori texnologik tibbiy yordamni yaqinlashtirish imkonini keskin keygaytirdi. SSVning 2021 yil 07 avgustidagi 192-son hamda SSV va Moliya vazirligining 2021 yil 13 oktyabridagi 06-07/14496-son buyruqlari bilan mamlakatimizning barcha qishloq hududlarida birinchi bosqichda 35 ta tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir yurak-qon tomir markazlari tashkil qilindi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: yopiq shikastlanishlar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan travmatologik va xirurgik yordam olgan bemorlar ulushini 22,1%dan 29,2%gacha ko‘paytirdi, shikastlanganlarni I-II tabaqali travma markazlariga uzoq masofadan (biriktirilmagan hududlardan) olib borish holatlarini 62,4%dan 27,7%gacha, 50 km.dan yiroqroq bo‘lgan voqea joyidan olib kelingan bemorlar ulushini 28,7%dan 17,1%gacha, bemorlarni III tabaqali travma markazlaridan yuqoriroq tabaqali markazlarga o‘tkazish holatlarini 23,5%dan 7,7%gacha, yuqori tabaqali markazlarga kech yotqizilgan bemorlar ulushini 26,2% dan 9,1%gacha qamaytirdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: travma markazlari muassasalarining soni ortishi va ular geografik jihatdan uzoq qishloq hududlarida yashovchi aholiga yaqinlashtirilganligi natijasida birgina Qashqadaryo viloyati miqyosida yiliga 14 mingga yaqin shikastlangan bemorlar shifoxonaga yotqizilinishini, va ulardagi nogironlik ko‘rsatkichi 6,7%ni tashkil qilishini inobatga olsak, nogironlik ko‘rsatkichining kamayishi hisobiga har yili bitta viloyat miqyosida jami 920000 so‘m x 14000 x 6,7% = 862960000 so‘m iqtisod qilish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: torakoabdominal shikastlanishlarni tashxislash va davolashga zamonaviy yondashuvlarni o‘zida aks ettirgan, shu jumladan noinvaziv ul`tratovush va mul`tislaysli kompyuter tomografiya va kaminvaziv videoendoxirurgik (torakoskopik va laparoskopik) usullarning qo‘llash natijalari materiallari asosida ushbu og‘ir shikastlanishlarni davolash natijalarini yaxshilash va o‘lim darajasini pasaytirishga yo‘naltirilgan takliflar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (RShTYoIM) Ilmiy kengashi tomonidan 2023 yil 14 noyabrdagi 5-son Bayonnomasi bilan tasdiqlangan «Osobennosti vedeniya bol`nix s torakoabdominal`nimi raneniyami» nomli uslubiy tavsiyanomalar hamda Samarqand viloyati (24.11.2023 y.; №53/52 raqamli) filiallari bo‘yicha buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: torakoabdominal shikastlanishlarni tashxislash va davolashga zamonaviy yondashuvlarni o‘zida aks ettirgan, shu jumladan noinvaziv ul`tratovush va mul`tislaysli kompyuter tomografiya va kaminvaziv videoendoxirurgik (torakoskopik va laparoskopik) usullarning qo‘llash natijalari orqali jabrlangan bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va o‘lim darajasini kamaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: torakoabdominal shikastlanishlarni tashxislash va davolashga zamonaviy yondashuvlarni o‘zida aks ettirgan, shu jumladan noinvaziv ul`tratovush va mul`tislaysli kompyuter tomografiya va kaminvaziv videoendoxirurgik (torakoskopik va laparoskopik) usullarning qo‘llash orqali keng torakotomiyani birlamchi ravishda qo‘llash holatlarini 15,0%dan 9,4-10,6%gacha va keng laparatomiyani birlamchi qo‘llashni 34,8%dan 8,3-12,7%gacha kamaytirishga, ko‘krak travmasida videotorakoskopiya ulushini 6,8%dan 22,0-21,7%gacha ko‘paytirish natijasida bir nafar bemor uchun byudjet mablag‘laridan bitta operatsiyaning o‘zidan 53000 so‘m, tadbiq ko‘lamiga nisbatan esa (4176-1714 = 2462 ta endovideoxirurgik operatsiyalar) 130486000 mln. so‘m iqtisod qilish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: og‘ir shikastlanishlari, xususan ko‘krak qafasi va qorin bo‘shlig‘i a’zolari shikastlangan bemorlarni to‘g‘ri saralash va shikastlanish og‘irligi va murakkabligi darajasiga mos keluvchi travmamarkazga marshrutizatsiya qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan algoritm va tegishli dasturiy mahsulot RShTYoIM Ilmiy kengashi tomonidan 2024 yil 9 iyuldagi 3-son Bayonnoma bilan tasdiqlangan «Prinsipi marshrutizatsii bol`nix s sochetannoy travmoy grudi i jivota v travmotsentri razlichnogo urovnya» nomli uslubiy tavsiyanomada aks ettirilinib, RShTYoIMning Toshkent viloyati (02.08.2024 y.; №01/358 raqamli) va Xorazm (30.07.2024 y.; №175-“I” raqamli) filiallari bo‘yicha buyruqlar bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 26 avgustdagi 05/89-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: yopiq shikastlanishli bemorlarga travmatologik yordam ko‘rsatishning uch tabaqali tizimini tashkil qilish hamda shikastlanganlarni saralash va marshrutizatsiya qilishning taklif qilinayotgan tamoillarini tatbiq etish ko‘krak va qorin yopiq shikastlanishlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan travmatologik va xirurgik yordam olgan bemorlar ulushini 22,1%dan 29,2%gacha ko‘paytirdi, yuqori tabaqali travma markazlariga uzoq masofadan olib borish holatlarini 62,4%dan 27,7%gacha, 50 km.dan yiroqroq bo‘lgan voqea joyidan olib kelingan bemorlar ulushini 28,7%dan 17,1%gacha, bemorlarni III tabaqali travma markazlaridan yuqoriroq tabaqali markazlarga o‘tkazish holatlarini 23,5%dan 7,7%gacha, yuqori tabaqali markazlarga kech yotqizilgan bemorlar ulushini 26,2% dan 9,1%gacha qamaytirishga imkon berdi. Iqtisodiy samaradorligi: ko‘krak va qorin yopiq shikastlanishlarida ixtisoslashtirilgan yuqori texnologik shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish hamda bu shikastlanishlardagi o‘lim ko‘rsatkichini 9,1%dan 6,7-7,6%gacha pasaytirish bilan belgilanadi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Shoshilinch tibbiy yordam bosqichlarida ko‘krak va qorin shikastlari diagnostikasi hamda xirurgik davosining zamonaviy jihatlari» mavzusidagi dissertatsiya tadqiqoti natijalarining amaliyotga joriy qilinganligi to‘g‘risida ilmiy yangilikni boshqa davolash-profilaktika muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining 2024 yil 5 sentyabrdagi 03-04/1805-sonli xati yuborilgan.

Bosh inspektor A.Zufarov    Monitoring bo‘limi bosh mutaxassisi Yu.Inoyatova    Veb-sayt administratori B.Shamuratov    Veb-sayt tahririga mas’ul E.Bozorov    DUK rahbari
Z.Tadjixodjaev

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish