Razokov Alisher Yakubjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Paxta tozalash mashinalari va mexanizmlarining ishchi organlarida qo‘llash uchun kompozision furano-epoksid-slanesli polimer materiallar va qoplamalar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi, (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4814.
Ilmiy rahbar: Soliev Rustam Xakimjonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: O‘lmasov To‘lqin Usmanovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Negmatov Jahongir Nosirjon o‘g‘li, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxta tozalash mashinalari va mexanizmlarining ishchi organlarida qo‘llash uchun kompozision furano-epoksid-slanesli polimer materiallar va qoplamalar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
polimerga tarkibiga kiritilgan organomineral ingredientlarning turi, miqdori va nisbatiga qarab kompozision furano-epoksid-slanesli polimer materiallari va ular asosidagi qoplamalarning antifriksion-mustahkamlik va elektrofizik xususiyatlarining o‘zgarishi aniqlangan;
paxta xomashyosi bilan o‘zaro ta’sirlashish sharoitida ishlaydigan paxtani qayta ishlash mashinalari va mexanizmlarining ishchi organlarida foydalanish uchun yuqori elektrofizik va mustahkamlik xususiyatlariga ega va ishqalanish koeffisienti past bo‘lgan kompozision furano-epoksid-slanesli polimer materiallarining optimal tarkiblari ishlab chiqilgan;
mashinasozlik sanoati uchun yuqori antifriksion-mastahkam va elektr o‘tkazuvchan xususiyatlarni beradigan kompozision furano-epoksid-slanesli polimer materiallari va ular asosidagi qoplamalarni olishning original texnologiyasi ishlab chiqilgan;
paxta xomashyosi bilan o‘zaro ta’sirlashish sharoitida ishlaydigan kompozision furano-epoksid-slanesli polimer materiallari va ular asosidagi qoplamalarga organomineral to‘ldiruvchilarni kiritish natijasida past ishqalanish koeffisienti va yuqori antifriksion-mustahkam hamda elektr o‘tkazuvchan xususiyatlarga ega bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Paxta tozalash mashinalari va mexanizmlarining ishchi organlarida qo‘llash uchun kompozision furano-epoksid-slanesli polimer materiallar va qoplamalar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan antifriksion-mustahkam va elektr hamda issiqlik o‘tkazuvchan furano-epoksid-slanesli polimer materiallari va ular asosidagi qoplamalar Namangan viloyatidagi Koson paxta tozalash zavodida paxta xom ashyosini qabul qilish, profilaktika qilish va yuklash-tushirish ishlarida foydalaniladigan mashina va mexanizmlarning ishchi organlarida joriy etilgan (O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashining ilmiy tadqiqot organining 2024 yil 8 iyuldagi 01-11/294-son ma’lumotnomasi). Natijada, paxta tolasining mexanik shikastlanishini 0,75% ga, urug‘larning shikastlanishini 2,5-3,9% ga kamaytirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan antifriksion-mustahkam va elektr hamda issiqlik o‘tkazuvchan furano-epoksid-slanesli polimer materiallari va ular asosidagi qoplamalar Namangan viloyatidagi Koson paxta tozalash zavodida paxta xom ashyosini qabul qilish, tozalash jarayonlarida va yuklash-tushirish ishlarida, paxta tolasini chigitdan ajratib olish jarayonlarida foydalaniladigan mashina va mexanizmlarning ishchi organlarida joriy etilgan (O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashining ilmiy tadqiqot organining 2024 yil 8 iyuldagi 01-11/294-son ma’lumotnomasi). Natijada, energiya sarfini 10-14% gacha kamaytirish, hosildorlikni 7-8% ga oshirish, shuningdek, yong‘in xavfini kamaytirish imkonini bergan.