Bokieva Shahnoza Komilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «O‘simlik chiqindilari asosida uglerodli adsorbentlar olish va qo‘llash texnologiyasi», 02.00.11 - Kolloid va membrana kimyosi (texnika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T2764.
Ilmiy rahbar: Adizov Bobirjon Zamirovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muxandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019. K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaeva Dilnoza Juraevna, texnika fanlari doktori, professor; Abduraxmonov Eldor Baratovich, kimyo fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: neft va gaz konlari mahsuldor qatlam bosimini saqlash uchun qo‘llaniladigan qatlam suvlari hamda sanoat oqava suvlarini tozalash uchun o‘simlik chiqindilari asosida yangi turdagi uglerodli adsorbent olish va ushbu suvlarini tozalash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘simlik poyasi xomashyolarida faollashtirish harorati ortishining solishtirma sirt yuza va to‘yinish hajmiga bog‘liqlik xususiyati TSsol.as mos holda FSK-500 (Ssol.-1.2)FSK-700 (Ssol.-1.6) FSK-900 (Ssol.-2.8) hamda FYuK-500 (Ssol.-1.3) FYuK-700 (Ssol.-1.7) FYuK-900 (Ssol.-2.9), shuningdek FTK-500 (Ssol.-1.3) FTK-700 (Ssol.-1.5) FTK-900 (Ssol.-2.2) ortish tartibida ketma-ketligi aniqlangan;
mahalliy tut daraxti asosida faollashtirib olingan ko‘mirli adsorbentning mikro va mezog‘ovaklari faol markaziga 0,5 mmol/g ga karrali adsorbsiyalanishi natijasida jami 4 mmol/g ga yaqin benzol molekulalari adsorbsiyalanishi aniqlangan;
FTK-(500; 700; 900) adsorbentlari mikrog‘ovaklarida benzol bug‘i adsorbsiyasida, ularning faol markazdagi π-bog‘larida ion-molekulyar kompleks hosil qilib adsorbsiyalanishi aniqlannib, MHTN orqali 3-hadli tenglama asosida isbotlangan;
faollashtirib olingan adsorbentlar yordamida oqava suv tarkibida uglevodorodlar miqdori 94% gacha adsorbsiyalanishi asoslangan;
tut, yulg‘un hamda saksovul daraxti poyalari asosida mos ravishda FSK-(500; 700; 900); FYuK-(500; 700; 900); FTK-(500; 700; 900) adsorbentlarini olish usuli hamda ular yordamida sanoatt oqava suvlari va qatlam suvlarini tozalash texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ishlab chiqilgan adsorbent hamda kombinatsion texnologiyani qo‘llab mahalliy neft va gaz konlari mahsuldor qatlam suvlari va sanoat oqava suvlarini tozalash texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
saksovul, tut va yulg‘un daraxtlari chiqindilari asosida uglerodli adsorbent olish texnologiyasi Gazli NGQChBda amaliyotga joriy etilgan (Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2024 yil 9 avgustdagi 01/1-642-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy homashyo asosida arzon uglerodli adsorbent olish imkonini bergan;
olingan uglerodli adsorbentlar yordamida oqava suvlarni tozalash tehnologiyasi Gazli NGQChBda amaliyotga joriy etilgan (Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasining 2024 yil 9 avgustdagi 01/1-642-son ma’lumotnomasi). Natijada, oqava suvlarni qattiqligini, shuningdek, tarkibida kalsiy, magniy, xloratlar, sulfatlar, nitratlar va quruq qoldiqlar 3-4 barobar kamaytirish imkonini bergan.