Turakulov Umid Xayitovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Surxondaryo viloyati tuproq-iqlimiga mos gilos navlari, payvandtaglarini tanlash va ko‘chatini etishtirishning samarali usullarini ishlab chiqish”, 06.01.07 – Mevachilik va uzumchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Qx1321.
Ilmiy rahbar: Abdikayumov Zaynilabiddin Abdivoxidovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Xalmirzaev Dilmurad Kamilovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Xalmirzaeva Lola Baxramovna, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Akademik Maxmud Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Surxondaryo viloyati tuproq-iqlimiga mos gilos navlari va payvandtaglarini tanlash va ko‘chatini etishtirishning samarali usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekistonning janubiy mintaqasi – Surxondaryo viloyati tuproq-iqlimi sharoitiga mos gilosning Colt, VCL 2 va Maxma Delbard® 14 Brokforest payvandtaglari va navdor o‘simliklardan Sammit, Bigarren Hatif Burlat, Merchand, Lapins va Belge navlari tanlangan;
qurg‘oqchilik (suv tanqisligi 21,0-24,3%) va issiqlikka chidamlilik (yo‘qotilgan suvni tiklash qobiliyati 60,1 % dan yuqori) ko‘rsatkichlari asosida Colt, VCL 2 va Maxma Delbard® 14 Brokforest payvandtaglari va ularga payvand qilingan istiqbolli navlarning ushbu hudud tuproq-iqlimi sharoitiga mosligi isbotlangan;
Surxondaryo viloyati tuproq-iqlimi sharoitida o‘rganilgan gilos navlaridan Sammit (12,5 t/ga), Lapins (10,9 t/ga) va Bigarren Hatif Burlat (10,4 t/ga) navlari yuqori hosil berishi, ularning kalibri 26-32, bir mevaning o‘rtacha og‘irligi 8,7-11,1 g ga etishi aniqlangan;
o‘rganilgan gilos navlarini fevral oyining ikkinchi o‘n kunligida qishki yaxshilangan qalamcha payvand qilish yuqori tutuvchanlikni (89%) va eng ko‘p ko‘chat chiqishini (45535 dona/ga) ta’minlashi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surxondaryo viloyati tuproq-iqlimi sharoitida gilos payvandtaglari va navdor o‘simliklarini o‘sishi va rivojlanishining morfo-biologik xususiyatlarini tadqiq qilish va ko‘chat etishtirishning samarali texnologik elementlarini ishlab chiqish bo‘yicha bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
bog‘dorchilik va ko‘chatchilikka ixtisoslashgan fermer, dehqon va tomorqa xo‘jaliklari uchun «Surxondaryo viloyati sharoitida gilos ko‘chatlarini qishki qalamcha payvand usulida etishtirish bo‘yicha» nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 17 yanvardagi 06/27-05/235-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma fermer, dehqon va tomorqa xo‘jaliklarida sifatli gilos ko‘chatlarini etishtirishda amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani iqlimi sharoitida gilos ko‘chatlarining yuqori tutuvchanligini ta’minlovchi muddatda kurtak payvand qilish ishlanmasi Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani «Buriev Khodja Badalovich» fermer xo‘jaligida 2 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 17 yanvardagi 06/27-05/235-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida xorijdan introduksiya qilingan Colt payvandtagiga Sammit navini avgust oyining so‘ngi o‘n kunligida kurtak payvand qilish hisobidan umumqabul qilingan muddatda kurtak payvand qilishga nisbatan 7,8% (9765 dona) qo‘shimcha ko‘chat olingan. Jumladan 1 gektar hisobidan olingan o‘rtacha sof foyda 175500,0 ming so‘m, iqtisodiy samaradorlik 101 % ni tashkil etgan.
Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani iqlimi sharoitida gilos ko‘chatlarining yuqori tutuvchanligini ta’minlovchi qishki muddatda yaxshilangan qalamcha payvand qilish usulida ko‘paytirish ishlanmasi Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani «Fayozbek Surhon ko‘chatzori» MChJ da 2 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 17 yanvardagi 06/27-05/235-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida xorijdan introduksiya qilingan Colt payvandtagiga Lapins navini ilmiy asoslangan muddat – fevral oyining ikkinchi o‘n kunligida qishki qalamcha payvand qilish hisobidan 85,4% (48800 dona ko‘chat) tutuvchanlikka erishilgan. Jumladan 1 gektar hisobidan olingan o‘rtacha sof foyda 169000,0 ming so‘m, iqtisodiy samaradorlik 97 % ni tashkil etgan.
Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani iqlimi sharoitida xorijdan introduksiya qilingan istiqbolli gilosning Sammit, Lapins va Bigarren Hatif Burlat navlaridan intensiv bog‘ barpo qilish ishlanmasi Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani «Javlonbek» agrofirmasida 3 gektar maydonga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 17 yanvardagi 06/27-05/235-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida viloyat sharoitida xorijdan introduksiya qilingan gilos navlarining intensiv bog‘ini barpo qilishga erishilgan va maydon birligidan 200 sentnerdan ortiq eng ertagi gilos hosili olish rejalashtirilgan. Joriy qilingan ish natijalari asosida kutilayotgan rentabellik 150 % (2030 yillarga borib bog‘ to‘liq hosilga kirganda) dan ortishi ilmiy faraz qilingan.