Asqarov Salaxiddin Saitazim o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qo‘zilar dispepsiyasining etiopatogenezi, davolash va oldini olish usullarini takomillashtirish”, 16.00.01 – Hayvonlar kasalliklari diagnostikasi, terapiyasi va xirurgiyasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/V132
Ilmiy rahbar: Yunusov Xudaynazar Beknazarovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti, DSc.06/30.12.2019.V.12.01.
Rasmiy opponentlar: Eshburiev Baxtiyor Mamatqulovich, veterinariya fanlari doktori, professor; Mamatov Shavkat Sodiqovich, veterinariya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qo‘zilar dispepsiyasining sabablarini aniqlash, ertachi tashxis, davolash hamda guruhli oldini olish usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Respublikamizning cho‘l, tog‘ oldi-tog‘ va tog‘li hududlari sharoitlaridagi qorako‘l qo‘zilarda dispepsiya kasalligining 22-29 foizgacha tarqalishi aniqlangan;
qo‘zilarda dispepsiya kasalligining homila davri va qo‘zilar tug‘ilgandan keyingi davrlar uchun xos bo‘lgan asosiy sabablari aniqlangan;
dispepsiya bilan kasallangan qo‘zilarni muntazam kuzatish va tekshirish asosida kasallik belgilari va kasal qo‘zi ahvolining 72 soat davomidagi o‘zgarishlar dinamikasi, shuningdek asosiy kritik lahzalar namoyon bo‘lishi ilmiy asoslangan;
qo‘zilarda dispepsiya kasalligini 0,1 foizli Elbahor o‘simligi damlamasi (50 ml/10 kg), Multivit + minerallar vitaminli preparati (5 ml/50 kg), Innoprovet probiotigi (1 g/100 ml sutga) va maxsus granulali omixta emni qo‘llashga asoslangan samarali etiopatogenetik davolash usuli ishlab chiqilgan;
qo‘zilarda dispepsiya kasalligining bir vaqtning o‘zida ham bug‘oz sovliq organizmida metabolizm buzilishlarini mo‘tadillashtirish, ham qo‘zilar tug‘ilgandan keyin ularga tasir etuvchi postnatal sabablarni bartaraf etishga asoslangan samarali qo‘shaloq guruhli oldini olish usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qo‘zilar dispepsiyasining etiopatogenezi, davolash va oldini olish usullarini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tajribalar asosida:
“Qo‘zilarda dispepsiya kasalligining sabablari, tashxis usullari va davolash hamda oldini olish choralari bo‘yicha tavsiyalar” tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyatining Nurobod tumanidagi qorako‘lchilikka ixtisoslashgan “Olgʻa” MChJga, Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanidagi “Bobur Murodullaevich XK”ga qarashli qo‘ychilik fermer xo‘jaligiga va Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi “Qum kamar” fermer xo‘jaligiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 8-iyuldagi № 02/23-390-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyalarni qo‘llash evaziga qo‘zilarning dispepsiya bilan kasallanish darajasi va sabablarini aniqlashga erishilgan;
qo‘zilarda dispepsiyani davolashda Elbahor o‘simligi damlamasi, Infuzion eritma, Innoprovet probiotigi, LPP-1 premiksi, Multivit + mineral preparati va maxsus granulali omixta emdan foydalanishga asoslangan samarali etiopatogenetik davolash usuli ishlab chiqilib amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 8-iyuldagi № 02/23-390-son ma’lumotnomasi). Ushbu davolash usulini joriy etish natijasida dispepsiya bilan kasallangan qo‘zilarning to‘liq sog‘ayishiga hamda sarflangan 1 so‘m xarajat hisobiga 3,5 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan;
qo‘zilarda dispepsiyaning oldini olish uchun bug‘oz sovliq organizmida metabolizm buzilishlarini mo‘tadillashtirish yo‘li bilan antnatal-metabolik va mavjud postnatal sabablarni bartaraf etishga asoslangan samarali guruhli oldini olish usuli ishlab chiqilib amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 8-iyuldagi № 02/23-390-son ma’lumotnomasi). Ushbu oldini olish usulini joriy etish natijasida qo‘zilarning dispepsiya bilan kasallanishining to‘liq oldini olishga hamda sarflangan 1 so‘m xarajat hisobiga 3,0 so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.
Bosh ilmiy kotib
A.Shermuxamedov Bosh inspektor
U.Abduraxmanov bosh mutaxassis
Yu.Inoyatova Markaz
boshlig‘i
Z.Tadjixodjaev Veb-sayt administratori
O.Maxmanov