Raxmatov Idrok Ilxomovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Buxoro viloyati sharoitida takroriy muddatda shirin makkajo‘xori etishtirish texnologiyasini takomillashtirish”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Qx422
Ilmiy rahbar: Sanaev Sobir Toyirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Don va dukkakli ekinlar ilmiy−tadqiqot instituti, PhD.05/31.03.2023.Qx.159.01.
Rasmiy opponentlar: Tadjiev Karim Mardanakulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Azizov Qobiljon Qaxramonovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Buxoro viloyatining o‘rtacha sho‘rlangan o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida shirin makkajo‘xorini nav va duragaylarini takroriy ekin sifatida o‘stirilganda turli ekish muddati va sxemalarining o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’sirini o‘rganish hamda ishlab chiqarishga tavsiyalar berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Buxoro viloyatining o‘rtacha sho‘rlangan o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida shirin makkajo‘xorining nav va duragaylarini takroriy ekin sifatida ekib etishtirishning maqbul muddat va ekish tizimlari ishlab chiqilgan;
yuqori va sifatli so‘ta hosili olish uchun shirin makkajo‘xorining nav va duragaylarini 05.07 muddatida 60x30x1, 70x25x1 tizimlarda ekish yuqori samara berishi isbotlangan;
shirin makkajo‘xori nav va duragaylarini 60x30x1 sxemada ekib parvarish qilinganida bir so‘ta og‘irligi 327,6-363,0 g, 70x25x1 sxemada ekib parvarish qilinganida bir so‘ta og‘irligi 207,0-269,9 g bo‘lgan tovarbop hosil etishtirish imkoniyati yaratilishi asoslangan;
shirin makkajo‘xorining nav va duragaylarini 5 iyul ekish muddatida va 60x30x1, 70x25x1 ekish sxemalarida parvarishlanganda so‘talarning sut-mum pishish davri 2-4 kunga uzayganligi aniqlangan;
Buxoro viloyatining o‘rtacha sho‘rlangan o‘tloqi allyuvial tuproq-iqlim sharoitida shirin makkajo‘xorining nav va duragaylari takroriy ekin sifatida maqbul ekish muddati (05.07) va ekish sxemalari (60x30x1, 70x25x1)da ekilganda shirin makkajo‘xori nav va duragaylaridan 0,7-2,8 tonnagacha qo‘shimcha so‘ta xosil etishtirilishi ilmiy asoslanib, shu tuproqlarga mos ekish muddati va ekish sxemalari aniqlab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Buxoro viloyatining o‘rtacha sho‘rlangan o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida shirin makkajo‘xorining nav va duragaylarini takroriy ekin sifatida turli ekish muddati va ekish sxemalarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
Dehqon va fermer xo‘jaliklari uchun “Buxoro viloyati sharoitida takroriy ekin sifatida shirin makkajo‘xori o‘stirish” nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 13.06.2023 yildagi №05/23-05/2873-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma bugungi kunda dehqon va fermer xo‘jaliklarida shirin makkajo‘xori navlarini etishtirishda muhim ko‘rsatma sifatida xizmat qilmoqda;
Shirin makkajo‘xori nav va duragaylarini takroriy ekin sifatida turli muddat va sxemalarda ekib etishtirish texnologiyasi Buxoro tumani “Zarif ota” fermer xo‘jaligida 9,3 gektar, “Idris Said Mirishkor” fermer xo‘jaligida 4,9 gektar, “Azizobod Erkin Maxmud” fermer xo‘jaligida 4,4 gektar, “Bafo Mardon Sharif” fermer xo‘jaligida 2,6 gektar, “Karim Shaxzod” fermer xo‘jaligida 2,1 gektar, Vobkent tumani “Boqiev islom” fermer xo‘jaligida 3,9 gektar, “Ziyo Baqo Zamini” fermer xo‘jaligida 3,2 gektar, “Izzat Samandar Normurod” fermer xo‘jaligida 3,7 gektar, “Botir Farrux Gulnora” fermer xo‘jaligida 4,0 gektar, G‘ijduvon tumani “Dilshod Mironshox sahovati” fermer xo‘jaligida 2,6 gektar, “Ramazon Soliev Sardor” fermer xo‘jaligida 3,5 gektar, “Ro‘ziqul bobo” fermer xo‘jaligida 3,7 gektar, jami 47,9 gektar maydonga joriy qilingan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 13.06.2023 yildagi №05/23-05/2873-sonli ma’lumotnomasi). Natijada urug‘larni 5-iyul muddatida 60x30-1 va 70x25-1 sxemalarda ekib etishtirilganida yuqori samaradorlikka erishilgan;
Shirin makkajo‘xorining nav va duragaylari urug‘larini 5-iyul muddatida 60x30-1 va 70x25-1 sxemalarda ekib etishtirish texnologiyasi Buxoro, Vobkent, G‘ijduvon tumanlarida joriy etilgan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 13.06.2023 yildagi №05/23-05/2873-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu texnologiyani qo‘llash orqali so‘ta hosildorligi urug‘lar 60x30-1 sxemada ekib etishtirilganida 9,8-13,1 t/ga, 70x25-1 sxemada ekib etishtirilganida 10,3-14,1 t/ga ni tashkil etib, rentabellik darajasi 60x30-1 sxemada ekib etishtirilganida 99,1-126,9 foizga, 70x25-1 sxemada ekib etishtirilganida 110-140,1 foizga ortishiga erishilgan.
 

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish