Pulatov Azizjon Allayor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Nok bog‘larida zamburug‘ qo‘zg‘atadigan kasalliklar va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish”, 06.01.09 – O‘simliklarni himoya qilish (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Qx1219
Ilmiy rahbar: Umarov Zafar Abdishukurovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: akademik M.Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Shukurov Xushvaqt Mamasalievich, qishlok xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Xo‘jaev Otabek Temirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nok bog‘larida zamburug‘lar qo‘zg‘atuvchi asosiy kasalliklar tur tarkibi, bioekologik xususiyatlari, tarqalishi, rivojlanishi, yashovchanligi va fiziologik jarayonlarini o‘rganish hamda ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent, Jizzax va Samarqand viloyatlari sharoitida nok bog‘larida zamburug‘lar keltirib chiqaruvchi asosiy kasalliklar molekulyar-genetik usulda Venturia pyrina va Monilinia fructigena aniqlangan;
Toshkent viloyati sharoitida nok bog‘larida kalmaraz kasalligi 17,3%, un shudring kasalligi 13,0% va monilioz kasalligi 26,3%, Jizzax viloyati sharoitida kalmaraz kasalligi 21,7%, un shudring kasalligi 16,2% va monilioz kasalligi 27,4% hamda Samarqand viloyati sharoitida kalmaraz kasalligi 37,4%, un shudring 16,7% va monilioz kasalligi 29,0% gacha tarqalishi aniqlangan;
kalmaraz kasalligi bilan nokning Santa mariya navi eng kam zararlanib 15,7%, Hosui navi 12,7%, un shudring kasalligi bilan Lyubimisa klappa navi 8,7%, Dyushes navi 9,7% va Passkrasana navi 10,3%, monilioz kasalligi bilan Nidjisseyki navi 16,0% ni tashkil etib, boshqa navlarga nisbatan chidamli nav deb baholangan;
kasallik qo‘zg‘atuvchi V. pyrina (18 – 240S) va M. fructigena (22 – 260S) zamburug‘lari rivojlanishi uchun maqbul harorat 18 – 260S ekanligi hamda nok daraxtining kasallangan barg va mevalari 30 sm tuproq ostida 100 kun saqlanganda, zamburug‘larning miseliy va sporalari nobud bo‘lishi aniqlangan;
nok daraxtining kasallangan barg va novdalarida mikroelementlardan Fe – 31,3, Zn – 4,8, Mn – 64,0 va Cu – 5,3 barobar kamaygan bo‘lsa, nok daraxti barglaridagi xlorofill-a pigmenti 1,024 mg/g va xlorofill-b pigmenti 2,65 mg/g yo‘qotilishi aniqlangan;
nok bog‘lari qator oralarini kuzda 30 sm chuqurlikda shudgor qilish, daraxtlarga erta bahorda shakl berish va mineral o‘g‘itlar bilan N120P60K40 me’yorida oziqlantirish kalmaraz kasalligini 14,7%, un shudring kasalligini 20,3% va monilioz kasalligini 21,7% kamayishiga olib kelishi aniqlangan;
nok bog‘larida zamburug‘li kasalliklariga qarshi Heritage 30% em.k., Straj 50% sus.k., Difen super 55% n.kuk., Best Captan 50 WP 50% n.kuk., Fundazol 50% n.kuk. va Applore 25 EC 25% em.k. fungisidlari qo‘llanilganda kalmaraz kasalligida 92,1%, un shudring kasalligida 94,5% gacha va monilioz kasalligida 91,7% biologik samaradorlikka erishish imkonini bergan, natijada gektaridan 36,0 – 45,0 s meva hosili saqlab qolingan hamda 60,1 – 68,7 mln. so‘m sof daromad olinib, 99,3 – 106,8% rentabellikka erishilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Nok bog‘larida zamburug‘lar qo‘zg‘atadigan kasalliklarga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
“Nok bog‘larini zamburug‘li kasalliklardan himoya qilish” nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 27 maydagi 05/06-03-170-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma bugungi kunda bog‘dorchilik fermer, dehon xo‘jaliklari va agroklasterlarda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
nok bog‘larida kalmaraz, un shudring va monilioz kasalliklariga qarshi Difen super 55% n.kuk. (0,25 kg/ga), Best Captan 50 WP 50% n.kuk. (3,0 kg/ga), Fundazol 50% n.kuk. (2,0 kg/ga) va Applore 25 EC 25% em.k. (0,2 l/ga) fungisidlarini qo‘llash Toshkent viloyati Parkent tumani “Agro Elite Parkent” MChJda 11 ga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 27 maydagi 05/06-03-170-son ma’lumotnomasi). Natijada, kalmaraz kasalligiga qarshi 90,0-91,4%, un shudring kasalligiga qarshi 90,6-92,4% va monilioz kasalligiga qarshi 88,0-92,0% biologik samaradorlikka erishilgan;
nok bog‘laridagi kasalliklarga qarshi Heritage 30% em.k. (0,3 l/ga), Trailer 50% s.d.g. (0,15 kg/ga), Straj 50% sus.k. (0,6 l/ga), Aramis 380 g/kg s.d.g. (0,8 kg/ga) va Applore 25 EC 25% em.k. (0,2 l/ga) fungisidlarini qo‘llash Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani “Amir Temur” f/x 7,5 ga va Guliston tumani “Sarvarbek Hamkor” f/x 5,0 ga, Samarqand viloyati Charxin ilmiy-tajriba stansiyasida 4 ga, jami 16,5 ga maydonda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 27 maydagi 05/06-03-170-son ma’lumotnomasi). Natijada, kalmaraz kasalligiga qarshi 86,0-92,0%, un shudring kasalligiga qarshi 88,0-92,6% va monilioz kasalligiga qarshi 87,1-89,5% biologik samaradorlikka erishilgan hamda 131 – 140 s/ga meva hosil olingan va qo‘shimcha 45 s/ga hosil etishtirilgan.   

Yangiliklarga obuna bo‘lish