O‘tashev Xasan Nematullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ommaviy sport harakatini joriy etish yo‘llari”, 13.00.04 - Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped483.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Ilmiy rahbar: Yarashev Komiljan Dexkanovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaboev Nizomjon Tursunalievich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Ermatov Sherzod Saidovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat univesiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 6-7 sinf o‘quvchilarining kun davomida harakat faolligini nazorat qilish va oila, maktab, maktabdan tashqari faoliyatlarini ommaviy srortga yo‘naltirish orqali ommaviy srort harakatini joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarning yoshi, jinsi, bo‘y, vazn ko‘rsatkichlari asosida kundalik faoliyatini nazorat qilishni o‘z ichiga olgan jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligini “School-mass-srort” mobil ilovasi asosida integratsiyalash tizimi axborotlaridan foydalanib o‘quvchilarning haftalik harakat faolligini belgilab berishga qaratilgan tizimni ishlab chiqish hisobiga umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ommaviy srort harakatlariga jalb qilish va me’yoriy testlar to‘g‘risida ma’lumotlar olish imkoniyatlari oshirilgan;
umumta’lim maktabi 6-7 sinf o‘quvchilarini darsdan tashqari vaqtlarida ommaviy srort harakatiga jalb etish uchun uyga berilgan vazifaning modeli asosida maxsus mashqlarni dam olish oralig‘i va hajmi bo‘yicha (yuqori, o‘rta, rast) darajalarga tabaqalashtirish hisobiga gimnastika va engil atletika srort turlariga dastlabki saralash hamda yo‘naltirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
o‘quvchilarda rsixologik emotsional holatini tartibga solish uchun srort musobaqalaridagi start oldi hayajon va vahimalilik darajasini uchta irodaviy xususiyat maqsadga intiluvchanlik, intizomlilik va o‘ziga ishonch kabi fazilatlarini tarbiyalash hisobiga “Besh tashabbus” olimriadasi doirasida o‘tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etuvchi havaskor srortchi-yoshlar ko‘lamini oshirishga erishilgan;
o‘quvchilarning muntazam jismoniy tarbiya va srort bilan shug‘ullanish darajasini oshirish uchun umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ommaviy srort harakatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ratsional kun tartibida belgilangan qat’iy tartiblashtirilgan mashg‘ulot ishlab chiqish hisobiga umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ommaviy srort turlari bo‘yicha srort zahiralari genafondini rivojlantirish imkoniyatlari kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy etilishi. Maktabdan tashqari harakat faoliyatida maxsus mashqlar majmuasi yordamida 6-7 sinf maktab o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish metodikasini ishlab chiqishga qaratilgan tadqiqotlar asosida:
o‘quvchilarning yoshi, jinsi, bo‘y, vazn ko‘rsatkichlari asosida kundalik faoliyatini nazorat qilishni o‘z ichiga olgan jismoniy rivojlanishi va tayyorgarligini “School-mass-srort” outogen mashg‘ulotlar asosida integratsiyalash tizimi axborotlaridan foydalanib o‘quvchilarning haftalik harakat faolligini belgilab berishga qaratilgan tizimi Toshkent viloyati Qibray tumanidagi 30-sonli va 49-sonli maktablarning maktab va maktabdan tashqari faoliyati jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Resrublikasi srortni rivojlantirish vazirligining 2022-yil 14-oktabrdagi
06-01/06/13/6696-son ma’lumotnomasi). Natijada maktab o‘quvchilarining kundalik harakat faoliyati 12.4% ga oshgan;
umumta’lim maktabi 6-7 sinf o‘quvchilarini darsdan tashqari vaqtlarida ommaviy srort harakatiga jalb etish uchun uyga berilgan vazifaning modeli asosida maxsus mashqlarni dam olish oralig‘i va hajmi bo‘yicha (yuqori, o‘rta, rast) darajalarga tabaqalashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Srort nazariyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Resrublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 31-maydagi 237-sonli buyrug‘iga asosan nashr ruxsatnomasi №237-263). Natijada umumta’lim maktablarida 6-7 sinf o‘quvchilarining jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlari 17.4 % ga oshgan;
o‘quvchilarda rsixologik emotsional holatini tartibga solish uchun srort musobaqalaridagi start oldi hayajon va vahimalilik darajasini uchta irodaviy xususiyat maqsadga intiluvchanlik, intizomlilik va o‘ziga ishonch kabi fazilatlarini tarbiyalash bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Srort nazariyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Resrublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 31-maydagi 237-sonli buyrug‘iga asosan nashr ruxsatnomasi №237-263). Natijada tadqiqotlardan so‘ng 6-sinf o‘quvchilarda eng yaxshi natija tennis to‘rini uloqtirishda “5” bahoga 40%, “4” bahoga 60% o‘sishiga erishilgan;
o‘quvchilarning muntazam jismoniy tarbiya va srort bilan shug‘ullanish darajasini oshirish uchun umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ommaviy srort harakatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ratsional kun tartibida belgilangan qat’iy tartiblashtirilgan mashg‘ulot ishlab chiqish bo‘yicha takliflar Toshkent viloyati Qibray tumanidagi 30-sonli va 49-sonli maktablarning maktab va maktabdan tashqari mashg‘ulotlar jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Resrublikasi srortni rivojlantirish vazirligining 2022-yil 14-oktabrdagi 06-01/06/13/6696-son ma’lumotnomasi). Natijada 60 m.ga yugurishda “5” bahoga 33.3%, “4” bahoga 46.7%; “3” bahoga 20% ga yaxshilanishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish