Egamova Feruza Raximbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “81Br, 86Sr, 88Sr, 90Zr, 92Mo yadrolarida (γ,n) va (n,2n) reaksiyasi natijasida izomer holatlar uyg‘onishining o‘ziga xos xususiyatlari”, 01.04.08 – “Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/FM662
Ilmiy rahbar: Polvonov Satimboy Rajapovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.33.01.
Rasmiy opponentlar:
Olimov Kosim, fizika-matematika fanlari doktori, professor;
Usmanov Pazlitdin Nuritdinovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi selen stabil izotoplarida fotoyadro reaksiyalarining ekvivalent kvantga mos eksperimental kesim qiymatlarini olish va gigant dipol rezonansdan yuqori sohada kesimning energiyaga bog‘liqligidan reaksiyalar asosiy mexanizmlarini o‘rnatishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
neytronlar energiyasining En=14,1 MeV qiymatida 92Mo(n,2n)91m,gMo, 86Sr(n,2n)85m,gSr, 81Br(n,2n)80m,gBr va 90Zr(n,2n)89m,gZr reaksiyalarda izomer va asosiy holatlar uyg‘onish kesimlari bo‘yicha yangi eksperimental ma’lumotlar olingan;
ilk bor energiyaning 12-35 MeV sohasida 92Mo(γ,n)91m,gMo, 86Sr(γ,n)85m,gSr, 81Br(γ,n)80m,gBr va 90Zr(γ,n)89m,gZr fotoyadro reaksiyalar izomer chiqishlar nisbatining energiyaga bog‘lanishi aniqlangan;
gigant dipol rezonansi maksimumidan yuqori energiyalar sohasida 81Br, 86Sr, 90Zr va 92Mo yadrolaridagi (γ,n) reaksiyalarda 1/2- (81Br uchun 5-) izomer holatlari uyg‘onishidagi asosiy mexanizim bu oraliq yadro mexanizimi hisoblanishi hamda ularning uyg‘onishi statistik yadro nazariyasi doirasida qoniqarli tarzda tavsiflanishi aniqlangan;
ilk bor 14-25 MeV energiya oralig‘ida 86Sr yadrosidagi (,n) reaksiyada hosil bo‘lgan yadrolar izomer holatlari uyg‘onish kesimining eksperimental qiymatlari olindi hamda gigant dipol rezonansi bir cho‘qqidan iborat ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Fotoyadro va neytron ishtirokidagi reaksiyalarida izomer holatlarning uyg‘onishini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalarga asoslanib:
neytronlar energiyasining En=14,1 MeV qiymatida 86Sr(n,2n)85m,gSr, 88Sr(n,2n)87m,gSr va 81Br(n,2n)80m,gBr reaksiyalari kesimlarning eksperimental qiymatlari va kesimlarning izomer nisbati, shuningdek, 14-35 MeV energiya diapazonida 1 MeV qadam bilan aniqlangan 81Br(γ,n) 82m,gBr va 86Sr(γ,n)85m.gBr reaksiyalarning izomer chiqishlar nisbatining eksperimental qiymatlari EXFOR xalqaro yadroviy ma’lumotlar bazasiga (https://www-nds.iaea.org/exfor/) kiritilgan (EXFOR xalqaro yadroviy ma’lumotlar bazasining Osiyodagi vakili N.Osukaning 2024-yil 22 iyundagi xati). Ilmiy natijalardan foydalanish EXFOR xalqaro tizimining yadro reaksiyalari bo‘yicha ma’lumotlar bazalaridagi mavjud taxminiy ma’lumotlarni to‘ldirgan va aniqlashtirishga imkon bergan;
neytronlar energiyasining En=14,1 MeV qiymatida 92Mo(n,2n)91m,gMo, 86Sr(n,2n)85m,gSr, 81Br(n,2n)80m,gBr va 90Zr(n,2n)89m,gZr reaksiyalarda izomer va asosiy holatlar uyg‘onish kesimlari bo‘yicha yangi eksperimental ma’lumotlar; ilk bor energiyaning 12-35 MeV sohasida 92Mo(γ,n)91m,gMo, 86Sr(γ,n)85m,gSr, 81Br(γ,n)80m,gBr va 90Zr(γ,n)89m,gZr fotoyadro reaksiyalar izomer chiqishlar nisbatining energiyaga bog‘lanishi aniqlangan ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20l9-yil 2l-noyabrdagi RQ-4526-sonli qarori 2-ilovasida tasdiqlangan Yadro fizikasi institutining 2020-2024-yillar uchun mo‘ljallangan “Yadro-astrofizik reaksiyalar, og‘ir ionlarning uadrolar bilan o‘zaro ta'siri va bo‘linishini tadqiq etish, shuningdek, bu izlanishlarning uadro energiyagaasi sohasida ishlatilishi” mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishlari dasturi doirasida olib borilgan tadqiqot ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar akademiyasining 2024 yil 7 oktyabrdagi 2/1255-2225-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish uyg‘onish energiyasining keng diapozonida izomer holatlarning hosil bo‘lish mexanizmini interpretatsiyalash imkonini bergan;
gigant dipol rezonansi maksimumidan yuqori energiyalar sohasida 81Br, 86Sr, 90Zr va 92Mo yadrolaridagi (γ,n) reaksiyalarda 1/2- (81Br uchun 5-) izomer holatlari uyg‘onishidagi asosiy mexanizim bu oraliq yadro mexanizimi hisoblanishi va ularning uyg‘onishi statistik yadro nazariyasi doirasida qoniqarli tarzda tavsiflanishi boʻyicha olingan tahlili natijalar OT-F2-12-raqamli “O‘zMU elektrostatik tezlatgichi ionlari dastasida spektroskopik tadqiqotlarni rivojlantirish” mavzusidagi fundamental loyihasi doirasida tajriba metodikalarini ishlab chiqishda va gigant dipol rezonans sohasidagi jarayonlarni tahlil qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot institutining 2024 yil 24 sentyabrdagi 01-113-sonli ma’lumotnomasi). Natijalardan foydalanish gigant dipol rezonansi parchalanish mexanizmini interpretatsiyalash imkonini bergan.