Abduraximova Ziyoda Anvar qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga ajratilayotgan tashqi ko‘mak samaradorligini oshirish mexanizmlari», 08.00.09 – Jahon iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3853
Ilmiy rahbar: Tashpulatova Laylo Maratovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, DSc.11/25.08.2022.I.24.03
Rasmiy opponentlar: Rasulev Alisher Fayzievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Talipova Nigora Tulkunovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor v.b.
Yetakchi tashkilot nomi: Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasiga xalqaro moliya tashkilotlar orqali jalb qilinayotgan tashqi ko‘mak mablag‘larining samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Bibliometrik va kontent tahlil xalqaro metodologiyasi asosida tashqi ko‘mak samaradorligini baholash bo‘yicha XX-asrning 60-yillaridan hozirgi zamongacha bo‘lgan davr mobaynida olib borilgan empirik tadqiqotlarning natijalari tizimlashtirilib, tashqi ko‘mak samaradorligiga oid empirik tadqiqotlarda bir mamlakat asosida baholash zarurati isbotlangan;
O‘zbekiston Respublikasiga xorijiy donor mamlakatlar va xalqaro moliya tashkilotlaridan jalb qilingan tashqi ko‘mak vositalarini mamlakatning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlariga ta’sirini baholovchi avtoregressiv taqsimlangan lag (Autoregressive distributed lag (ARDL)) va vektorli avtoregressiya (Vector autoregression (VAR)) ekonometrik model yaratilgan;
Tashqi ko‘mak samaradorligini oshirish bo‘yicha qabul qilingan xalqaro deklaratsiyalarda belgilangan mezon va tamoyilllarni tizimlashtirish orqali O‘zbekiston Respublikasiga jalb etiladigan tashqi ko‘mak samaradorligini oshirish mexanizmi ishlab chiqilgan;
Ilg‘or xorijiy tajriba asosida O‘zbekiston Respublikasining tashqi ko‘mak konsepsiyasining loyihasi va uning tuzilmasi, tamoyillari hamda asosiy yoʻnalishlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasiga xalqaro moliya tashkilotlaridan jalb qilingan tashqi ko‘mak mablag‘larining samaradorligini oshirish mexanizmi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
muallif tomonidan yaratilgan O‘zbekiston Respublikasi jalb qilingan tashqi ko‘mak vositalarini mamlakatning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlariga ta’sirini baholovchi ARDL va VAR ekonometrik modeli hamda tashqi ko‘mak samaradorligini oshirish bo‘yicha qabul qilingan xalqaro deklaratsiyalarning mezon va tamoyilllarni tizimlashtirish natijasida ishlab chiqilgan O‘zbekiston Respublikasiga jalb etiladigan tashqi ko‘makning samaradorligini ta’minlash mexanizmi O‘zbekistan Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi faoliyatiga tatbiq etilgan (O‘zbekistan Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi 2024-yil 26-iyundagi 03-41-01163 son ma’lumotnomasi). Muallifning ushbu ishlanmasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-dekabr sanasidagi 786-sonli Qarorida qayd etilgan O‘zbekiston Respublikasining donorlar bilan hamkorligining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, tashqi beg‘araz ko‘mak loyihalarini amalga oshirish uchun hamkorlik geografiyasini kengaytirish va moliyalashtirishning yangi salohiyatli manbalarini izlash bo‘yicha yangi imkoniyatlar yaratadi.
xalqaro moliya tashkilotlar tomonidan ajratilgan tashqi ko‘makning O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga ta’siri, jalb qilinayotgan tashqi ko‘makning shakllarini optimallashtirish va ko‘p tomonlama tashqi ko‘mak donorlari orasida mintaqaviy taraqqiyot banklar bilan hamkorlikni kengaytirishga oid ilmiy xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan axborot-tahliliy materiallar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Resuplikasi Tashqi ishlar vazirligining 2024-yil 14-fevraldagi 28/5086-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi mamlakatimizning global tashqi ko‘mak arxitekturasidagi ishtirokini faollashtirish va tashqi ko‘mak samaradorligini oshirish imkoniyatini yaratadi.
bibliometrik va kontent tahlil metodologiyasi asosida tashqi ko‘mak samaradorligini baholash bo‘yicha XX-asrning 60-yillaridan hozirgi zamongacha bo‘lgan davr mobaynida olib borilgan empirik tadqiqotlarning natijalari tizimlashtirilgan. Bibliometrik va kontent-tahlilning natijalari impakt-faktori 1,4 ga teng bo‘lgan “Journal of International development” ilmiy journalining 2021-yil 4 sonida e’lon qilingan bo‘lib, 2024-yil iyun oyi holatiga ko‘ra, ushbu maqolaga qilingan havolalar soni “Scopus” xalqaro ilmiy nashrlar bazasida 21, “Google scholar” bazasida esa 36 tani tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2017-yil 31-maydagi 239/9-son Qarorining 7-bandiga muvofiq, ushbu maqola ilmiy natijalarining amaliyotga joriy qilinishi talablariga javob beradi (Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining 2024-yilning 11-iyun sanasidagi 01/4-879 sonli ma’lumotnomasi, O‘mon Sultonligi Sulton Qobus universitetining 2024-yil 17-martdagi ma’lumotnomasi). Muallif tomonidan amalga oshirilgan bibliometrik va kontent tahlil natijalari tashqi ko‘makning resipient mamlakatlar iqtisodiyotiga ta’sirini baholashga bag‘ishlangan empirik tadqiqotlarda mamlakatlararo tahlilga asoslanish maqsadga muvofiq emasligini ilmiy asoslashga xizmat qiladi.