Rahmonova Mavluda Abdusamadovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Abdurauf Fitratning ma’naviy-axloqiy qarashlarining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni”, 09.00.03 –Falsafa tarixi  (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2. PhD/Fal204
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08
Ilmiy rahbar: Navro‘zova Gulchehra Nigmatovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Shadmanov Kurban Badriddinovich, falsafa fanlari doktori, professor; Nazarov Qiyom Normirzaevich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Abdurauf Fitrat ma’naviy-axloqiy qarashlarining ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash va barkamol avlodni ma’naviy sog‘lom etib tarbiyalashdagi ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Markaziy Osiyo tasavvufiy tariqatlari va dunyoviy ilm-fan garmoniyasini o‘zida mujjasamlashtirgan ma’rifatparvar Fitrat dunyoqarashidagi “saodati dorayn” va “hayot g‘oyasi”ning sog‘lom tana, o‘tkir aql va yuksak ma’naviyat kabi omillari XIX-XX asrlar ijtimoiy-axloqiy fikrlar rivojida oilaparvarlik, millatparvarlik, vatanparvarlik tamoyillarini targ‘ib etishdagi konstruktiv-yetakchilik o‘rinni egallagani aniqlashtirilgan;
Abdurauf Fitratning dunyoviy va diniy ilm taraqqiyotida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan ontologik qarashlaridagi shaxsiy (tabiiy ehtiyojlarni qondirish) va ijtimoiy (nikoh, oilaviy munosabatlar, axloqiy etuklik) borliq shakllarining yoshlar falsafiy dunyoqarashini kengaytirish, ma’naviy darajasini yuksaltirish, oilaviy munosabatlarni mehr-muhabbat asosida tashkil etish hamda zamonaviy bilim egallashdagi falsafiy ahamiyati ochib berilgan;
Ma’rifatparvar Fitrat ijodiga ilmiy-falsafiy yondashuv hamda gnoseologik qarashlaridagi fitriy (inson tabiatiga avvaldan berilgan) va kasbiy (ilm olish va tajriba asosidagi) aqlga oid g‘oyalari asosida ta’lim-tarbiya tizimida aqlni ezgu sifatlar biyitish, idrokni isloh etish ilmu-irfonni uyg‘unligini ta’minlash, jismoniy, aqliy va ma’naviy tarbiyadan iborat ko‘p tarkibli tarbiya berish sistemasini takomillashtirish zarurati asoslab berilgan;
Fitratning “Oila” va “Rahbari najot” (“Najot yo‘li”) asarlarida ilgari surilgan ma’naviy-axloqiy tarbiya konsepsiyasidagi iroda kuchi va ixtiyor erkinligi, mayl va istak tarbiyasi kabi tamoyil va me’yorlar hamda inson ruhining shaxsiy (baxt, faoliyat, izzat-nafs) ijtimoiy (aloqa, mehr – muhabbat, ibrat olib, e’tiborda bo‘lish) va oliy (bilish, go‘zallikka intilish, fazilatga muhabbat) mayllari ma’rifiy jamiyatda uzlyuksiz ma’naviy tarbiyaning indikatorlari sifatida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Abdurauf Fitrat va XX asrda ma’naviy-axloqiy fikr rivojini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Markaziy Osiyo tasavvufiy tariqatlari va dunyoviy ilm-fan garmoniyasini o‘zida mujassamlashtirgan ma’rifatparvar Fitrat dunyoqarashidagi “saodati dorayn” va “hayot g‘oyasi”ning sog‘lom tana, o‘tkir aql va yuksak ma’naviyat kabi omillari XIX-XX asrlar ijtimoiy-axloqiy fikrlar rivojida oilaparvarlik, millatparvarlik, vatanparvarlik tamoyillarini targ‘ib etishdagi konstruktiv-yetakchi o‘rinni egallaganiga oid xulosalar va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan OT-F1-88-son “O‘zbekistonda ijtimoiy siyosiy va ma’naviy taraqqiyotida tolerantlik tamoyilining tutgan o‘rni (qadimgi davrdan to hozirgi vaqtga qadar)” (2017-2020 yy) fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan. (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2022-yil 27-sentyabrdagi 04/11-5901-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlar tarbiyasida Abdurauf Fitrat ta’limotining o‘ziga xos xususiyatlari, falsafiy, axloqiy qarashlarning yangicha nazariy-uslubiy yondashuvlardan kelib chiqqan holda tahlil etishga va mustahkamligini ta’minlashda xizmat qilgan;
Abdurauf Fitratning dunyoviy va diniy ilm taraqqiyotida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan ontologik qarashlaridagi shaxsiy (tabiiy ehtiyojlarni qondirish) va ijtimoiy (nikoh, oilaviy munosabatlar, axloqiy etuklik) borliq shakllarining yoshlar falsafiy dunyoqarashini kengaytirish, ma’naviy darajasini yuksaltirish, oilaviy munosabatlarni mehr-muhabbat asosida tashkil etish hamda zamonaviy bilim egallashdagi falsafiy ahamiyatiga doir ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalaridan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi faoliyatida, jumladan, 2022-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi “VI. Aholining Internetdagi jahon axborot tarmog‘idan foydalanish madaniyatini oshirish, g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetini kuchaytirishga oid chora-tadbirlar”ning 31-bandi “Buyuk ajdodlarimizning ilmiy merosi, ularning ibratli hayot yo‘li hamda jahon sivilizatsiyasini rivojlantirishga qo‘shgan hissalari bo‘yicha ma’lumotlar bilan xalqaro Internet tarmog‘ini boyitib borish”da foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-yil 14-sentyabrdagi 263-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatda, oilada sog‘lom muhitni shakllantirish, yoshlarni hayotga tayyorlashda ularning qalbi va ongida sog‘lom hayot tarzi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg‘usini shakllantirish, har jihatdan barkamol etib tarbiyalash, zamonaviy ta’lim-tarbiyani shakllantirishga oid targ‘ibot dasturlarini takomillashtirishga xizmat qilgan;
Ma’rifatparvar Fitrat ijodiga ilmiy-falsafiy yondashuv hamda gnoseologik qarashlaridagi fitriy (inson tabiatiga avvaldan berilgan) va kasbiy (ilm olish va tajriba asosidagi) aqlga oid g‘oyalari asosida ta’lim-tarbiya tizimida aqlni ezgu sifatlar boyitish, idrokni isloh etish, ilmu-irfonni uyg‘unligini ta’minlash, jismoniy, aqliy va ma’naviy tarbiyadan iborat ko‘p tarkibli tarbiya berish sistemasini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy yangiliklardan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan o‘tkazilgan diniy-ma’rifiy tadbirlarida, ilmiy jamoatchilikni va yoshlarni keng xabardor etish hamda ilmiy-amaliy materiallar bazasini yaratishda hamda O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazining tadqiqotlar, metodologik yondashuvlami takomillashtirish, madaniy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy loyihalami ishlab chiqishda foydalanilgan (Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2022-yil 26-sentyabrdagi 02/476-son va O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazining 2023-yil 13-sentyabrdagi 08-17/659-son ma’lumotnomalari). Natijada, oilada farzand tarbiyasi, uning dunyoqarashini shakllantirishda ajdodlarimiz merosi, ularning hozirgi kun yoshlarining ma’naviy-axloqiy tarbiyasidagi ijobiy ta’siri borasidagi bilim darajasi, ilmlarni o‘rganishga bo‘lgan hatti-harakatlarni keng miqyosda rivojlantirish va aqliy salohiyatini yuksaltirish imkonini berib, Abdurauf Fitrat ta’limotining o‘ziga xos xususiyatlari, falsafiy-axloqiy qarashlarning yangicha nazariy-uslubiy yondashuvlardan kelib chiqqan holda tahlil etishga hamda islom tarixi, falsafasiga oid o‘rnini yoritish, nodir qo‘lyozma manba hamda arxiv hujjatlarini ilmiy muomalaga kiritish uchun tayyorlangan to‘plam va kitoblar mazmunini boyitishg xizmat qilgan;
Fitratning “Oila” va “Rahbari najot” asarlarida ilgari surilgan ma’naviy-axloqiy tarbiya konsepsiyasidagi iroda kuchi va ixtiyor erkinligi, mayl va istak tarbiyasi kabi tamoyil va me’yorlar hamda inson ruhining shaxsiy (baxt, faoliyat, izzat-nafs) ijtimoiy (aloqa, mehr – muhabbat, ibrat olib, e’tiborda bo‘lish) va oliy (bilish, go‘zallikka intilish, fazilatga muhabbat) mayllariga oid yangiliklar va ilmiy natijalardan Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2022-yil davomida efirga uzatilgan “Assalom Buxoro”, “Moziy bisotidan”, “Buxoro Sharq gavhari”, “Zamondosh” teleko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyat teleradiokompaniyasining 2022-yil 30-sentyabrdagi 569-son ma’lumotnomasi). Natijada, teletomoshabinlarga Abdurauf Fitratning ma’naviy-axloqiy va falsafiy qarashlarining yangicha nazariy-uslubiy yondashuvlardan kelib chiqqan tahlili yuzasidan kerakli ma’lumotlarni olish imkonini bergan hamda buyuk jadid ajdodlarimiz ta’limotlari haqida bilimlarini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish