Shodiev Kamolidin Shamsiddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Innovatsion iqtisodiyotda turizm sohasini barqaror rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish”,  08.00.17 - “Turizm va mehmonxona faoliyati” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt1862.
Ilmiy rahbar: Turaev Baxodir Xatamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Abduvohidov Abdumalik Mahkamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ruziev Sobirjon Samatovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion iqtisodiyotda turizm sohasini barqaror rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “turizm sohasining barqaror rivojlanishi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni sohaning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatdan uzoq muddatli va muvozanatli rivojlanishi, turizmdan olinadigan daromadni oshirish bilan birga, tabiiy va madaniy merosni himoya qilish, mahalliy aholi manfaatlarini inobatga olish va turizmning ijobiy ijtimoiy ta’sirini ta’minlash asosida turistlar ehtiyojlarini qondirish nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
turistik korxonalarni innovatsion salohiyat ko‘rsatkichlari bo‘yicha “yuqori darajadagi innovatsion salohiyat” (0,7 < ISyu ≤ 1), “oshirilgan darajali innovatsion salohiyat” (0,5 < ISo ≤ 0,7), “o‘rta darajali innovatsion salohiyat” (0,3 < ISo‘ ≤ 0,5), “past darajadagi innovatsion salohiyat” (0 < ISp ≤ 0,3) guruhlariga ko‘ra tasniflash orqali turizm segmentlarini barqaror rivojlanishini ta’minlash asoslangan;
turizm sohasining barqaror rivojlanganlik jihatidan Samarqand shahri (0,72), Kattaqo‘rg‘on tumani (0,68), Payariq tumani (0,61) va Samarqand tumani (0,65) salohiyatlarini aniqlash asosida turizm sohasini rivojlantirish ustuvorligiga ko‘ra Samarqand viloyati shahar va tumanlarining ixtisoslashuvi «o‘sish nuqtalari» va «drayver sohalari»ni belgilash taklifi asoslangan;
Samarqand viloyatida kiruvchi va chiquvchi turizm bozoriga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida turistik sohasining 2026 yilga qadar rivojlanish prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Turizm sohasini barqaror rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “turizm sohasining barqaror rivojlanishi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini sohaning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatdan uzoq muddatli va muvozanatli rivojlanishi, turizmdan olinadigan daromadni oshirish bilan birga, tabiiy va madaniy merosni himoya qilish, mahalliy aholi manfaatlarini inobatga olish va turizmning ijobiy ijtimoiy ta’sirini ta’minlash asosida turistlar ehtiyojlarini qondirish nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Mehmonxona xo‘jaligida xizmatlar sifatini boshqarish”  nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4-oktabrdagi 892-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda tabiiy va madaniy merosni himoya qilish, mahalliy aholi manfaatlarini inobatga olish va turizmning ijobiy ijtimoiy ta’sirini ta’minlash asosida turistlar ehtiyojlarini qondirish nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “turizm sohasining barqaror rivojlanishi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni yuzasidan nazariy bilimlarni yanada kengaytirish imkoni yaratilgan;
turistik korxonalarni innovatsion salohiyat ko‘rsatkichlari bo‘yicha “yuqori darajadagi innovatsion salohiyat” (0,7 < ISyu ≤ 1), “oshirilgan darajali innovatsion salohiyat” (0,5 < ISo ≤ 0,7), “o‘rta darajali innovatsion salohiyat” (0,3 < ISo‘ ≤ 0,5), “past darajadagi innovatsion salohiyat” (0 < ISp ≤ 0,3) guruhlariga ko‘ra tasniflash orqali turizm segmentlarini barqaror rivojlanishini ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2023 yil 21 dekabrdagi 02-12-17-2183-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida turistik korxonalarni innovatsion salohiyat ko‘rsatkichlari bo‘yicha tasniflash orqali turizm segmentlarini barqaror rivojlanishini ta’minlash imkoni yaratilgan;
turizm sohasining barqaror rivojlanganlik jihatidan Samarqand shahri (0,72), Kattaqo‘rg‘on tumani (0,68), Payariq tumani (0,61) va Samarqand tumani (0,65) salohiyatlarini aniqlash asosida turizm sohasini rivojlantirish ustuvorligiga ko‘ra Samarqand viloyati shahar va tumanlarining ixtisoslashuvi «o‘sish nuqtalari» va «drayver sohalari»ni belgilash taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 28 apreldagi 222-son qaroriga 3-ilova “Samarqand viloyati shahar va tumanlarining ixtisoslashuvi «o‘sish nuqtalari», «drayver sohalari»ni shakllantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2023 yil 21 dekabrdagi 02-12-17-2183-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida turizm sohasini Samarqand viloyati shahar va tumanlarining ixtisoslashuvi «o‘sish nuqtalari» va «drayver sohalari» tarkibiga kiritish orqali barqaror rivojlantirish imkoni yaratilgan;
Samarqand viloyatida kiruvchi va chiquvchi turizm bozoriga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida turistik sohasining 2026 yilga qadar ishlab chiqilgan rivojlanish prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2023 yil 21 dekabrdagi 02-12-17-2183-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Samarqand viloyatida kiruvchi va chiquvchi turizm bozoriga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida turistik sohasining uzoq muddatli rivojlanishining asosiy parametrlari o‘rtasidagi muvofiqlikni ta’minlash imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish