Yo‘lchiev Elmurod O‘ktamjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Koronovirus infeksiyasi bilan og‘rigan bemorlarda takroriy insul`tning klinik - nevrologik va biokimyoviy xususiyatlari», 14.00.13 – Nevrologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib3828.
Ilmiy rahbar: Madjidova Yokutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/05.05.2023.Tib.30.04.
Rasmiy opponentlar: Yakubova Marxamat Mirakramovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Gafurov Baxtiyor Gafurovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: koronavirus kasalligiga chalingan bemorlarda takroriy insul`tning klinik kechish xususiyatlari, kasallik kechishini prognozlashda ahamiyatli laborator markerlarni aniqlash va insul`tdan keyingi anksietik-depressiv sindromni davolashni optimallashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
koronavirus infeksiyasi fonida yuzaga keluvchi takroriy ishemik insul`tning ustunlik qiluvchi xavf omillari va TOAST tasnifiga ko‘ra kardioembolik va noaniq patogenetik tipdagi takroriy ishemik insul`t yuzaga kelishida “yangi” arterial havzadagi insul`t klinik jihatdan “eski” arterial havzada kuzatilgan insul`tga nisbatan yangi ishemik o‘choq sababli og‘irroq kechishi isbotlangan;
COVID-19 infeksiyasi fonida yuzaga keluvchi takroriy ishemik insul`tlarning og‘irlik darajasi bilan o‘pkaning zararlanish darajasi o‘rtasida oksigenatsiya darajasining pasayishi va tizimli yallig‘lanish jarayonining yuzaga kelishi sababli to‘g‘ri kuchli korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan;
qon zardobida tizimli yallig‘lanish indeksini SOVID-19 fonida yuzaga kelgan takroriy insul`tning og‘irlik darajasini prognozlashda ahamiyati, hamda qon zardobida S100 va mielin umumiy oqsiliga qarshi antitanachalar miqdori COVID-19 infeksiyasi fonida yuzaga keluvchi takroriy ishemik insul`tlarda immun tizimining buzilishi sababli past bo‘lishi isbotlangan;
COVID-19 infeksiyasi fonida yuzaga kelgan takroriy ishemik insul`tlarda kuzatiluvchi anksietik-depressiv sindromni davolashga differensial yondashuv takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Koronavirus kasalligiga chalingan bemorlarda takroriy insul`tning klinik kechish xususiyatlari, patogenetik tiplarini hisobga olgan holda kasallik kechishini prognozlashda ahamiyatli laborator markerlarni aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: koronavirus infeksiyasi fonida yuzaga keluvchi takroriy ishemik insul`tning ustunlik qiluvchi xavf omillari va TOAST tasnifiga ko‘ra kardioembolik va noaniq patogenetik tipdagi takroriy ishemik insul`t yuzaga kelishida “yangi” arterial havzadagi insul`t klinik jihatdan “eski” arterial havzada kuzatilgan insul`tga nisbatan yangi ishemik o‘choq sababli og‘irroq kechishi Andijon Viloyati Ko‘p Tarmoqli Tibbiyot Markazi (KTTM) 11.03.2024 yildagi 184-, 185-sonli buyruqlar xamda Respublika Shoshilinch Tibbiy Yordam Ilmiy Markazi (RShTYoIM) Fargona filiali buyicha 11.03.2024 - yildagi 69-, 70-sonli buyruklar bilan amaliyotga joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 25 iyundagi 01/15-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorlig: ishemik insul`tning ikkilamchi profilaktikasini ustunlik qiluvchi xavf omillari va birlamchi insul`tning patogenetik tiplarini hisobga olgan holda amalga oshirish bu bemorlar orasida uni takroriy yuzaga kelishini cheklab, nogironlikni 11,1%ga va o‘lim ko‘rsatkichlarini 4,3%ga kamaytirdi, hamda ularning hayot sifatini oshiradi. Iqtisodiy samaradorlig: koronavirus infeksiyasi fonida yuzaga keluvchi takroriy ishemik insul`tlarning ustunlik qiluvchi xavf omillari va patogenetik tiplarini aniqlash qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazishni talab qilmasligi hisobiga iqtisod qilingan. Xulosa: koronavirus infeksiyasi fonida ishemik insul`tning ikkilamchi profilaktikasini amalga oshirish 1 nafar bemor uchun byudjet mablag‘larni 2969400 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
ikkinchi ilmiy yangilik: COVID-19 infeksiyasi fonida yuzaga keluvchi takroriy ishemik insul`tlarning og‘irlik darajasi bilan o‘pkaning zararlanish darajasi o‘rtasida oksigenatsiya darajasining pasayishi va tizimli yallig‘lanish jarayonining yuzaga kelishi sababli to‘g‘ri kuchli korrelyasion bog‘liqligi Andijon Viloyati KTTM 11.03.2024 yildagi 184-, 185-sonli buyruqlar hamda RShTYoIM Farg‘ona filiali bo‘yicha 11.03.2024 - yildagi 69-, 70-sonli buyruqlar bilan amaliyotga joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 25 iyundagi 01/15-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorlig: koronavirus infeksiyasi fonida rivojlanishi mumkin bo‘lgan ishemik insul`tning ikkilamchi profilaktikasi hisobiga nogironlik va o‘lim ko‘rsatkichlarining kamayishiga olib keldi. Iqtisodiy samaradorlig: kasallikni prognozlash mumkinligi hisobiga o‘z vaqtida o‘tkazilgan profilaktik va davo choralarini amalga oshirilishi hisobiga gospitalizatsiya kunlarining kamayishi, davolash uchun kerak bo‘lgan preparatlar miqdorining kamayishi hisobiga iqtisod qilingan. Xulosa: koronavirus infeksiyasi fonida ishemik insultining ikkilamchi profilaktikasini amalga oshirish 1 nafar bemor uchun byudjet mablag‘larni 2969400 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan;
uchinchi ilmiy yangilik: qon zardobida tizimli yallig‘lanish indeksini SOVID-19 fonida yuzaga kelgan takroriy insul`tning og‘irlik darajasini prognozlashda ahamiyati, hamda qon zardobida S100 va mielin umumiy oqsiliga qarshi antitanachalar miqdori COVID-19 infeksiyasi fonida yuzaga keluvchi takroriy ishemik insul`tlarda immun tizimining buzilishi sababldi past bo‘lishi Andijon Viloyati KTTM 11.03.2024 yildagi 184-, 185-sonli buyruklar xamda RShTYoIM Farg‘ona filiali bo‘yicha 11.03.2024 - yildagi 69-, 70-sonli buyruqlar bilan amaliyotga joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 25 iyundagi 01/15-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorlig: tizimli yallig‘lanish indeksi miqdorini dinamikada aniqlash o‘tkazilayotgan davo choralari samarasini dinamikada baholash, lozim bo‘lganda davo sxemasiga o‘zgartirish kiritish imkonini yaratadi. Iqtisodiy samaradorlig: tizimli yallig‘lanish indeksi miqdorini dinamikada baholash natijasida qimmat qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazishni talab qilmasligi hisobiga iqtisod qilingan. Xulosa: koronavirus infeksiyasi fonida yuzaga keluvchi takroriy insul`tni profilaktikasi, u yuzaga kelgan taqdirda diagnostika choralarini mukammalashtirish hisobiga bir nafar bemordan 1 kunga 1104400 so‘m iqtisod qilingan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: COVID-19 infeksiyasi fonida yuzaga kelgan takroriy ishemik insul`tlarda kuzatiluvchi anksietik-depressiv sindromni davolashga differensial yondashuv takomillashtirilganligi Andijon Viloyati KTTM 11.03.2024 yildagi 184-, 185-sonli buyruklar xamda RShTYoIM Farg‘ona filiali bo‘yicha 11.03.2024 - yildagi 69-, 70-sonli buyruqlar bilan amaliyotga joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 25 iyundagi 01/15-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorlig: COVID-19 infeksiyasi fonida yuzaga keluvchi takroriy ishemik insul`tlarda kuzatiluvchi anksietik-depressiv sindromni barvaqt tashhislashdavolash samaradorligini oshirishga, bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorlig: COVID-19 infeksiyasi fonida yuzaga keluvchi takroriy ishemik insul`tlarda kuzatiluvchi anksietik-depressiv sindromni aniqlash va barvaqt tashhislash gospitalizatsiya kunlarining kamayishi, takroriy ishemik insul`t yuzaga kelishini oldini olish hisobiga iqtisod qilingan. Xulosa: koronavirus infeksiyasi fonida yuzaga keluvchi takroriy insul`tlarda kuzatiluvchi anksietik-depressiv sindromni davolashni mukammalashtirish hisobiga bir nafar bemordan 1 kunda 1104400 so‘m iqtisod qilingan.