Abdullaev Ravshanjon Inomjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Qo‘qon xonligida kitobat ishi va kutubxonalar tarixi, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tar1529.
Ilmiy rahbar: Maxmudov Sherzodxon Yunusovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR FA Tarix instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti,PhD.03/31.03.2021.Tar.05.05.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Muzrobjon Gulomovich, tarix fanlari doktori, Raxmankulova Matluba Boyxurozovna, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: XVIII – XIX asrning ikkinchi yarmida Qo‘qon xonligida yaratilgan qo‘lyozma kitoblarni o‘rganish va ulardagi muhrlar orqali kutubxonalar faoliyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xonlik hududida tarix, adabiyot, tasavvuf, fiqh, mantiq, tabobatga doir yangi asarlarning yaratilishi, ta’lim muassasalarining faoliyati va aholining talabidan kelib chiqib xattotlar tomonidan yuzlab nusxalarda kitoblarning ko‘chirilgani, kutubxonalar fondining doimiy boyib borganligi, shu bilan birga, Qo‘qon hukmdorlari Umarxon, Muhammad Alixon va Xudoyorxonlarning kitobat ishi bo‘yicha yuritgan siyosati, ayniqsa ularning farmoni bilan kitoblar ko‘chirtirilganligini ochib berish orqali “XVIII – XIX asrlarda Turkiston xonliklari, shu jumladan Qo‘qon xonligi qoloq edi, bu davrda ilm-fanga e’tibor berilmagan” degan qarashlarning asossizligi isbotlangan;
qo‘lyozma kitoblarni yaratish murakkab jarayon ekanligi, bu bir qator o‘z ishining ustalarining o‘zaro uyg‘unlikdagi faoliyatining samarasi ekanligi, xususan, qog‘oz ishlab chiqarish va ohorlash bilan bog‘liq qog‘ozgarlik, kitob ko‘chirish va yozish bilan bog‘liq xattotlik, sahifalarni turli tasvirlar bilan bezash usullari (lavvohlik, rassomlik), jildlash, muqovalash bilan bog‘liq muqovasozlik kabi hunarlarning taraqqiy etganligi, bu borada qo‘qonlik hunarmandlar tomonidan yaratilganlari o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turganligi dalillangan;
bugunga qadar tadqiqotchilar tomonidan e’tirof etilgan xonlikning xattotlik va miniatyura maktablari singari, Qo‘qon muqovasozlik maktabi bo‘lganligi, qo‘lyozmalarning muqovalarini o‘rganish orqali Mullo Muhammad Amin, Mullo Muhammad Yusuf, Avaz Muhammad, Mullo Muhammad Nodir kabi muqovasozlar nomlari aniqlangan va ular o‘z maktablarini yaratganliklari isbotlangan;
xonlik davrida yaratilgan 300 ga yaqin kitoblar tili va sohalari kesimida tasnif etilib, ularning yaratilishida ishtirok etgan 100 dan ziyod hunarmandlarning nomlari aniqlandi, kitobat ishining mamlakat iqtisodiyotida muhim o‘rin tutgani, xazinaga tushadigan soliq tushumlariga hamda ichki va tashqi savdoda qog‘oz, ipak, teri, rang-bo‘yoq mahsulotlari aylanmasiga ta’sir ko‘rsatganligi dalillandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qo‘qon xonligi davri qo‘lyozma kitoblari va kutubxonalar faoliyati to‘g‘risidagi ilmiy xulosa va takliflardan:
xonlik hududida tarix, adabiyot, tasavvuf, fiqh, mantiq, tabobatga doir yangi asarlarning yaratilishi, ta’lim muassasalarining faoliyati va aholining talabidan kelib chiqib xattotlar tomonidan yuzlab nusxalarda kitoblarning ko‘chirilgani, kutubxonalar fondining doimiy boyib borganligi, shu bilan birga, Qo‘qon hukmdorlari Umarxon, Muhammad Alixon va Xudoyorxonlarning kitobat ishi bo‘yicha yuritgan siyosati, ayniqsa ularning farmoni bilan kitoblar ko‘chirtirilganligiga oid ma’lumotlardan “O‘zbekіston tarіxі” telekanali “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 20-sentyabrdagi 02-06-1422-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining joriy etilishi qo‘lyozma kitoblar tayyorlash va kutubxonalar tarixi to‘g‘risida yangi ma’lumotlarni ommalashtirishga xizmat qilgan;
qo‘lyozma kitoblarni yaratish murakkab jarayon ekanligi, bu bir qator o‘z ishining ustalarining o‘zaro uyg‘unlikdagi faoliyatining samarasi ekanligi, xususan, qog‘oz ishlab chiqarish va ohorlash bilan bog‘liq qog‘ozgarlik, kitob ko‘chirish va yozish bilan bog‘liq xattotlik, sahifalarni turli tasvirlar bilan bezash usullari (lavvohlik, rassomlik), jildlash, muqovalash bilan bog‘liq muqovasozlik kabi hunarlarning taraqqiy etganligi, bu borada qo‘qonlik hunarmandlar tomonidan yaratilganlari o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turganligiga oid ma’lumotlardan “O‘zbekіston tarіxі” telekanali “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 20-sentyabrdagi 02-06-1422-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan ma’lumotlar ko‘rsatuvlarni mazmunan boyitishga, teletomoshabinlarning Qo‘qon xonligi davri qo‘lyozma kitoblari va kutubxonalar faoliyati haqida qo‘shimcha ma’lumotlarga ega bo‘lishlariga xizmat qilgan;
bugunga qadar tadqiqotchilar tomonidan e’tirof etilgan xonlikning xattotlik va miniatyura maktablari singari, Qo‘qon muqovasozlik maktabi bo‘lganligi, qo‘lyozmalarning muqovalarini o‘rganish orqali Mullo Muhammad Amin, Mullo Muhammad Yusuf, Avaz Muhammad, Mullo Muhammad Nodir kabi muqovasozlarning aniqlangan nomlari va ularning o‘z maktablarini yaratganliklari haqidagi yangiliklardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi “Buyuk allomalar muzeyi”ning Qo‘qon allomalari bo‘limiga oid eksponat va materiallarni keng yoritishda va takomillashtirishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2023-yil 3-oktyabrdagi 02-06/3525-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar muzeyda faoliyati yoritilgan qo‘qonlik allomalarning ilmiy merosiga oid qaydlarni yangi ma’lumotlar bilan boyitishga xizmat qilgan. Shuningdek, muzeyga tashrif buyuruvchilarda Qo‘qon xonligi madaniy hayoti, ayniqsa, qo‘lyozma kitoblar ko‘paytirish bilan bog‘liq jarayonlar xususida aniq tasavvurga ega bo‘lish imkonini bergan;
xonlik davrida yaratilgan 300 ga yaqin kitoblar tili va sohalari kesimida tasnif etilishi natijasida ularning yaratilishida ishtirok etgan 100 dan ziyod hunarmandlarning aniqlangan nomlari, kitobat ishining mamlakat iqtisodiyotida tutgan muhim o‘rni, xazinaga tushadigan soliq tushumlariga hamda ichki va tashqi savdoda qog‘oz, ipak, teri, rang-bo‘yoq mahsulotlari aylanmasiga ko‘rsatgan ta’siri haqidagi yangiliklardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi “Buyuk allomalar muzeyi”ning Qo‘qon allomalari bo‘limiga oid eksponat va materiallarni keng yoritishda va takomillashtirishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2023-yil 3-oktyabrdagi 02-06/3525-son ma’lumotnomasi). Natijada, muzeyga tashrif buyuruvchilarning Qo‘qon xonligi davri qo‘lyozma kitoblari va kutubxonalar faoliyatiga doir bilim va tasavvurlarini yanada boyitishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish