Filippov Olgerd Aleksandrovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bilimlarni raqamlashtirish va pragmatlashtirish sharoitlarida oliy ta’limning gnoseologik konsepsiyasi (ijtimoiy-falsafiy tahlil)”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fal918
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Safarova Nigora Olimovna, falsafa fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Choriev Sanjar Anvarovich, falsafa fanlari doktori, professor; Isaeva Dilbar Abdukadirovna, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi globallashuv jarayonlarida bilimlarni raqamlashtirish va pragmatizatsiya qilish sharoitida milliy oliy ta’limni yanada rivojlantirishning konseptual asoslarini aniqlashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim konsepsiyasinining ijtimoiy, iqtisodiy, tarixiy va mafkuraviy omillarini funksional va institutsional tahlil etish asosida uning iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirish, ijtimoiy tizim sifatida tavsiflash va nazorat qilish kabi kognitiv xususiyatlari, “ijtimoiy lift” omili, shaxsiy rivojlanish resursi, raqobatbardoshlik, bozor sharoitlariga moslashish kabi evristik imkoniyatlari aniqlashtirilgan;
globallashayatgan transformatsiya sharoitlarida oliy taʼlimni modifikatsiyalash va raqamlashtirishning polimorfizm (texnologiyalar, yondashuvlar, o‘qitish tamoyillari va ta’lim resurslari), personalizatsiya (individual ta’lim traektoriyalarini shakllantirish, akademik harakatchanlik va binar ta’lim), asinxronizatsiya (birgalikda va individual ravishda ta’lim resurslariga kirish imkoni), massifikasiya va demassifikatsiya (o‘zaro aloqadorlik, liberallashtirish, fan, texnika va iqtisodiyotni rivojlantirish), minimallashtirish (yuqori ixtisoslashgan, foydali xususiyatga ega bilimlarni berish), markazsizlashtirish (ta’limni ommaviylashtirish) kabi xususiyatlari sabab va oqibat dialektikasi asosida ochib berilgan;  
milliy oliy ta’lim konsepsiyasini yanada isloh qilishning iqtisodiy (tijoratlashtirish, xizmat ko‘rsatish) omillari ta’limning sotsial-madaniy va aksiologik tamoyillarini inkor etishi, uning institutsional ahamiyatini o‘zgartirishi, siyosiy (xalqaro integratsiyalashuv, ta’lim-tarbiya tizimini shakllantirish) omili taʼlim siyosatidagi davlat manfaatlari bilan bogʻliq ekanligi, ilmiy tadqiqotlarni standartlashtirish, konseptual o‘ziga xosligi va raqobatbardoshligiga salbiy ta’sir etishi ochib berilgan;
raqamlashtirish va pragmatlashtirish sharoitlarida oliy ta’limni isloh qilishning kuchli modernizatsiya (mehnat bozori ehtiyojlarini qondirish, ta’lim xizmatlarini ommaviylashtirish, innovatsion kadrlar tayyorlash), hududiy yetakchilikka erishish (eksperimental va loyihaviy faoliyatini faollashtirish, uzlyuksiz ta’lim tizimini rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarida yetakchilikni ta’minlash), kognitiv jamiyatning shakllanishi (akademik erkinlik va ta’limdagi byurokratiyaga barham berish, ta’lim klasterlarini shakllantirish) kabi modellari aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bilimning raqamlashtirilishi va pragmatiklashuvi sharoitlarida oliy ta’lim gnoseologik konsepsiyasining ijtimoiy-falsafiy tahlilini amalga oshirish borasida olingan tadqiqot ishi natijalari asosida:
oliy ta’lim konsepsiyasinining ijtimoiy, iqtisodiy, tarixiy va mafkuraviy omillarini funksional va institutsional tahlil etish asosida uning iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirish, ijtimoiy tizim sifatida tavsiflash va nazorat qilish kabi kognitiv xususiyatlari, “ijtimoiy lift” omili, shaxsiy rivojlanish resursi, raqobatbardoshlik, bozor sharoitlariga moslashish kabi evristik imkoniyatlariga doir ilmiy-amaliy takliflar va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va Ma’rifat Markazining 2022-2023 -yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida, jumladan 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining IV yo‘nalishida belgilangan “Vatanparvarlik tuyg‘ularini rivojlantirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari” 18-bandi “Yoshlarda yuksak vatanparvarlik, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini rivojlantirish, harbiylar, vatan himoyachilariga hurmat uyg‘otish, Vatanni himoya qilishni eng sharafli bursh ekanligini keng targ‘ib qilish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlami yo‘lga qo‘yish” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil 6-oktyabrdagi 01/01-2731-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh avlod tafakkurida ta’limni sifat jihatdan yuqori darajaga ko‘tarish va yoshlar qalbiga singdirishda yangicha texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy sohadagi tadbirlarini amalga oshirishda targ‘ibotchilar uchun uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
globallashayatgan transformatsiya sharoitlarida oliy taʼlimni modifikatsiyalash va raqamlashtirishning polimorfizm (texnologiyalar, yondashuvlar, o‘qitish tamoyillari va ta’lim resurslari), personalizatsiya (individual ta’lim traektoriyalarini shakllantirish, akademik harakatchanlik va binar ta’lim), asinxronizatsiya (birgalikda va individual ravishda ta’lim resurslariga kirish imkoni), massifikasiya va demassifikatsiya (o‘zaro aloqadorlik, liberallashtirish, fan, texnika va iqtisodiyotni rivojlantirish), minimallashtirish (yuqori ixtisoslashgan, foydali xususiyatga ega bilimlarni berish), markazsizlashtirish (ta’limni ommaviylashtirish) kabi xususiyatlariga oid ilmiy yangilik va amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasining 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturidagi "IV. Ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, mamlakatda ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh etishning ustuvor yo‘nalishlari"dagi vazifalarda belgilangan ragtiua tizimidagi xodimlarning siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, o‘quv-uslubiy hamda mafkuraviy targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2023-yil 25-sentyabrdagi 02/02-57-son ma’lumotnomasi). Natijada, partiya a’zolari va xodimlarining siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy savodxonligini oshirish, mamlakatda ta’lim va tarbiya tizimini tubdan o‘zgartirish, zamonaviy oliy ta’lim tizimini rivojlantirish sohasidagi o‘quv-uslubiy va g‘oyaviy-ma’rifiy, global integratsion jarayonlarning muammolariga qarshi kurash, kadrlar tayyorlash milliy tizimining raqobatbardoshligini shakllantirish haqidagi yangi ilmiy ma’lumotlar bilan boyitishga xizmat qilgan;
milliy oliy ta’lim konsepsiyasini yanada isloh qilishning iqtisodiy (tijoratlashtirish, xizmat ko‘rsatish) omillari ta’limning sotsial-madaniy va aksiologik tamoyillarini inkor etishi, uning institutsional ahamiyatini o‘zgartirishi, siyosiy (xalqaro integratsiyalashuv, ta’lim-tarbiya tizimini shakllantirish) omili taʼlim siyosatidagi davlat manfaatlari bilan bogʻliq ekanligi, ilmiy tadqiqotlarni standartlashtirish, konseptual o‘ziga xosligi va raqobatbardoshligiga salbiy ta’sir etishiga doir ilmiy xulosalar va takliflardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyatining 2023-yil iyun va sentyabr oylarida efirga uzatilgan “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim va taraqqiyot“ dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 26-sentyabrdagi 02-36-1453-son ma’lumotnomasi). Natijada, davlat taraqqiyotida oliy ta’lim konsepsiyasining ahamiyatiga oid ma’lumotlami aniq va ishonchli tarzda keng jamoatchilikka etkazib berish imkoniyatini yanada oshirishga, oliy ta’limni rivojlantirishning konseptual asoslari va istiqbollarini belgilashda, teledasturlarning sifati, mazmuni va samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan;
raqamlashtirish va pragmatlashtirish sharoitlarida oliy ta’limni isloh qilishning kuchli modernizatsiya (mehnat bozori ehtiyojlarini qondirish, ta’lim xizmatlarini ommaviylashtirish, innovatsion kadrlar tayyorlash), hududiy yetakchilikka erishish (eksperimental va loyihaviy faoliyatini faollashtirish, uzlyuksiz ta’lim tizimini rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarida yetakchilikni ta’minlash), kognitiv jamiyatning shakllanishi (akademik erkinlik va ta’limdagi byurokratiyaga barham berish, ta’lim klasterlarini shakllantirish) kabi modellariga oid nazariy umumlashmalar va ilmiy xulosalardan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida bajarilgan PZ-2020103078-son “Dorul hikmat va maorif”, Xiva shahridagi zamonaviy virtual muzeyni yaratish bo‘yicha amaliy loyihada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialining 2024-yil 1-maydagi 477-son ma’lumotnomasi). Natijada, virtual universitetning ekspozisiyalari oliy ta’lim konsepsiyalarining evolyusiyasi asosida shakllantirilgan, globallashuvning tadqiq qilingan jarayonlari va uning ta’limga ta’siriga doir ko‘rgazmalarni bayon etishda metodologik asos vazifasini o‘tagan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish