Maxkamov Trobjon Xusanboevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston invaziv florasi: zamonaviy holati, ayrim turlarining bioekologik hususiyatlari va ularga qarshi kurash usullari”, 03.00.10 - Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.DSc/B204.
Ilmiy maslahatchi: Yuldashev Akramjon Sultanmuradovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/27.02.2020.B.01.15
Rasmiy opponentlar: Alimjanova Xolisxon Alimjanovna, biologiya fanlari doktori, professor; Mavlonov Xudargan, biologiya fanlari doktori, professor; Ajiev Alisher Baxtibaevich, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston adventiv florasining taksanomik tarkibini, invazivlik maqomini aniqlash, ayrim agressiv invaziv o‘simliklarning muvaffaqiyatli tarqalish sabablarini ilmiy asoslash va qarshi kurash usullarini ishlab chiqish, tarqalish areallari va ekologik makonlarini aniqlash hamda web-sahifasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekiston florasida 252 turdagi adventiv o‘simliklar mavjudligi aniqlangan. Adventiv turlarni introduksiya-tabiiylashish-invaziya kontiniumi bo‘yicha yashash holati hamda O‘zbekiston florasining 252 ta adventiv o‘simliklardan 31 ta (12,3%) tur tasodifan uchragan, 177 ta (70,2%) tur tabiiylashgan va 44 ta (17,5%) tur invaziv turlar ekanligi aniqlangan;
ilk bor O‘zbekiston florasi uchun yangi, avval qayd etilmagan Tragopogon graminifolius DC. (Asteraceae), Ranunculus sardous Grantz. (Ranunculaceae), Anthriscus caucalis M. Bieb. (Apiaceae), Cynosurus echinatus L. (Poaceae) kabi invaziv o‘simlik turlari aniqlangan;
O‘zbekiston adventiv florasini hayotiy shakli bo‘yicha tahlil qilinganda, eng yuqori ko‘rsatgichni bir yillik hayotiy shaklga ega turlar namoyon etib, boshqa hayotiy shakllardan 2 (ko‘p yillik), 6 (ikki yillik), 18 (daraxt) va 36 (yarim buta, buta) barobar ko‘p ekanligi ilmiy asoslangan;
O‘bekiston florasining adventiv turlarining tabiiy kelib chiqish hududlari bo‘yicha tahlili natijasida kelib chiqish qit'asi va turlarning bostirib kirish holati o‘rtasida bog‘liqlik mavjudligi (x2 = 18,3, df = 5, P <0,05) hamda invaziv turlar asosan O‘zbekiston florasiga tropik va mo‘tadil Osiyo (201 ta), Evropa (154), Afrika (124), Shimoliy (43) va Janubiy (32) Amerika hududlaridan kirib kelganligi isbotlangan;
adventiv turlarning ekologik makonlari bo‘yicha tahlillar shuni ko‘rsatdiki, turlarning aksariyati qishloq ho‘jaligi (204 tur, ya’ni barcha qayd etilganlarning 81,3%) va ruderal (164 tur, ya’ni 65,1%) hududlar bilan bog‘liq, qirg‘oqlar yoki sohilbo‘yi yashash joylari (68 tur, ya’ni 27,1%) va yaylovlar yoki o‘tloqlar (41 tur, ya’ni 16,3%) ham yaxshi ifodalangan bo‘lib, boshqa yashash joylarining mamlakatning invaziv florasiga qo‘shgan hissasi 10% dan oshmasligi isbotlangan;
O‘zbekiston florasida invazivlik maqomiga ko‘ra yuqori ko‘rsatkich bilan baholangan, ya’ni 11-13 ball olgan o‘simliklar 44 ta turni tashkil etishi aniqlangan;
eng agressiv invaziv turlarning uchrash darajasi (UD), barqarorlik ko‘rsatkichlari (BK) va ekologik–fitotsenotik xususiyatlari (EFX) bo‘yicha invazivlik maqomi baxolangan, Bidens frondosa L. (UD=4, BK=6, EFX=2) 12 ball, Xanthium orientale L. (UD=4, BK=6, EFX=2) 12 ball, Erigeron canadensis L. (UD=4, BK=6, EFX=2) 12 ball, Ailanthus altissima (Mill.) Swingle (UD=4, BK=6, EFX=2) 12 ball, Acer negundo L. (UD=4, BK=6, EFX=3) 13 ball, Berberis japonica (Thunb.) Spreng (UD=4, BK=6, EFX=3) 13 ball, Robinia pseudoacacia L. (UD=4, BK=6, EFX=3) 13 ballni tashkil etib, tabiiy floraga bostirib kirish xavfi yuqoriligi ochib berilgan;
ayrim agressiv invaziv (Bidens frondosa L., Xanthium orientale L., Ailanthus altissima (Mill.) Swingle) o‘simliklarning muvaffaqiyatli tarqalish sabablari ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘zbekiston invaziv florasi: zamonaviy holati, ayrim turlarining bioekologik hususiyatlari va ularga qarshi kurash usullari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
invaziv va karantin o‘simliklarga qarshi qo‘llanilgan Glifosat MSF 75,6%, s.e.g. gerbisid bilan ishlov berish ishlanmasi Toshkent viloyati Quyi chirchiq tumanidagi er maydonlarda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 4 dekabrdagi 07/22-05/6205-son ma’lumotnomasi). Natijada, preparat qo‘llanilgandan keyingi 45 kunda kakraga nisbatan 84,5%, ittikanak invaziv o‘simlikga nisbatan 91%, zarpechakka nisbatan 86,3% va qo‘ytikan invaziv o‘simlikga nisbatan 89,3% biologik samaradorlik ko‘rsatgan. Glifosat original 75,6%, s.e.g. gerbisidi kakraga nisbatan 70,3%, ittikanakga nisbatan 86,6%, zarpechakka nisbatan 84,6% va qo‘ytikanga nisbatan 87,6% biologik samaradorlik ko‘rsatgan va undan samarali foydalanish imkonini bergan;
invaziv va karantin o‘simliklarga qarshi qo‘llanilgan Glifosat MSF 75,6%, s.e.g. gerbisid bilan ishlov berish ishlanmasi Buxoro viloyati Romiton tumanidagi er maydonlarda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 4 dekabrdagi 07/22-05/6205-son ma’lumotnomasi). Natijada, preparat qo‘llanilgandan keyingi 45 kunda kakraga nisbatan 80,3%, ittikanak invaziv o‘simlikga nisbatan 92,6%, zarpechakka nisbatan 84,3% va qo‘ytikan invaziv o‘simlikga nisbatan 87,3% samaradorlik ko‘rsatgan. Glifosat orginal 75,6%,s.e.g. gerbisidi kakraga nisbatan 72,6%, ittikanakga nisbatan 84,6%, zarpechakka nisbatan 82,6% va qo‘ytikanga nisbatan 88,6% biologik samaradorlikka erishish imkonini bergan;
invaziv va karantin o‘simliklarga qarshi qo‘llanilgan Glifosat MSF 75% preparatini Surxondaryo viloyati Angor tumanida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2023 yil 4 dekabrdagi 07/22-05/6205-son ma’lumotnomasi). Natijada, er maydonlarda gektariga 3,0 kg me’yorida qo‘llash ishlanmasi tajribaning 60-kunida qo‘ytikan begona o‘tiga nisbatan 89,6%, ittikanak invaziv o‘simligiga nisbatan 91,2%, zarpechak begona o‘tiga nisbatan 94,2%, kakra begona o‘tiga qarshi 92,3% biologik samaradorlikka erishish imkonini bergan.