Miryusupova Nargiza Shavkatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarining kvalitologik kompetentligini rivojlantirish”, 13.00.07 – Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5354.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
Ilmiy rahbar: Agrippina Vasilevna Shin, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped 80.01.
Rasmiy opponentlar: Baybaeva Muxayyo Xudoybergenovna pedagogika fanlari doktori (DSc), Eshpo‘latov Komil Abdusalomovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarining kvalitologik kompetentligini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarining kvalitologik kompetentligini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari rahbarlarni aktual va professional o‘sishga kreativ yondashish orqali tizimli yo‘naltirish hamda ta’lim jarayonlaridagi o‘zgarishlarga moslashuvchanlikni monitoringini samarali amalga oshirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish asosida aniqlashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarining kvalitologik kompetentligining tarkibiy tuzilmasi ta’lim sifatini boshqarish jarayonida sifatni kompleks baholash, rivojlantirish va optimallashtirish kabi ta’lim kvalitologiyasining tashkiliy va strukturaviy komponentlarini kiritish orqali takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining kvalitologik kompetentligini rivojlantirishning tuzilmaviy modeli motivatsion-tashxisli, mazmunli-faoliyat va texnologik komponentlarni uzviyligi simulyasiyasini ta’lim natijalariga ko‘ra uyg‘unligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarining kvalitologik kompetentligini rivojlanganlik darajasini aniqlash mezonlari o‘z-o‘zini baholashning intellektual refleksiyasining shakllanganligiga ko‘ra faoliyatni baholash ko‘rsatkichlarni maqsadli aniqlash orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining kvalitologik kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida:
maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarining kvalitologik kompetentligini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari rahbarlarni aktual va professional o‘sishga kreativ yondashish orqali tizimli yo‘naltirish hamda ta’lim jarayonlaridagi o‘zgarishlarga moslashuvchanlikni monitoringini samarali amalga oshirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqishga oid taklif va tavsiyalar asosida “Maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarining kvalitologik kompetentligini shakllantirish yoʻllari” nomli o‘quv moduli kiritilgan (Maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 5-iyundagi 03-186-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlari malakasini oshirish tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan;
maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarining kvalitologik kompetentligining tarkibiy tuzilmasi ta’lim sifatini boshqarish jarayonida sifatni kompleks baholash, rivojlantirish va optimallashtirish kabi ta’lim kvalitologiyasining tashkiliy va strukturaviy komponentlarini kiritishga oid takliflaridan Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyatini takomillashtirishga oid huquqiy-meyoriy hujjatlar loyihasini tayyorlashda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 5-iyundagi 03-186-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlari malakasini oshirish kurslari sifatini oshirishga xizmat qilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining kvalitologik kompetentligini rivojlantirishning tuzilmaviy modeli motivatsion-tashxisli, mazmunli-faoliyat va texnologik komponentlarni uzviyligi simulyasiyasini ta’lim natijalariga ko‘ra uyg‘unligini ta’minlash orqali takomillashtirishga oid tavsiyalar Maktabgacha ta’lim agentligi faoliyatoda foydalanilgan (Maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 5-iyundagi 03-186-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarining kvalitologik kompetentligini rivojlantirish sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.