Saidov Akmaljon Akramovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hayvonlar brusellyozining diagnostika vositalarini takomillashtirish”, 16.00.03 – Veterinariya mikrobiologiyasi, virusologiyasi, epizootologiyasi, mikologiyasi, mikotoksikologiyasi va immunologiyasi (Veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/V98.
Ilmiy rahbar: Ruzimurodov Muxiddin Axrorovich, veterinariya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti, PhD06/29.10.2021.V.139.01.
Rasmiy opponentlar: Xamdamov Xabibulo Ablokulovich, veterinariya fanlari doktori, professor; Mamatova Zamira Baratovna, veterinariya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Davlat Agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi chorvachilik sohasiga va insonlar sog‘lig‘iga katta zarar etkazadigan hayvonlarning keng tarqalgan brusellyozning epizootik va epidemik holatini tahlil qilish, yangi, mahalliy diagnostika vositalarini yaratish, ishlab chiqarish va amaliyotga tadbiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor Jizzax, Toshkent va Samarqand viloyatlari chorvachilik xo‘jaliklarida brusellyoz kasalligi bo‘yicha epizootik holat tahlil qilinib, mahalliy diagnostikum va reaktivlardan foydalanish asosida ularning qiyosiy tavsiflari berilgan.
O‘zbekistonda birinchi marta RBT, AR, KBR va KUBR uchun mahalliy reagentlar - standart ijobiy va salbiy zardoblar, texnologiyalar transferi asosida IFT (ELISA) to‘plami ishlab chiqilib, ularning maxsusligi va faolligi o‘rganilgan va immunizatsiya sxemalari hamda ularni liofilizatsiya parametrlari ishlab chiqilgan.
Virulentligi har xil bo‘lgan brusellalarning turlari va shtammlarini qiyosiy o‘rganish natijasida mahalliy B.abortus 104MUZ, VI-biotipi eng yuqori agglyutinogen va eng past virulent xususiyatlarga ega ekanligi aniqlangan va shundan kelib chiqib, ushbu shtamm ishlab chiqarish shtammi sifatida standart diagnostik zardoblarni tayyorlash va ishlab chiqarish uchun tanlab olingan.
Mahalliy diagnostikum va reagentlardan foydalanib o‘tkazilgan kompleks serologik va bakteriologik tekshirishlarda serologik testlarda kasallikni aniqlash va nazorat uchun qo‘llangan antigen va reagentlari (P/z va N/z) o‘zbek analoglarining samaradorligi (RBP va RA uchun - 100 foizgacha, IFT uchun esa – 91 foizgacha) yuqoriligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda hayvonlarda brusellyoz diagnostikani qo‘yish maqsadida XEBning xalqaro tavsiyalarini inobatga olgan holda «Hayvonlar brusellyoz kasalligining diagnostikasi bo‘yicha ilmiy asoslangan TIZIM» ishlab chiqilgan va joriy etilgan. Hayvonlar brusellyozining serologik diagnostikasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
O‘zbekistonda ilk bor yaratilgan “Brusellyoz IgG-IFA” to‘plami Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat Qo‘mitasi tomonidan 2022-yil 28-iyulda VP-001333-22 reestr raqami bilan davlat ro‘yxatiga olingan. 110 ta «Brusellyoz IgG-IFA» to‘plami ishlab chiqarilgan. Ushbu IFT to‘plamlari 440,0 mln.so‘mga Respublika tashxis markazlariga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 18-martdagi 02/23-180-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyat tashxis markazlarida hayvonlar brusellyoziga kompleks, ju jumladan, IFT orqali malkali tashxis qo‘yishga erishilgan.
Samarqand Davlat Veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti olimlari ishtirokida «Metodi diagnostiki brusellyoza jivotnix s ispolzovaniem IFA» uslubiy qo‘llanmasi ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 18-martdagi 02/23-180-son ma’lumotnomasi). Natijada universitet talabalari va veterinariya mutaxassislari uchun hayvonlar brusellyozi diagnostikasini amaliyotda takomillashtirishga xizmat qilgan;
«Xo‘jaliklarda qoramollarni parvarishlash va ularda olib boriladigan veterinariya-sanitariya tadbirlari bo‘yicha qo‘llanma» ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 18-martdagi 02/23-180-son ma’lumotnomasi). Natijada chorvachilik yo‘nalishidagi fermer va aholi shaxsiy xo‘jaliklarida brusellyozning yashirin shakllarini aniqlash imkoni ko‘payshiga erishilgan.
Gemolizin, komplement reagentlari va diagnostik zardoblarni respublikada ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish - RBT hamda AR bilan bir qatorda brusellyozning surunkali shakllarini aniqlash uchun KBR va B.ovis shtammi yoki qo‘chqorlarning yuqumli epididimitiga sabab bo‘ladigan brusellyozni diagnostikasi uchun qo‘llaniladigan KUBRni laboratoriya amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024-yil 18-martdagi 02/23-180-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, hayvonlar brusellyozi uchun qo‘llaniladigan diagnostik testlar ko‘lamini kengaydi va kasallikning tarqalishi oldi olindi, hayvonlardan olingan chorvachilik mahsulotlarining (sut, sut mahsulotlari, go‘sht va go‘sht mahsulotlari) zararsizligini ta’minlandi, shuningdek, odamlarning ushbu infeksiyani yuqtirib olish xavfi keskin kamaydi.