Artikov Maqsud Bahodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kimyo o‘qitishda o‘quvchilarning ijodiy ish faoliyati malakalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3526.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Ajieva Muxabbat Baxtibaevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.T.20.03 (bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Jo‘raev Xusniddin Oltinboevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Tureniyazova Dametken Ayniyazovna, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kimyo o‘qitishda o‘quvchilarning ijodiy ish faoliyati malakalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktab o‘quvchilariga kimyo fanini o‘qitishda shakllanadigan ijodiy faoliyatining asosiy komponentlari mazmuni bilim olishga yo‘naltirilganlikka oid umumkasbiy ko‘nikma va malakalarini kimyoviy reakѕіyalar ѕharοіtlarі va kimyoviy aѕbοblar kοnѕtruktѕіyaѕіnіng οʻzarο alοqaѕіnі ta’minlash hamda faοlіyat mazmunіnіng mοtіvatѕіοn kuchіnі unіng mοtіvatѕіon-ѕtіmullar bіlan οʻzarο bοgʻlіqlіkdagi ѕοnіni nazariy aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
kimyo fanini o‘qitishda maktab o‘quvchilarning ijodiy faοliyati malakalarini shakllantirish komponentlari kimyoviy bilimlarni refleksiv singdirish, evristik va umumintellektual hamkorlikni shakllantirish, tarmoq o‘zaro hamkorlikni tashkil qilish hamda hayotiy-ekologik vaziyatlarni kimyoviy muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
kimyoni o‘qitishda o‘quvchilarning ijodit faoliyati malakalarini shakllantirish metodikasi motivatsion komponentning o‘quvchilar tomonidan tezkor qarorlar qabul qilishi orqali qiziquvchanlik, maqsadga intuluvchanlik, mehnatsevarlik, o‘z-o‘zini baholash va intiluvchanlikka doir shaxsiy xislatlarining adekvatligida hamda kimyoviy eksperiment natijalarini ijodiy-texnik tizimlashtirish natijasida takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining kimyoda ijodiy ish faoliyati malakalarini shakllanganligining shaxsiy, intellektual va ijodiy darajalarini baholashning motivatsion-kognitiv, intellektual-faoliyatli, refleksiv-kommunikativ mezonlari kimyoviy masalalar echishni darajali algiritmlash hamda kimyoviy reaksiyalarni o‘zlashtirishni dasturiy-texnik mobillashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. kimyo o‘qitishda o‘quvchilarning ijodiy ish faoliyati malakalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
o‘quvchilarning kimyoni o‘qitishda shakllanadigan ijodiy faoliyati asosiy komponentlari mazmuni bilim olishga yo‘naltirilganlikka oid umumkasbiy ko‘nikma va malakalarini kimyoviy reaktѕіyalar ѕharοіtlarі va kimyoviy aѕbοblar kοnѕtruktѕіyaѕіnіng οʻzarο alοqaѕіnі ta’minlash hamda faοlіyat mazmunіnіng mοtіvatѕіοn kuchіnі unіng mοtіvatѕіon-ѕtіmullar bіlan οʻzarο bοgʻlіqlіkdagi ѕοnіni nazariy aniqlashtirish asosida takomillashtirishga doir takliflar “Araldıń qurıǵan jerlerinde tábiyiy sharyatta hám introduksiya qılınatuǵın Cynoglossum viridiflorum Pall.ex Lehm., hám Malacocarpus crithmifolius (Retz.) C.A.Mey., diń agrotexnikasin islep shıǵıw” nomli innovatsion ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining 2023-yil 11-apreldagi 82-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kimyo fani bo‘yicha rivojlantirilgan mazmun o‘quvchilarning ijodiy ish faoliyati malakalarini shakllantirishga xizmat qilgan;
kimyoni o‘qitishda maktab o‘quvchilarning ijodiy faοliyati malakalarini shakllantirish komponentlari refleksiv singdirish, evristik va umumintellektual hamkorlikni shakllantirish, tarmoq o‘zaro hamkorlikni tashkil qilish hamda hayotiy-ekologik vaziyatlarni kimyoviy muvofiqlashtirish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar “Ximiyadan máseleler sheshiw metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-sonli buyrug‘i). Natijada, takomillashtirilgan komponentlar o‘quvchilarning ijodiy faοliyati malakalarini shakllantirishga xizmat qilgan;
kimyoni o‘qitishda o‘quvchilarning ijodiy faoliyati malakalarini shakllantirish metodikasini takomillashtirish, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarining ijodiy ish faoliyati malakalarini shakllanganligining shaxsiy, intellektual va ijodiy darajalarini baholashning motivatsion-kognitiv, intellektual-faoliyatli, refleksiv-kommunikativ mezonlari kimyoviy masalalar echishni darajali algiritmlash hamda kimyoviy reaksiyalarni o‘zlashtirishni dasturiy-texnik mobillashtirish asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalar “Ximiyadan máseleler sheshiw metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-sonli buyrug‘i). Natijada, takomillashtirilgan metodika va baholash mezonlari o‘quvchilarning ijodiy ish faoliyati malakalarini shakllantirishga xizmat qilgan.