Bakirova Xilolaxon Botiralievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz tili darslarida bo‘lajak muxandislarning leksik kompetensiyasini rivojlantirish (energetika sohasi terminlari misolida)”, 13.00.02– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped2416.
Ilmiy rahbar: Xashimova Dildorxon Urinbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar universiteti, PhD.03/07.06.2024.Ped.27.02
Rasmiy opponentlar: Sobirova Gulnoza Sadikovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Xoliyorov Bunyod Husanovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik–texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tili darslarida bo‘lajak muhandislarning leksik kompetensiyasini kontentga asoslangan yondashuv asosida rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
energetika mutaxassisligi bo‘yicha ingliz tili o‘qitish mazmuni kontentga asoslangan yondashuvga ko‘ra rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim mazmuni modeli ingliz tilini bo‘lajak muhandislarga o‘qitishda terminologik kompetentlikni terminologik nutq yaratishdagi leksik kompetensiyaning assotsiativ komponenti etaloni bo‘lgan akademik fanlar kontentiga ustunlik berish asosida ishlab chiqilgan;
bo‘lajak muhandislarning leksik kompetensiyani rivojlantirishga yo‘naltirilgan leksik minimum kontentga asoslangan yondashuv prototip modeli Theme based Instructions va kontentga ko‘ra tanlash tamoyili asosida ingliz tili va energetika mutaxassisligiga oid kontentni integratsiya qilish orqali aniqlangan;
energetika sohasi terminlarini o‘zlashtirishdagi terminlarning funksional xususiyatlariga ko‘ra interferension va transpozision nuqtalarda o‘zlashtirish darajasi yuqori va past bo‘lgan terminlarga ajratish asosida metodik tipologiyalangan qiyinchiliklar informatsion, operatsion va kommunikativ mashqlar tizimi orqali bartaraf etilishi dallillangan;
terminlarni o‘qitishning didaktik ta’minoti samaradorligi TTT, PPP, CAPE metodlarining leksik kompetensiyani bosqichma-bosqich shakllantirish xususiyatilariga asosan tadbiq etilgan pre-test va post-testlarda erishilgan noanalogik natijalaridagi differensial tafovutni ko‘rsatishi orqali isbotlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tili darslarida bo‘lajak muxandislarning leksik kompetensiyasini rivojlantirish (energetika sohasi terminlari misolida) mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
energetika mutaxassisligi bo‘yicha ingliz tili o‘qitish mazmuni kontentga asoslangan yondashuvga ko‘ra rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim mazmuni modeli ingliz tilini bo‘lajak muhandislarga o‘qitishda terminologik kompetentlikni terminologik nutq yaratishdagi leksik kompetensiyaning assotsiativ komponenti etaloni bo‘lgan akademik fanlar kontentiga ustunlik berish hamda bo‘lajak muhandislarning leksik kompetensiyani rivojlantirishga yo‘naltirilgan leksik minimum kontentga asoslangan yondashuv prototip modeli Theme based Instructions va kontentga ko‘ra tanlash tamoyili asosida ingliz tili va energetika mutaxassisligiga oid kontentni integratsiya qilish orqali aniqlanganligiga oid takliflar №IOT-2021-2023 “Sanoat korxonalarining energiya iste’moli monitoringi uchun avtomatlashtirilgan dasturiy mahsulot yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 24-martdagi 049-14-908-son ma’lumotnomasi). Natijada leksik kompetensiyani rivojlantirishga yo‘naltirilgan leksik minimumni kontentga asoslangan yondashuv tamoyillariga muvofiq takomillashtirishga oid nazariy xulosalar yordamida loyiha doirasida yaratilgan dasturiy mahsulotning ingliz tilidagi interfeyslari mazmunini boyitgan;
energetika sohasi terminlarini o‘zlashtirishdagi terminlarning funksional xususiyatlariga ko‘ra interferension va transpozision nuqtalarda o‘zlashtirish darajasi yuqori va past bo‘lgan terminlarga ajratish asosida metodik tipologiyalangan qiyinchiliklar informatsion, operatsion va kommunikativ mashqlar tizimi orqali bartaraf etilishi dallillanganligiga oid takliflar “Foreign Language for 3rd ear power engineering studens” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 13-maydagi 166-sonli buyrug‘i, 166-298 raqamli guvohnomasi). Natijada o‘quv qo‘llanma bo‘lajak muhandis talabalarning leksik kompetensiyasini kontentga asoslangan yondashuv asosida rivojlantirish metodikasini informatsion (til, reseptiv), operatsion (nutq, reproduktiv) va kommunikativ (produktiv) mashqlar tipologiyasi asosida takomillashtirishga xizmat qilgan;
terminlarni o‘qitishning didaktik ta’minoti samaradorligi TTT, PPP, CAPE metodlarining leksik kompetensiyani bosqichma-bosqich shakllantirish xususiyatilariga asosan tadbiq etilgan pre-test va post-testlarda erishilgan noanalogik natijalaridagi differensial tafovutni ko‘rsatishi orqali isbotlanganligiga oid takliflar №A-3-82 "Qora metallurgiya korxonalarining elektrda po‘lat eritish pechlarida energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish usullari" nomli amaliy loyiha doirasida tayyorlangan “The current state of electrometallurgy in Uzbekistan” nomli monografiya mazmuni boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 24-martdagi 049-14-909-son ma’lumotnomasi). Natijada energetika mutaxassisligi bo‘yicha ingliz tili o‘qitish mazmunini boyitishda kontentga asoslangan yondashuvning maqsad va vazifalariga oid nazariy xulosalar chiqarishga imkoniyat yaratilgan.