Nig‘matova Shohsanam Nabijon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Konsultatsiya jarayonida o‘zini-o‘zi anglashning ijtimoiy psixologik xususiyatlari (Akademik lisey o‘quvchilari misolida)”, 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/P276.
Ilmiy rahbar: Tulyaganova Gulchehra Kuchkarovna, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.01.07.
Rasmiy opponentlar: Barotov Sharif Ramazonovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Mirashirova Nargiza Anvarovna, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi konsultasiya jarayonida o‘zini-o‘zi anglashning ijtimoiy psixologik xususiyatlarini ochib berish va uni shakllantirishga yoʻnaltirilgan psixologik mezonlarni tizimlashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
psixologik konsultasiya jarayonida konformlilik, ijtimoiy fasilitasiya, ijtimoiy ingibisiya kabi ijtimoiy psixologik fenomenlar maqsadlarni belgilash, vaziyatni tahlil qilish, rejalashtirish, o‘zini o‘zi boshqarish, irodaviy harakatlar, o‘zini o‘zi tashkil etishni faollashtirish orqali ijtimoiy ustanovkalarning kuchayishi aniqlangan;
psixologik konsultasiya jarayonida vaziyatni tahlil qilish, rejalash, o‘zini nazorat qilish kabi o‘zini-o‘zi anglash mezonlari tartiblashtirilishi natijasida o‘zini- o‘zi anglashning ijtimoiy psixologik xususiyatlari tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy- psixologik jabhalarga bogʻliq ravishda o‘ziga xoslik, ijtimoiy faollik, raqobatbardoshlik, voqelikka adekvat munosabat, o‘z-o‘zini adekvat baholash, o‘z o‘zini boshqarish kabi shakllari tizimli modulning muhim tarkiblari sifatida xizmat qilishi isbotlangan;
psixologik konsultasiya jarayonida o‘zini-o‘zin anglashning sifat darajasini belgilash yordamida amaliy psixologik faoliyat samaradorligining ijtimoiy psixologik jihatlari o‘rganilishi natijasida o‘zini-o‘zi tashkil etishning maqsadni belgilash, rejalashtirish, o‘zini-o‘zi tashkil etish darajalari kabi xususiyatlari, o‘z faoliyatini tashkil etishda qatiyatlilik sifatlari, "muvaffaqiyasizlikdan qochish" motivi va o‘zini adekvat baholash ustunlik qilishi aniqlangan;
psixologik konsultasiya jarayonida o‘zini o‘zi tashkil etish madaniyati o‘z- o‘zini tashkil qilayotgan ochiq tizim hisoblanishiga ko‘ra o‘zini-o‘zi anglashni takomillashtirishda “Men”ning anglanilganligi, o‘zini va boshqlarni ijtimoiy qabul qilish, o‘zini o‘zi adekvat baholash, o‘zini o‘zi boshqarish kabi shaxsiy zahiralarni jalb etish maqsadga muvofiqligi dalillangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: psixologik konsultatsiya jarayonida o‘zini-o‘zi anglashning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
psixologik konsultasiya jarayonida konformlilik, ijtimoiy fasilitasiya, ijtimoiy ingibisiya kabi ijtimoiy psixologik fenomenlar maqsadlarni belgilash, vaziyatni tahlil qilish, rejalashtirish, o‘zini o‘zi boshqarish, irodaviy harakatlar, o‘zini o‘zi tashkil etishni faollashtirish orqali ijtimoiy ustanovkalarning kuchayishi aniqlangan ayrim takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 3-maydagi PM-127-son buyrug‘i bilan «Pedagogik psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 10 maydagi PM-127-A-son ma’lumotnomasi). Natijada psixologik konsultatsiya jarayonida o‘z-o‘zini anglashning ijtimoiy- psixologik xususiyatlariga oid ilmiy adabiyotlar tahlili o‘tkazilgan;
psixologik konsultasiya jarayonida vaziyatni tahlil qilish, rejalash, o‘zini nazorat qilish kabi o‘zini-o‘zi anglash mezonlari tartiblashtirilishi natijasida o‘zini- o‘zi anglashning ijtimoiy psixologik xususiyatlari tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy- psixologik jabhalarga bogʻliq ravishda o‘ziga xoslik, ijtimoiy faollik, raqobatbardoshlik, voqelikka adekvat munosabat, o‘z-o‘zini adekvat baholash, o‘z o‘zini boshqarish kabi shakllari tizimli modulning muhim tarkiblari sifatida xizmat qilishi isbotlangan tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 3-maydagi PM-127-son buyrug‘i bilan «Pedagogik psixologiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 10 maydagi PM-127-A-son ma’lumotnomasi). Toshkent davlat pedagogika universiteti). Natijada psixologik konsultatsiya jarayonida o‘z-o‘zini anglashni shakllantirishga qaratilgan psixologik mezonlar tartibga solingan;
psixologik konsultasiya jarayonida o‘zini-o‘zin anglashning sifat darajasini belgilash yordamida amaliy psixologik faoliyat samaradorligining ijtimoiy psixologik jihatlari o‘rganilishi natijasida o‘zini-o‘zi tashkil etishning maqsadni belgilash, rejalashtirish, o‘zini-o‘zi tashkil etish darajalari kabi xususiyatlari, o‘z faoliyatini tashkil etishda qatiyatlilik sifatlari, "muvaffaqiyasizlikdan qochish" motivi va o‘zini adekvat baholash ustunlik qilishi aniqlanganligi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 3-maydagi PM-127-son buyrug‘i bilan «Psixologik xizmat» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 10 maydagi PM-127-A-son ma’lumotnomasi). Natijada, psixologik maslahat jarayonida psixologning o‘zini o‘zi anglash bo‘yicha faoliyatiga qo‘yiladigan kompetensiya talablari mazmunini aniqlash samaradorligi oshgan;
psixologik konsultasiya jarayonida o‘zini o‘zi tashkil etish madaniyati o‘z- o‘zini tashkil qilayotgan ochiq tizim hisoblanishiga ko‘ra o‘zini-o‘zi anglashni takomillashtirishda “Men”ning anglanilganligi, o‘zini va boshqlarni ijtimoiy qabul qilish, o‘zini o‘zi adekvat baholash, o‘zini o‘zi boshqarish kabi shaxsiy zahiralarni jalb etish maqsadga muvofiqligi dalillanganligi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 3-maydagi PM-127-son buyrug‘i bilan «Psixokorreksiya» moduliga kiritilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy Markazining 2024-yil 10 maydagi PM-127-A-son ma’lumotnomasi). Natijada, psixologik konsultatsiya jarayonida o‘z-o‘zini anglashni yaxshilashning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarining mezonlarini aniqlash mumkin bo‘lgan.