Isroilov Rustam Iskandarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Malakali gandbolchilarning qarshi hujum texnik harakatlari samaradorligini oshirish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashgʻulotlari, sogʻlomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped830.
Ilmiy rahbar: Abdalimov Odil Hamidullaevich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Tajibaev Soyibjon Samijonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Shelyagina Irina Nikolaevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi malakali gandbolchilarning texnik harakatlarini maxsus mashqlar yordamida takomillashtirish hisobiga ularning tezkor qarshi hujum samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
malakali gandbolchilarning musobaqa faoliyatidagi individual ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun o‘quv mashg‘ulot faoliyatidagi texnika va taktika samaradorligini oshirishga qaratilgan “Handball game efficiency” nomli texnik harakatlarni tanlash metodologiyasini ishlab chiqish hisobiga maqsadli tayyorlash imkoniyati oshirilgan;
taktik kombinatsiyalarni o‘zida mujassam etuvchi hujum harakatlari samaradorligini va malakali gandbolchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilgan tezkor-kuch namoyon bo‘lishidagi mushaklarning tez qisqarish xususiyatlarini qisqa vaqt ichida turli og‘irliklar bilan bajariladigan mashqlarni kiritish hisobiga ixtisoslashtirilgan mashqlar majmuasini qo‘llash bilan musobaqalarda raqib jamoasining zich qarshiligini engish imkoniyati oshirilgan;
musobaqa sharoitida malakali gandbolchilar tomonidan raqib jamoa qarshiligini engish uchun qarshi hujum harakatlarini (kombinatsiyalar uyg‘unligini oshirish uchun) guruhli va jamoaviy tarzda tashkil etish orqali to‘p bilan bajariladigan aldamchi harakatlarni qo‘llash samaradorligini oshirishga oid ishlab chiqilgan mashqlar majmuasini o‘quv-mashg‘ulot dasturiga kiritish hisobiga qarshi hujumdagi taktik kombinatsiyalarni samarali qo‘llash imkoniyatlari kengaytirilgan;
himoyadan tezkor qarshi hujumga o‘tish uchun maydonning qulay hududlarida tezkor harakatlanish va harakat yo‘nalishini (raqib himoya tizimini buzib kirish uchun) keskin o‘zgartirish hamda raqib jamoasining himoyadagi qarshiligini engish imkoniyatlari kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Malakali gandbolchilarning tezkor qarshi hujum tayyorgarligini takomillashtirish vositalarini qo‘llash asosida o‘quv-mashg‘ulot jarayonini tuzishda, nazariy va amaliy tavsiyalarga tayangan holda:
musobaqa faoliyatida gandbolchilarning hujum va himoya texnik-taktik harakatlarini baholash uchun “Handball game efficiency” kompyuter dasturidan foydalanishda tahlil natijalari asosida malakali gandbolchilarning musobaqa davrida o‘yin tayyorgarligini takomillashtirishga qaratilgan uslubiyatni qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston gandbol federatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan milliy terma jamoa o‘quv-mashg‘ulotlari jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 26-yanvardagi 02/01-01/06/13/599-son dalolatnomasi). Natijada, malakali gandbolchilarning hujum o‘yin tayyorgarligi 17,7% ga oshgan;
o‘yin vaqtida tezkor qarshi hujumlarni amalga oshirishga ta’sir etuvchi maxsus jismoniy tayyorgarlik unumdorligini oshirish vositalaridan foydalangan holda malakali gandbolchilarning tezkor-kuch va chidamlilik jismoniy sifatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi gandbol jamoasi mashg‘ulotlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 26-yanvardagi 02/01-01/06/13/599-son dalolatnomasi). Natijada, malakali gandbolchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligi 14,3%ga oshgan;
o‘quv-mashg‘ulot jarayonida hujum o‘yin tayyorgarligini takomillashtirish uchun alohida hujum turlariga (individual, guruhli va jamoaviy) tanlab ta’sir ko‘rsatuvchi mashqlarni mashg‘ulotlarga kiritish hisobiga malakali gandbolchilarni tayyorlash bo‘yicha takliflar Andijon olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi gandbol jamoasi o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 26-yanvardagi 02/01-01/06/13/599-son dalolatnomasi). Natijada, malakali gandbolchilarning qarshi hujumda taktik kombinatsiyalarni qo‘llash samaradorligi 10,8%ga oshgan;
malakali gandbolchilarning o‘quv-mashg‘ulot jarayoni boshqaruvini optimallashtirish maqsadida maxsus ishlab chiqilgan jismoniy, texnik, taktik va o‘yin tayyorgarliklarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan va qat’iy me’yorlashtirilgan yuklamalarni qo‘llash uslublari, musobaqa sharoitida bajariladigan mashq uslubidan foydalanish bo‘yicha takliflar “Gandbolni o‘rgatish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 1-martdagi 110-son buyrug‘iga asosan 110-189 raqamli guvohnoma). Natijada, O‘zDJSU gandbol ixtisosligi talaba gandbolchilarining jismoniy, texnik, taktik va o‘yin tayyorgarligi darajasi 15,4% ga oshgan.