Turgunov Nozimjon Abdumannopovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kirishma atomlari mikrobirikmalari hosil bo‘lishining fizik asoslari va ularning monokremniy xususiyatlariga ta’siri», 01.04.10–Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/FM114.
Ilmiy maslahatchi: Zaynabidinov Cirojiddin Zaynabidinovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.28.02.2018. FM/60.01.
Rasmiy opponentlar: Vaytkus Yuozas Yuozovich, fizika-matematika fanlari doktori, akademik; Zikrillaev Nurilla Fatxullaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Gulyamov Gofur, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kremniyda nikel`, marganes va kobal`t kirishma atomlarining presipitat va mikrobirikmalari hosil bo‘lish texnologik sharoitlarini, ularning morfologik tuzilishi va xususiyatlarini, tashqi omillar ta’sirida parchalanish kinetikasini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
3d-guruh elementlari atomlari bilan diffuziya usulida legirlangan kremniyda kirishma mikrobirikmalari va presipitatlari hosil bo‘lishining termodinamik muqarrarligi aniqlangan;
monokremniyda Ni, Co va Mn mikrobirikmalarining tuzilishi va kimyoviy tarkibi tajriba orqali aniqlangan va ilmiy asoslangan;
kirishma to‘plamlarining tarkibiy tuzilishi ularning o‘lchamlari va geometrik shakllariga bog‘liqligi, ya’ni o‘lchami katta to‘plamlar (>10-6 m) ko‘p qatlamli tuzilishga, kichiklari esa (<5×10-7 m), asosan, Ni, Co yoki Mn ning bir turdagi silisidlaridan tashkil topganligi va monoqatlamli tuzilishga ega ekanligi aniqlangan;
kremniy monokristallida turlicha tuzilish va shakldagi kirishma atomlari mikrobirikmalari va presipitatlari hosil bo‘lishining fizik mexanizmi aniqlangan;
kirishma mikrobirikmalari hajmida texnologik kirishmalar (masalan: Fe, Cr, Cu va boshqalar) atomlari mavjudligi hamda ularning mikrobirikmalar hajmi bo‘yicha ma’lum bir qonuniyat asosida taqsimlanishi aniqlangan;
Ni, Co yoki Mn bilan diffuziyali legirlangan kremniyda kuzatiluvchi yangi elektrik va fotoelektrik jarayonlarning mexanizmlari aniqlangan;
legirlangan kremniyda termik kuydirish, yuqori gidrostatik bosim, gamma va neytron nurlanishlarning ta’sirlari va ularning mohiyati aniqlangan;
legirlangan kremniy kristallidagi kirishma atomlari va ular mikrobirik- malarining termik ishlov, har tomonlama bosim va nurlanish ta’sirida mumkin bo‘lgan parchalanish mexanizmlari aniqlangan;
chuqur energetik sathlarning hosil bo‘lishi, elektr jihatdan faol bo‘lmagan atomlarning ikkinchi faza uyushmalari va ularning tashqi ta’sirlar ostida degradatsiyalanishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kirishma mikrobirikmalariga ega bo‘lgan kremniy monokristallining turli tashqi ta’sirlar ostidagi fizik parametrlariga bog‘liq holda elektrofizik xususiyatlarini boshqarish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yarimo‘tkazgich materiallar fizik xossalari va ular asosidagi asboblarning termik va radiatsiyaviy stabilligini oshirish imkonini beruvchi, oldindan berilgan darajada kompensirlangan kremniyni olishning optimal texnologik sharoitlarini aniqlashga oid tadqiqotlar natijalari «FOTON» aksionerlik jamiyatida ijobiy xarakteristikalarga ega yarimo‘tkazgichli asboblarni ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan («O‘zeltexsanoat» aksiyadorlik kompaniyasining 2018 yil 29 maydagi 02–1229-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish noan’anaviy kirishma atomlari bilan legirlangan kremniy asosida olingan diod va MDYa-strukturalar funksional imkoniyatlarini kengaytirish imkonini bergan;
kremniyga diffuziyaviy legirlash orqali kirishma atomlarini kiritish, uning hajmida mikro va nanobirikmalarni hosil qilishning tajribaviy natijalari F2-28 raqamli «Legirlangan kremniydagi sirtiy va hajmiy kvant o‘lchovli effektlar va ularni p-, n- tuzilmalardagi generatsiya-rekombinatsiya va tok tashuvchilarni ajralish jarayoniga ta’siri» fundamental loyihasida legirlangan kremniy namunalar xususiyatlarini belgilangan yo‘nalishda boshqarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 13 iyundagi 89–03–2314-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish kirishma atomlari mikro- va nanobirikmalarining kremniy kristall strukturasi nuqsonlari bilan o‘zaro ta’sirlashuvi qonuniyatlarini aniqlash imkoniyatini yaratgan.