Gadaev Aziz Berdiyarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Doiraviy silindrik qobiqning ichki va tashqi harakatlanuvchi qovushoq suyuqliklar bilan o‘zaro nostatsionar ta’sirlashuvi (Nestatsionarnoe vzaimodeystvie krugovoy silindricheskoy obolochki s vnutrenney i vneshney dvijushhiesya vyazkimi jidkostyami)”.
01.02.04 – “Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi” (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/FM878
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xudoynazarov Xayrulla, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti professori, texnika fanlari doktori,
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.FM/T.02.09
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
To‘lqin Mavlanov: texnika fanlari doktori, professor.
Abdusattarov Abdusamat : fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan Muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi dissertatsiya ishida taqdim etilgan tadqiqotlarning maqsadi: dinamik tashqi yuklarning ta’siri ostida qovushoq siqiluvchi suyuqliklar ichki va tashqi oqimlari bilan o‘zaro ta’sirlashuvchi silindrik qovushoq -elastik qobiq va sterjenlar nostatsionar tebranishlarining umumiy va aniqlashtirilan tenglamalarini chiqarish metodikasini ishlab chiqish; olingan tenglamalar asosida silindrik qatlam va qobiqlarning tebranishlarini, ta’sirlashuvchi suyuqliklarni hisobga olgan holda, o‘rganish; qaralayotgan gidro-qovushoq-elastik tizimning fizik-mexanik parametrlariga suyuqlikning ta’sirini tadqiq qilishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
qovushoq siqiluvchi suyuqliklarning ichki va tashqi oqimlari bilan o‘zaro ta’sirlashini hisobga olgan holda dinamik zo‘riqishlar ta’siridagi doiraviy silindrik qatlam, qobiq va sterjenlarning nostatsionar buralma tebranishlari dinamik hisobining matematik modeli takomillashtirilgan;
o‘zgarmas tezliklar bilan oquvchi, ichki va tashqi qovushoq siqiluvchi suyuqliklar oqimlarining ta’sirini hisobga olib, doiraviy silindrik qatlam, qobiq va sterjenlarning nostatsionar buralma tebranishlarida, uning ixtiyoriy kesimi nuqtalaridagi kuchlangan-deformatsiyalangan holatini aniqlash algoritmi chekli ayirmalar usuli yordamida yaratilgan;
qovushoq siqiluvchi suyuqliklar ichki va tashqi oqimlari bilan o‘zaro ta’sirlashuvchi, doiraviy silindrik qatlam, qobiq va sterjenlarning nostatsionar buralma tebranishlari haqidagi amaliy masalalarni, tashqi dinamik va kinematik zo‘riqishlar ta’sirini hisoga olgan holda, qo‘yilgan hamda mos hisob usuli yaratilgan;
harakatlanuvchi qovushoq suyuqlik oqimidagi doiraviy elastik sterjenning nostatsionar buralma tebranishlari jarayonida, sterjenning sirtiga ta’sir etuvchi dinamik kuchlarni va erkin uchiga qo‘yilgan kinematik zarbani hisobga olgan holda, sterjen kesimlarida vujudga keluvchi urinma kuchlanishni aniqlashning samarali usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Doiraviy silindrik qobiqning ichki va tashqi harakatlanuvchi qovushoq suyuqliklar bilan o‘zaro nostatsionar ta’sirlashuvi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
yuqori bosimli suyuqliklar oquvchi trubaprovodni dinamik yuklar ta’siridagi silindrik qobiq deb qarab, uning ixtiyoriy nuqtalaridagi kuchlanishlarini hisoblash natijalarini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ishlari Jizzax shahri “Ishtixon trans "MChJ hususiy korxonasida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi "O‘zsanoatqurilishmateriallari" Uyushmasining 2024 yil 3 - maydagi 02/15-1333 - son ma’lumotnomasi). Natijada quvurlarning kesimlarida suyuqlik yuqori bosim ostida doimiy tezlikda harakat qilganda paydo bo‘ladigan eng yuqori radial kuchlanishlar aniqlangan, bu esa ular asosida quvurlardagi mustahkamlik parametrlarini optimallashtirish natijalari quvurlarni yotqizish uchun ko‘zda tutilgan smeta xarajatlari 6% ga qisqartirish imkonini bergan;
ko‘p qavatli binolarni suv bilan ta’minlash uchun ishlatiladigan quvurlarda, o‘zgarmas tezlik bilan oquvchi qovushoq suyuqlikni o‘z ichiga olgan doiraviy silindrik qobiqning kuch parametrlarini tegishli mezonlarga muvofiq topish uchun kuchlanish komponentlarini hisoblash Samarand shahar ChP “MUQAYYaS GROUP” korxonasining turli qurilish ob’ektlarida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi "O‘zsanoatqurilishmateriallari" Uyushmasining 2024 yil 3 - maydagi 02/15-1333 - son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘p qavatli binolarni suv bilan ta’minlash uchun ishlatiladigan polimer quvurlarda, o‘zgarmas tezlik bilan oquvchi qovushoq suyuqlikni o‘z ichiga olgan doiraviy silindrik qobiqning kuch parametrlarini tegishli mezonlarga muvofiq topish uchun kuchlanish komponentlarini hisoblashlar shuni ko‘rsatdiki, bu kuchlanishlar amaldagi usul bilan olingan natijalardan farq qiladi. Ushbu hisoblash usuli material sarfini 3-5% ga, moliyaviy xarajatlarni 4 % gacha, quvurlarni yotqizish xarajatlarini 7-8% gacha tejash imkonini bergan.