Shukurova Matluba Xoshimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Mustaqillik davri o‘zbek she’riyatida “ayol” konsepti (O.Hojiyeva va E.Siddiqova asarlari misolida)”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3068.
Ilmiy rahbar: Sayfullaeva Ra’no Raufovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/25.08.202 2.Fil.01.16.
Rasmiy opponentlar: Raupova Laylo Rahimovna, filologiya fanlari doktori, professor; Bahronova Dilrabo Keldiyorovna, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mustaqillik davri o‘zbek she’riyati orqali o‘zbek tilidagi badiiy matnlarda “ayol” konsepti va konseptosferasining voqelanishini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
lingvopoetikaga kognitiv aspektda yondashuv, badiiy konsept, xususan, “ayol” konseptining inson omili va uning tafakkuri, ruhiyati, hayoti va faoliyati bilan bog‘liq lingvokognitiv xususiyatlari, badiiy matnda bu konseptni voqelantiruvchi assotsiativ-psixolingvistik vositalar, ularning konseptual-verbal ifodalanishi, badiiy talqinlari O.Hojieva va E.Siddiqova she’rlari asosida dalillangan;
O.Hojieva va E.Siddiqova she’rlari misolida «ayol» konseptining assotsiativ maydoni belgilanib, uni tashkil etuvchi til birliklarining konseptual mohiyatga ega ekanligi ilmiy asoslangan, o‘gay ona, opa, singil, qayinsingil, qiz farzand,  bo‘y yetgan qiz, kelinchak kabi til birliklarining milliy-madaniy belgilari, ularning badiiy matndagi inson omili, uning tafakkuri, ruhiyati, hayoti va faoliyati bilan bog‘liq konseptual xususiyatlari ochib berilgan;
ko‘zmunchoq, bo‘xcha, isirg‘a, sumalak, charx, kalava, arqoq, chok, oq sut, go‘dak, chimildiq kabi detallar o‘zbek til tashuvchilari lisoniy ongidagi ayol konseptosferasiga oid  gender tushunchalar bilan bog‘liq poetik tasvirlar yaratishga xizmat qilganligi  olamning lisoniy, konseptual va badiiy tasviri orqali asoslangan;
maqol, matal, turg‘un o‘xshatish va iboralar semantik doirasining har bir nutqiy vaziyat uchun muvofiqlashish xarakteri “ayol” konseptosferasidagi assotsiativ til birliklarining yangi ma’no qirralarini, “ayolning ichki xususiyatlari” mikrokonsepti doirasida psixologik xususiyat, axloqiy  fazilat, intellektual qobiliyat mezonlari asosida  talqin etilganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O.Hojieva va E.Siddiqova asarlari misolida Mustaqillik davri o‘zbek she’riyatida “ayol” konseptiga oid til birliklari  tadqiqi yuzasidan  olingan ilmiy natijalar asosida:
lingvopoetikaga kognitiv aspektda yondashuv, badiiy konsept, xususan, “ayol” konseptining inson omili va uning tafakkuri, ruhiyati, hayoti va faoliyati bilan bog‘liq lingvokognitiv xususiyatlari, badiiy matnda bu konseptni voqelantiruvchi assotsiativ-psixolingvistik vositalar, ularning konseptual-verbal ifodalanishi, badiiy talqinlariga oid xulosalardan 2020-2021-yillarda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida amalga oshirilgan FZ-2019081663 raqamli “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimedia mahsulotlari to‘plamini yaratish” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2023-yil 7-iyundagi 1/-04-60-son ma’lumotnomasi). Natijada  loyihaning  ilmiy-nazariy manbalari boyitilib,  lug‘atlarning mukammallashuviga erishilgan;
O.Hojieva va E.Siddiqova she’rlari misolida «ayol» konseptining assotsiativ maydoni belgilanib, uni tashkil etuvchi til birliklarining konseptual mohiyatga ega ekanligi ilmiy asoslangan, o‘gay ona, opa, singil, qayinsingil, qiz farzand,  bo‘y yetgan qiz, kelinchak kabi til birliklarining milliy-madaniy belgilari, ularning badiiy matndagi inson omili,   uning tafakkuri, ruhiyati, hayoti va faoliyati bilan bog‘liq konseptual xususiyatlari ochib berilganligiga oid xulosalardan 2022-2023-yillarda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanalining «Bedorlik», «Ijod zavqi», «Ta’lim va taraqqiyot», «Millat va ma’naviyat» eshittirishlari ssenariylarini yozishda foydalanilgan (O‘zMTRKning 2022-yil 02-fevraldagi 04-27-2057-son dalolatnomasi). Natijada ushbu eshittirishlarning mazmuni boyitilgan teleko‘rsatuvlarning badiiy matnlar tili, adabiyotini yosh avlodga chuqur singdirishdagi, ularni milliy madaniyatimiz, an’analarimizga hurmat ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati yanada ortgan;
maqol, matal, turg‘un o‘xshatish va iboralar semantik doirasining har bir nutqiy vaziyat uchun muvofiqlashish xarakteri “ayol” konseptosferasidagi assotsiativ til birliklarining yangi ma’no qirralarini, “ayolning ichki xususiyatlari” mikrokonsepti doirasida psixologik xususiyat, axloqiy  fazilat, intellektual qobiliyat mezonlari asosida  talqin etilganligiga oid xulosalardan Qo‘qon davlat  pedagogika institutida 2022-yilda bajarilgan AL-2103020-raqamli “Qo‘qon adabiy muhiti ijodkorlari hayoti va ijodi bo‘yicha websayt va platforma yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Qo‘qon davlat  pedagogika institutining 2023-yil 4-oktabrdagi 1074/04-son ma’lumotnomasi). Natijada platforma nazariy ma’lumotlar bilan to‘ldirilgan va yangilangan, she’riy nutq tahliliga amaliy yordam berishi bilan alohida ahamiyat kasb etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish