Naimov Shohrux Botirjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mahalliy xomashyolar asosida uy-ro‘zg‘or buyumlari uchun emal olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.15 - Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/T4805.
Ilmiy rahbar: Aripova Mastura Xikmatovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.03/30.12.2019.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Iskanderov Axmed Maksetbaevich, texnika fanlari doktori, professor; Talipov Nig‘matulla Xamidovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyolar asosida uy - ro‘zg‘or buyumlari uchun emal qoplamalar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bora, mass %: 40 - 55 SiO2, 3 - 9 Al2O3, 15 - 30 Na2O, 4 - 10 CaO, 0.5 -3 K2O, 0,4 - 1 NiO, 0,1 - 0,8 Co2O3, 0,4 - 0,9 Cu2O miqdoriy chegaralarda shisha hosil bo‘lish maydoni aniqlangan;
SiO2-Al2O3-Na2O-K2O-SaO-B2O3-NiO-Co2O3-Cu2O tizimida yoyiluvchan-ligi 30 - 61 mm, termik chiziqli kengayish koeffisenti 114 - 136 ·10-7 K-1, po‘lat yuzasiga yopishish kuchi 1 - 4,5 balli grunt qoplamasi sintez qilingan;
Co2O3 va Cu2O oksidlari 1:2 nisbatlarda grunt qoplamasining metall yuzasida yopishqoqlik xususiyati yuqoriligi isbotlangan;
ilk bora SiO2–Al2O3–Na2O–K2O–B2O3–TiO2–P2O5 tizimida shisha hosil bo‘lish maydoni aniqlanib, titan dioksid kiritilishi orqali rutil va anataz kristallari hosil bo‘lish asoslangan;
yoyiluvchanligi 35 - 43 mm, issiqlikdan chiziqli kengayish koeffisenti 81 - 89·10-7 K-1, kimyoviy bardoshliligi AA – A sinflari oralig‘ida bo‘lgan, oqlik darajasi TiO2 (kordinatsion soni 4+ yoki 6+) bo‘yicha ko‘rsatgichi 77 %ga teng emal qoplamasi sintez qilishning maqbul parametrlari aniqlangan;
uy - ro‘zg‘or buyumlari uchun mahalliy homashyolar asosida grunt va emal qoplamalari olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy homashyolar asosida uy - ro‘zg‘or buyumlari uchun emal qoplamalar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mahalliy xomashyolar asosida grunt qoplamalar tarkibi va ishlab chiqarish texnologiyasi «GOLDFIBER PRO» qo‘shma korxonasida ishlab chiqarishga uchun tavsiya qilingan (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2024 yil 12 avgustidagi 04/13-2254 son ma’lumotnomasi). Natijada, yoyiluvchan va mustaxkam, mexanik ta’sirga chidamli grunt va korroziyaga bardoshli, yaltiroq va tovlanuvchan emal qoplamalar ishlab chiqarish imkonini bergan;
uy-ro‘zg‘or buyumlari uchun emal qoplamalar ishlab chiqarish texnologiyasi «GOLDFIBER PRO» qo‘shma korxonasida ishlab chiqarishga uchun tavsiya qilingan (O‘zbekiston qurilish materiallari sanoati korxonalari uyushmasining 2024 yil 12 avgustidagi 04/13-2254 son ma’lumotnomasi). Natijada, yoyiluvchanligi 35 - 43 mm, issiqlikdan chiziqli kengayish koeffisenti 81 - 89·10-7 K-1, kimyoviy turg‘unligi AA sinfiga mos emal qoplamalar ishlab chiqarish imkonini bergan.