Giyasova Aqidaxon Orifxon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ihtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Diabetik makula shishini bo‘sag‘a osti mikroimpul`sli lazer bilan davolash», 14.00.08 – Oftalmologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2432.
Ilmiy rahbar: Yangieva Nodira Raximovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Normatova Nargiza Mirshavkatovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Imsheneskaya Tat`yana Aleksandrovna tibbiyot fanlari doktori, professor (Belarusiya).
Yetakchi tashkilot: Abu Ali Ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universiteti (Tojikiston).
II. Tadqiqotning maqsadi: noproliferativ diabetik retinopatiya fonidagi diabetik makula shishini davolashda bo‘sag‘a osti mikroimul`s lazerli ta’sirlash amaliyotini takomillashtirilgan davolash usulini ishlab chiqish va uning samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
noproliferativ diabetik retinopatiya fonidagi diabetik makula shishi mavjud bemorlarda davolash taktikasini tanlashda shish balandligiga bog‘liq holda, to‘r parda makula sohasi mikrotsirkulyator o‘zgarishlarining miqdoriy qiymati ko‘rsatkichlari orasida fovealyar avaskulyar zona – FAZ maydonini ortishi bosh o‘rinda ekanligi angiografiyali optik kogerent tomografiya asosida isbotlangan;
noproliferativ diabetik retinopatiya fonidagi diabetik makula shishida taklif etilgan bo‘sag‘a osti mikroimpul`s lazerli ta’sirlash amaliyoti va anti-VEGF terapiyasidan iborat bo‘lgan kombinirlangan davolash usulining qo‘llanilishida to‘r parda makula sohasidagi strukturaviy va mikrotsirkulyator ko‘rsatkichlarning yaxshilanishi, 12 oy davomida shish balandligi barqaror ravishda pasayishiga olib kelishi isbotlangan;
noproliferativ diabetik retinopatiya fonidagi diabetik makula shishini davolashda bo‘sag‘a osti mikroimpul`s lazerli ta’sirlash amaliyotini qo‘llash bo‘yicha ishlab chiqilgan protokol samaradorligi makula sohasining angio-OKT bo‘yicha mikrotsirkulyator ko‘rsatkichlari: to‘r pardaning fovealyar avaskulyar zona maydoni va perimetri, kapilyarlar tutami zichligi va avaskulyar indeks asosida aniqlangan;
noproliferativ diabetik retinopatiya fonidagi diabetik makula shishida to‘r parda makula sohasining shish balandligini va ushbu sohaning mikrotsirkulyator qon aylanishi ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda makula sohasidagi intraretinal va subretinal suyuqlik rezorbsiyasiga olib keluvchi davolashning differensial yondashuvi bo‘yicha taklif etilgan algoritmning klinik samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi.
Respublika ko‘z kasalliklari klinik shifoxonasi va Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Temiz filiali amaliyotiga tadbiq etildi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 25.09.2024 yildagi 6-sonli №6/46 yig‘ilish bayonnomasi).
birinchi ilmiy yangilik: noproliferativ diabetik retinopatiya fonidagi diabetik makula shishi mavjud bemorlarda davolash taktikasini tanlashda shish balandligiga bog‘liq holda, to‘r parda makula sohasi mikrotsirkulyator o‘zgarishlarining miqdoriy qiymati ko‘rsatkichlari orasida fovealyar avaskulyar zona – FAZ maydonini ortishi bosh o‘rinda ekanligi angiografiyali optik kogerent tomografiya asosida isbotlangan; Ilmiy yangilikning ahamiyati: noproliferativ diabetik retinopatiya (NPDR) fonidagi diabetik makula shishi (DMSh)da angiogarafiyali optik kogerent tomografiya (angio-OKT) tekshiruvi asosida to‘r parda makula sohasining fovealyar avaskulyar zona – FAZ maydonining 3 marotaba ortishiga olib kelib, shish sababli ko‘rish pasayishini yuzaga kelishini profilaktika qilish maqsadida o‘z vaqtida davolashni boshlash muhim hisoblanadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ishlab chiqilgan uslublar sog‘liqni saqlash amaliyot tizimiga, xususan, Respublika ko‘z kasalliklari klinik shifoxonasi 04.11.2023 yildagi 01-11/668-son buyruq bilan va Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Temiz filiali 29.07.2024 yildagi 37-son buyruq bilan joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 25.09.2024 yildagi 6-sonli №6/46 yig‘ilish bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi NPDR fonidagi DMSh erta aniqlashga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kasallikni erta aniqlash va davolash samaradorligini baholash uchun to‘r parda mikrotsirkulyasiya holatini o‘rganish zarur. Taklif etilgan kombinirlangan davaolash usuli iqtisodiy samaradorligi har bir bemor uchun xarajatlarni 2400000 so‘mgacha kamaytirishga imkon berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanish: NPDR fonidagi DMShni davolashda to‘r parda mikrotsirkulyator o‘zgarishlarini inobatga olib, BOMILT va anti-VEGF terapiyasini qo‘llash amaliyoti samaradorligi asosida “Diabetik makula shishida kombinirlangan davo natijalari” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlandi (Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspertlar kengashining 31.05.23 y.da 04-r/27-son bilan tasdiqlangan). Ushbu tavsiyanoma NPDR fonidagi DMSh da to‘r parda makula sohasi mikrotsirkulyator o‘zgarishlarini aniqlash va davolash usullarining samaradorligini oshirishga imkon berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: noproliferativ diabetik retinopatiya fonidagi diabetik makula shishida taklif etilgan bo‘sag‘a osti mikroimpul`s lazerli ta’sirlash amaliyoti va anti-VEGF terapiyasidan iborat bo‘lgan kombinirlangan davolash usulining qo‘llanilishida to‘r parda makula sohasidagi strukturaviy va mikrotsirkulyator ko‘rsatkichlarning yaxshilanishi, 12 oy davomida shish balandligi barqaror ravishda pasayishiga olib kelishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: NPDR fonidagi DMSh da taklif etilayotgan kombinirlangan davolash usulini qo‘llash 12 oy davomida makula sohasidagi shishning baqraror rezorbsiyasini ta’minlab, bemorlar qatnovi sonining kamayishi, ko‘rish funksiyalarining yaxshilanishiga olib keldi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ishlab chiqilgan uslublar sog‘liqni saqlash amaliy tizimiga, xususan, Respublika ko‘z kasalliklari klinik shifoxonasi 04.11.2023 yildagi 01-11/668-son buyruq bilan va Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Temiz filiali 29.07.2024 yildagi 37-son buyruq bilan joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 25.09.2024 yildagi 6-sonli №6/46 yig‘ilish bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan kombirinlangan davolash algoritmini qo‘llash bemorlar hayot sifati ko‘rsatkichlarini yaxshilash usulini qo‘llash to‘r parda makula sohasida mikrotsirkulyator o‘zgarishlari bo‘lgan bemorlarda qo‘llash shish rezorbsiyasini ta’minlab, ishemiya rivojlanishini oldini olishi mumkin. Iqtisodiy samaradorligi balandligi 400 mkm dan katta bo‘lgan diabetik makula shishida kombinirlangan davolash usulini qo‘llash orqali davolash sarf-harajatlaridan 7233795 so‘m iqtisod qilish imkoniga erishiladi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: balandligi 400 mkmdan katta bo‘lgan NPDR fonidagi DMSh ni kompleks davolash usulining samaradorligi asosida “Diabetik makula shishida kombinirlangan davo natijalari” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlandi (Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspertlar kengashining 31.05.23 y.da 04-r/27-son bilan tasdiqlangan). Ushbu tavsiyanoma NPDR fonidagi DMSh da shish balandligiga bog‘liq bo‘lgan holda samarali davolash turini tanlash imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: noproliferativ diabetik retinopatiya fonidagi diabetik makula shishini davolashda bo‘sag‘a osti mikroimpul`s lazerli ta’sirlash amaliyotini qo‘llash bo‘yicha ishlab chiqilgan protokol samaradorligi makula sohasining angio-OKT bo‘yicha mikrotsirkulyator ko‘rsatkichlari: to‘r pardaning fovealyar avaskulyar zona maydoni va perimetri, kapilyarlar tutami zichligi va avaskulyar indeks asosida aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: NPDR fonidagi DMShda shish balandligi 400 mkmdan kam bo‘lganda taklif etilgan BOMILT amaliyotini qo‘llash samaradorligini to‘r parda makula sohasidagi fovealyar avaskulyar zona maydonining 2,3 marta kamayishi, kapilyarlar tutami zichligining 25,2% ga ortishi natijasida to‘r pardaning mikrotsirkulyator ko‘rsatkichlarini yaxshilanishi yuzaga keladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ishlab chiqilgan uslublar sog‘liqni saqlash amaliy tizimiga, xususan, Respublika ko‘z kasalliklari klinik shifoxonasi 04.11.2023 yildagi 01-11/668-son buyruq bilan va Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Termiz filiali 29.07.2024 yildagi 37-son buyruq bilan joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 25.09.2024 yildagi 6-sonli №6/46 yig‘ilish bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: NPDR fonidagi DMShda BOMILT amaliyotini qo‘llash uzoq muddatli terapevtik natija berishi va bemorlarning hayot sifati ko‘rsatkichlarini yaxshilashi bilan izohlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: balandligi 400 mkm dan kam bo‘lgan DMShda BOMILT amaliyotini qo‘llash orqali davolash sarf-harajatlaridan 11 733 795 so‘m iqtisod qilish imkoniga erishiladi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: NPDR fonidagi DMSh ni davolashda bo‘sag‘a osti mikroimpul`s lazerli ta’sirlash amaliyoti samaradorligi asosida "Diabetik makula shishi davosini takomillashtirish" nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlandi (Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspertlar kengashining 31.05.23 y.da 04-r/27-son bilan tasdiqlangan). Ushbu uslubiy tavsiyanoma bilvosita NPDR NPDR fonida DMSh yuzaga kelgan bemorlarni davolash va kech asoratlarni oldini olish samaradorligini oshirishga imkon beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: noproliferativ diabetik retinopatiya fonidagi diabetik makula shishida to‘r parda makula sohasining shish balandligini va ushbu sohaning mikrotsirkulyator qon aylanishi ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda makula sohasidagi intraretinal va subretinal suyuqlik rezorbsiyasiga olib keluvchi davolashning differensial yondashuvi bo‘yicha taklif etilgan algoritmning klinik samaradorligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: Sog‘liqni saqlash tizimi birlamchi bo‘g‘ini oftal`molog shifokorlari uchun NPDR fonida DMSh yuzaga kelgan bemorlarni olib borish taktikasi ishlab chiqilgan va ilmiy asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: ishlab chiqilgan uslublar sog‘liqni saqlash amaliy tizimiga, xususan, Respublika ko‘z kasalliklari klinik shifoxonasi 04.11.2023 yildagi 01-11/668-son buyruq bilan va Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Temiz filiali 29.07.2024 yildagi 37-son buyruq bilan joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 25.09.2024 yildagi 6-sonli №6/46 yig‘ilish bayonnomasi). Ijtimoiy samaradorligi: NPDR fonida DMSh yuzaga kelgan bemorlarni olib borish taktikasini qo‘llashda ko‘ruv faoliyati keskin oshdi. Bu bemorlarni olib borish taktikasiga kompleks yondashuvning ishlab chiqilganligi, amaliyotga joriy qilinganligi bilan bog‘liq. Unga kiritilgan kompleks davolash usuli an’anaviy terapiyaga qaraganda samaraliroq bo‘lib, tibbiy reabilitatsiya muddatlari qisqaroq va davolash samaradorligi yuqori bo‘lgan. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan kompleks davolash usulidan foydalanish DMShli bemorlarda 12 oy davomidagi davolash sarf-harajatlarining 2 marotaba qisqarishiga olib keladi va bemorlarning statsionar davolanish uchun sarflanadigan safj xarajatlarni yo‘qqa chiqaradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: NPDR fonidagi DMSh ni davolashda BOMIDT amaliyoti samaradorligi asosida "Diabetik makula shishi davosini takomillashtirish" nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlandi (Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspertlar kengashining 31.05.23 y.da 04-r/27-son bilan tasdiqlangan). Ushbu tavsiyanoma NPDR fonidagi DMSh da to‘r parda makula sohasi mikrotsirkulyator o‘zgarishlari va shish balandligiga asoslangan holda optimal davolash turini tanlash imkonini beradi.