Mavrulova Munisa Abduxalilovnaning
fanl doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi ma’naviy makonni barpo etishda shaxs ma’naviy-madaniy ehtiyojlarini shakllantirish va qondirishning o‘rni” 17.00.07 – Madaniyat nazariyasi va tarixi. Madaniyatshunoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/Fal268
Ilmiy rahbar: Muxtorov Azamat, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti, DSc.03/08.05.2024.F.135/01
Rasmiy opponentlar: Abilov O‘rol Murodovich, falsafa fanlari doktori, professor; Hamidov Xojiakbar, tarix fanlari doktori, professor; Ahmedov Husniddin Aliqulovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda yangi ma’naviy makonni barpo etishda shaxs ma’naviy-madaniy ehtiyojlarini shakllantirish va qondirish masalalari madaniyatshunoslik fani nuqtai nazaridan ilmiy jihatdan tadqiq etish hamda ilmiy-nazariy xulosalar, taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aholi ma’naviy-madaniy ehtiyojlarini shakllantirish, jamiyat ma’naviy-ruhiy poydevorini mustahkamlaydigan fenomen hodisa – ma’naviy faoliyat va madaniy faoliyatdan iborat ekanligi, madaniy faoliyat kishilar iste’dodi, qobiliyati, qiziqishlari natijasida paydo bo‘lishi, ma’naviy faoliyat esa, o‘z mohiyatiga ko‘ra, madaniy faoliyatdan kengroq bo‘lib, u odamlarda ijtimoiy axloq, insonparvarlik, adolatparvarlik kabi azaliy qadriyatlarni shakllantiruvchi kuch ekanligi isbotlangan;
fuqarolar ma’naviy-madaniy ehtiyojlarining muhim ahamiyat kasb etadigan eng ustuvor shartlari: a) madaniy, ma’naviy faoliyat; b) ijtimoiy foydali mehnat; v) kishilarning ijtimoiy-siyosiy faoliyati natijasida shakllanadigan ehtiyojlardan iborat ekanligi dalillangan;
O‘zbekistonda aholi ma’naviy-madaniy ehtiyojlarini shakllantirish va qondirishning bir-biridan farqlanuvchi 4 bosqich (1-bosqich: 1991-1994 yillar; 2-bosqich: 1995-1999 yillar; 3-bosqich: 1999-2016 yillar; 4-bosqich: 2016- yildan hozirgacha) mavjudligi ularning jamiyat ijtimoiy-ma’naviy muhiti bilan bog‘liqlikda taraqqiyotning muhim omili hisoblanishi asoslanib, sovet mustabid tuzumi va yangilanayotgan O‘zbekiston siyosiy rahbariyatning fuqarolar ma’naviy-madaniy ehtiyojini shakllantirishdagi konseptual jihatlari, bir-biridan farqli tomonlari, ularning paydo bo‘lishidagi maqsadlari genezisi ochib berilgan;
shaxs ma’naviy-madaniy ehtiyojlarini shakllantirish va ularni qondirishga xalaqit qiladigan ob’ektiv va sub’ektiv sabablar mohiyati klassifikatsiyalash asosida ochib berilib, yangi ma’naviy makonni yaratishda ehtiyojlarini baholash tizimi va uning indikatorlari asoslangan;
bugungi dunyoning globallashib borishi sharoitida turli ichki va tashqi g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlar, ayniqsa, “ommaviy madaniyat”ga qarshi ma’naviy immunitetni shakllantirishga xizmat qiladigan metodika ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotning natijalari, undagi ilmiy xulosa va takliflarning amaliyotga joriy etilayotgani bo‘yicha quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan:
aholi ma’naviy-madaniy ehtiyojlarini shakllantirish, jamiyat ma’naviy-ruhiy poydevorini mustahkamlaydigan fenomen hodisa – ma’naviy faoliyat va madaniy faoliyatdan iborat ekanligi, madaniy faoliyat kishilar iste’dodi, qobiliyati, qiziqishlari natijasida paydo bo‘lishi, ma’naviy faoliyat esa, o‘z mohiyatiga ko‘ra, madaniy faoliyatdan kengroq bo‘lib, u odamlarda ijtimoiy axloq, insonparvarlik, adolatparvarlik kabi azaliy qadriyatlarni shakllantiruvchi kuch ekanligiga oid ilmiy xulosalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining III-yo‘nalishida belgilangan “G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti” 13-bandi “Yangi ma’naviy makonni shakllantirishning dolzarb masalalari, bu borada ma’rifatparvar, ziyolilar, davlat va jamoat faollarini birlashtirish hamda “Yangi O‘zbekiston orzusi”ni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish” mavzusidagi targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 13-apreldagi 01/11-485 - sonli dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar mamlakatimizda Yangi ma’naviy makonni shakllantirishning dolzarb masalalari, bu borada ma’rifatparvar, ziyolilar, davlat va jamoat faollarini birlashtirish hamda “Yangi O‘zbekiston orzusi”ni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish bo‘yicha o‘tkazilgan ma’naviy - ma’rifiy sohadagi tadbirlarini amalga oshirishda targ‘ibotchilar uchun uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqishga xizmat qilgan;
fuqarolar ma’naviy-madaniy ehtiyojlarining muhim ahamiyat kasb etadigan eng ustuvor shartlar: a) madaniy, ma’naviy faoliyat; b) ijtimoiy foydali mehnat; v) kishilarning ijtimoiy-siyosiy faoliyati natijasida shakllanadigan ehtiyojlardan iborat ekanligiga doir ilmiy xulosalaridan Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida ijodiy foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 19-apreldagi 2-13-21-1642-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, agentlik tizimi xodimlarining ma’naviy ma’rifiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, o‘quv-uslubiy hamda mafkuraviy targ‘ibot ishlarini samarali tashkil etishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda aholi ma’naviy-madaniy ehtiyojlarini shakllantirish va qondirishning bir-biridan farqlanuvchi 4 bosqich (1-bosqich: 1991-1994 yillar; 2-bosqich: 1995-1999 yillar; 3-bosqich: 1999-2016 yillar; 4-bosqich: 2016-hozirgacha) mavjudligi ularning jamiyat ijtimoiy-ma’naviy muhiti bilan bog‘liqlikda taraqqiyotning muhim omili hisoblanishiga oid ilmiy xulosalaridan hamda sovet mustabid tuzumi va yangilanayotgan O‘zbekiston siyosiy rahbariyatning fuqarolar ma’naviy-madaniy ehtiyojini shakllantirishdagi konseptual jihatlari, bir-biridan farqli tomonlari, ularning paydo bo‘lishidagi maqsadlari genezisi bo‘yicha berilgan taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2020–2024 - yillarga mo‘ljallangan Saylov oldi dasturida keltirilgan “IV.Ijtimoiy sohani yanada rivojlantirish, mamlakatda ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh etishning ustivor yo‘nalishlari”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2024-yil 15-apreldagi 02-01-25-sonli dalolatnomasi). Natijada, partiyalar tizimidagi xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, o‘quv - uslubiy hamda mafkuraviy targ‘ibot ishlari samarasini yanada oshirishga xizmat qilgan;
shaxs ma’naviy-madaniy ehtiyojlarini shakllantirish va ularni qondirishga xalaqit qiladigan ob’ektiv va sub’ektiv sabablar mohiyati klassifikatsiyalash asosida ochib berilib, yangi ma’naviy makonni yaratishda ehtiyojlarini baholash tizimi va uning indikatorlari ko‘rsatilganligi bo‘yicha taklif va tavsiyalardan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi “Yo‘l xaritasi”ning II-yo‘nalishiga oid “Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari” 18-bandi “Ajdodlar merosi – ibrat va tarbiya manbai” mavzusida amalga oshirilgan targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining 2024-yil 15-apreldagi 08-17/180-sonli dalolatnomasi). Natijada, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan tashkil etilgan bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar uchun ulubiy qo‘llanmalarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
bugungi dunyoning globallashib borishi sharoitida turli ichki va tashqi g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlar, ayniqsa, “ommaviy madaniyat”ga qarshi ma’naviy immunitetni shakllantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan metodikada berilgan taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022-2023-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 13-apreldagi 04/17-1031-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida yangi ma’naviy makonni barpo etishda shaxs ma’naviy-madaniy ehtiyojlarini shakllantirish va qondirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash samaradorligini oshirish imkonini bergan.