Iskandarov Jahongir Sharipovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): “Ichki ishlar xodimlari faoliyatida intuitiv bilishni rivojlantirish (ijtimoiy-falsafiy tahlil)” mavzusidagi 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligi (Falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fal1150
Ilmiy rahbar: Muxtorov Azamat Muxtorovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: To‘ychiev Berdiqul To‘raqulovich, falsafa fanlari doktori, professor; Qodirov Anvar Qahhorovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ichki ishlar xodimlarida intuitiv bilish qobiliyatini rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijodiy fikrlash kognitiv jarayonlar va aqliy qobiliyatlar birligining ifodasi bo‘lib, u intellektual tashabbusni talab qiladigan muammolarni hal qilishni o‘z oldiga maqsad qilib olishi, shuningdek intensiv ijod ontologik asoslarni ochish, parallel mavjudlik va haqiqatni yaratish orqali namoyon bo‘lishi, bunday holda, yangilik tabiatda ekzistensial holda aks etishi ilmiy asoslangan;
intuitiv tafakkur dialektik fikrlashning eng yuqori shakli ekanligi, intuitiv bilish qobiliyatini rivojlantirishda hissiy, nazariy, empirik, mantiqiy bilish darajalarining o‘rni ilmiy jihatdan ochib berilgan hamda intuisiya kognitiv ko‘nikmalarni rivojlantiruvchi, ijodning yangi sifat ko‘rsatkichlarini paydo qiluvchi muhim omil ekanligi asoslangan;
ichki ishlar xodimlarida konvergent, ko‘plab vaziyatlar ichidan birgina to‘g‘ri echimni topishga yordam beruvchi hamda divergent, turli, o‘zgaruvchan yo‘nalishlarda ishlaydigan va muammolar echimini kutilmagan xulosa va natijalarga olib keluvchi tafakkurni shakllantirishning tezkorlik; egiluvchanlik - muammoning bir jihatidan ikkinchisiga o‘ta olish, echimning turli xil strategiyalarini qo‘llay olish; originallik; ishlab chiqilganlik – ijodiy tafakkurning mantiqiyligini rivojlantirishdagi falsafiy-gnoseologik jihatlari ochib berilgan;
ichki ishlar xodimlarida intuitiv bilishni rivojlantirishda ratsionallik bilan birgalikda irratsionallikni ham qo‘llash zarurati hamda mantiqiylik va intuitivlik bir-birini to‘ldiruvchi vositalar, umumiy ijodiy jarayonning o‘zaro bog‘liq tomonlari ekanligi, intuitivlik narsalar borlig‘ini va ularning yashirin qiymatini qamrab olishi, ilmiy gipotezaga yo‘l ochishi falsafiy jihatdan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ichki ishlar xodimlarida intuitiv bilishni rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy jihatlariga oid tadqiqot doirasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
ijodiy fikrlash kognitiv jarayonlar va aqliy qobiliyatlar birligining ifodasi bo‘lib, u intellektual tashabbusni talab qiladigan muammolarni hal qilishni o‘z oldiga maqsad qilib olishi, shuningdek intensiv ijod ontologik asoslarni ochish, parallel mavjudlik va haqiqatni yaratish orqali namoyon bo‘lishi, bunday holda, yangilik tabiatda ekzistensial holda aks etishiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanali davlat muassasasining «Millat va ma’naviyat» eshittirishi ssenariysini tayyorlashda (2023-2024 yillarda) foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanali davlat muassasasining 2024 yil 15 yanvardagi 04-36-72-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, radiotinglovchilarni ijodiy fikrlash, intensiv ijodga oid yangi ilmiy ma’lumotlar bilan tanishishlariga imkon yaratilgan;
intuisiya ijodning yangi sifat ko‘rsatkichlarini paydo qiluvchi muhim omil ekanligi hamda intuitivlikning yangi g‘oyalarni qabul qilish, muammolarni g‘ayrioddiy tarzda hal qilish xususiyatlari, ijodiy oqimda namoyon bo‘luvchi jarayon sifatidagi roliga doir ilmiy yangiliklardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tomonidan “Jaholatga qarshi ma’rifat!” shiori ostida o‘tkazilgan “Hushyorlik va ogohlik – davr talabi” nomli ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot-tashviqot tadbirida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024 yil 10 yanvardagi 12-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar ma’naviy-ma’rifiy tadbirning samaradorligini oshishiga xizmat qilgan.
ichki ishlar xodimlarida intuitiv bilish qobiliyatini rivojlantirishda falsafiy gnoseologik konsepsiyalarning hissiy, nazariy, empirik, mantiqiy hamda intuitiv bilish darajalarining o‘rniga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining shaxsiy tarkib xodimlarini tayyorlashda foydalanilgan (Ichki ishlar vazirligining 2024 yil 9 yanvardagi 2/2-69-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi shaxsiy tarkib xodimlarining intuitiv bilish ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishga xizmat qilgan;
ichki ishlar xodimlarida intuitiv bilishni rivojlantirishda ratsionallik bilan birgalikda irratsionallikni ham qo‘llash zarurati hamda mantiqiylik va intuitivlik bir-birini to‘ldiruvchi vositalar, umumiy ijodiy jarayonning o‘zaro bog‘liq tomonlari ekanligi, intuitivlik narsalar borlig‘ini va ularning yashirin qiymatini qamrab olishi, ilmiy gipotezaga yo‘l ochishiga oid nazariy, amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan yosh kursantlarni professional tayyorgarlikdan o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2024 yil 11 yanvardagi 388/V-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi yosh kursantlarni professional kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish imkonini bergan.