Mullabaev Baxtiyarjon Bulturbaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.  
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasi mintaqalarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi nomutanosibliklarni  tartibga solish”, 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Iqt665.
Ilmiy maslahatchi: Abdullaev Ilyos Sultanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Ruzmetov Baxtiyar, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Doschanov Tangribergan, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xidirova Gavxar Rustamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi mintaqalarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi nomutanosibliklarni  tartibga solish bo‘yicha nazariy-uslubiy hamda amaliy yo‘nalishdagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi 71-100 ballgacha – “yashil”; 55-71 ballgacha – “sariq” va 55-25 ballgacha bo‘lgan – “qizil” guruhlarga ajratib, nomutanosiblikni bartaraf etishni tartibga solishga asoslangan metodologik sinergetik-faol yondashuvi taklif etilgan;
mintaqaviy nomutanosibliklar darajasini diagnostik baholash hududlarning rivojlanish va hayotiy faoliyat sohalari parametrlarining nomutanosiblik darajasi bo‘yicha N<17% - nomutanosibliklar deyarli yo‘q, 17<N<35% - nomutanosiblikning past darajasi, 35<N<40% - nomutanosiblikning o‘rtacha darajasi, 40<N<60% - nomutanosiblikning yuqori darajasi va 60<N% - nomutanosiblikning juda yuqori darajasiga ko‘ra takomillashtirilib, hududlarning rivojlanish va hayotiy faoliyat sohalari parametrlarining nomutanosiblik reytingi ishlab chiqilgan;
viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi nomutanosibliklar integral indeksiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy katalizatorlar va hududiy rivojlanishning sekinlashtiruvchi (moderator)lari uchun lingvistik o‘zgaruvchilarning diapazoni bo‘yicha o‘zini o‘zi ta’minlaydigan rivojlangan hududlar (27,5 dan 52,5 ballgacha) va muammoli mintaqalar (17,3 dan 26,7 ballgacha) aniqlangan;
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi nomutanosiblikni tendensiyalarini prognoz qilishning yuqori (11,4-12,9 foiz), o‘rta (8,1-10,8 foiz) va quyi (5,7-7.9 foiz) imkoniyatlarini ishlab chiqish ssenariylarini kognitiv simulyasion modellashtirish algoritmi tavsiya etilgan;
hududiy rivojlanish nomutanosibligini tartibga solishning ssenariylarini modellashtirish asosida yo‘nalishlari va bosqichlarining ustuvor (0,078-ball), barqaror  (0.060-ball) va me’yoriy (0.045-ball) muvofiqlik mexanizmi taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi mintaqalarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi nomutanosibliklarni strategik tartibga solish uslubiyatini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi 71-100 ballgacha – “yashil”; 55-71 ballgacha – “sariq” va 55-25 ballgacha bo‘lgan – “qizil” guruhlarga ajratib, nomutanosiblikni bartaraf etishni tartibga solishga asoslangan metodologik sinergetik-faol yondashuvi bo‘yicha taklif Namangan viloyati xalq deputatlari kengashining 2024-yil 5-apreldagi “Namangan viloyatini ishsizlik va korrupsiyadan xoli hududga aylantirish hamda “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etishda sektorlar rahbarlari tomonidan “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash tizimini tubdan takomilashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VI-43-32-6-0-K/24-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Namangan viloyati hokimligining 2024-yil 29-apreldagi 3/12-601-son ma’lumotnomasi). Taklif investisiyalar bo‘yicha jozibador bo‘lmagan hududlarni davlat tomonidan qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash zaruriyati aniqlanib, bunday investisiya siyosatining sof samarasi iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini qo‘shimcha 15,8 %ga oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
mintaqaviy nomutanosibliklar darajasini diagnostik baholash hududlarning rivojlanish va hayotiy faoliyat sohalari parametrlarining nomutanosiblik darajasi bo‘yicha N<17% - nomutanosibliklar deyarli yo‘q, 17<N<35% - nomutanosiblikning past darajasi, 35<N<40% - nomu-ta-nosiblikning o‘rtacha darajasi, 40<N<60% - nomutanosiblikning yuqori darajasi va 60<N% - nomutanosiblikning juda yuqori darajasiga ko‘ra takomllashtirilib, hududlarning rivojlanish va hayotiy faoliyat sohalari parametrlarining nomutanosiblik reytingi bo‘yicha taklif Namangan viloyati xalq deputatlari kengashining 2024-yil 5-apreldagi “Namangan viloyatini ishsizlik va korrupsiyadan xoli hududga aylantirish hamda “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etishda sektorlar rahbarlari tomonidan “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash tizimini tubdan takomilashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VI-43-32-6-0-K/24-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Namangan viloyati hokimligining 2024-yil 29-apreldagi 3/12-601-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklif natijasida Namangan viloyatining Norin 18,3 %, Chortoq 16,7 % va Mingbuloq 15,1 % tumanlarida iste’mol bilan YaHM o‘rtasidagi nisbatning pastligi aniqlandi va ushbu hududlarga maqsadli rivojlantirish bo‘yicha alohida “Yo‘l xaritasi” tuzilgan;
viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi nomutanosibliklar integral indeksiga ta’sir etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy katalizatorlar va hududiy rivojlanishning sekinlashtiruvchi (moderator)lari uchun lingvistik o‘zgaruvchilarning diapazoni bo‘yicha o‘zini o‘zi ta’minlaydigan rivojlangan hududlar (27,5 dan 52,5 ballgacha) va muammoli mintaqalar (17,3 dan 26,7 ballgacha) bo‘yicha taklifi Namangan viloyati xalq deputatlari kengashining 2024-yil 5-apreldagi “Namangan viloyatini ishsizlik va korrupsiyadan xoli hududga aylantirish hamda “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etishda sektorlar rahbarlari tomonidan “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash tizimini tubdan takomilashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VI-43-32-6-0-K/24-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Namangan viloyati hokimligining 2024-yil 29-apreldagi 3/12-601-son ma’lumotnomasi). Natijada Namangan viloyatining har bir hududi uchun ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish nomutanosibligining integral darajasi diapazonlari bo‘yicha Namangan shahri (0,534), Namangan (0,437), To‘raqo‘rg‘on (0.423) va Pop (0.394) tumanlari yuqori darajaga ega ekanligiga ko‘ra tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilgan;
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi nomutanosiblikni tendensiyalarini prognoz qilishning yuqori (11,4-12,9 foiz) o‘rta (8,1-10,8 foiz) quyi (5,7-7.9 foiz) imkoniyatlarini ishlab chiqish ssenariylarini kognitiv simulyasion modellashtirish algoritmi Namangan viloyati xalq deputatlari kengashining 2024-yil 5-apreldagi “Namangan viloyatini ishsizlik va korrupsiyadan xoli hududga aylantirish hamda “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etishda sektorlar rahbarlari tomonidan “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash tizimini tubdan takomilashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VI-43-32-6-0-K/24-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Namangan viloyati hokimligining 2024-yil 29-apreldagi 3/12-601-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida ijtimoiy-iqtisodiy nomutanosiblikni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar uchun o‘zgaruvchanlik koeffisientining qiymati 45 dan 49% gacha bo‘lgan Mingbuloq, Chortoq, Pop va Norin tumanlarida sarflanayotgan xarajatlar davlat sektori xarajatlaridan 4-5 martagacha ko‘pligiga ko‘ra tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilgan;
hududiy rivojlanish nomutanosibligini tartibga solishning ssenariylarini modellashtirish asosida  yo‘nalishlari va bosqichlarining ustuvor (0,078-ball) barqaror  (0.060-ball) va me’yoriy (0.045-ball) muvofiqlik mexanizmi bo‘yicha taklif Namangan viloyati xalq deputatlari kengashining 2024-yil 5-apreldagi “Namangan viloyatini ishsizlik va korrupsiyadan xoli hududga aylantirish hamda “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlarini joriy etishda sektorlar rahbarlari tomonidan “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash tizimini tubdan takomilashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VI-43-32-6-0-K/24-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Namangan viloyati hokimligining 2024-yil 29-apreldagi 3/12-601-son ma’lumotnomasi). Ushbu yangilik natijasida Namangan shahrida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi yuqori bo‘lgan alohida (Namangan, To‘raqo‘rg‘on va Pop tumanlari) N sinfga mansub bo‘lgan I-klaster shakllanganligini ko‘rsatdi. 2010-2023-yillarda Uchqo‘rg‘on, Chortoq, Uychi va Yangiqo‘rg‘on tumanlari S sinfga mansub II-klaster hamda Chust, Mingbuloq, Kosonsoy va Norin tumanlari alohida III-klasterni tashkil qilgan bo‘lib, 2010-yilda o‘rtacha - 0,234 va 2023-yilda – 0,352 oralig‘ida o‘zgardi, bu Namangan tumanlarining barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga egaligi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish