Karshiev Adxam Anvarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hududlarda turizm sohasini samarali rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.17 — Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt3212
ilmiy rahbar: Eshtaev Alisher Abdug‘anievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: "Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, DSc.33/01.02.2022.1.145.01
Rasmiy opponentlar: Norchaev Asatillo Norbo‘taevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xalilov Sirojiddin Sherali o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: hududlarda turizm sohasini samarali rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Samarqand viloyatida madaniy tadbirlar tashkil etish va targ‘ibotlar olib borish yo‘nalishi hisobiga 2 mln. 104 ming nafar xorijiy turist tashrifini tashkil etish maqsadida «Besh qit’a jilosi» xalqaro etnofestivalini, «Tourism and Society Think Tank» (STT) ekspertlar forumini va «Tourism and Technology Summit-2023» sammitini hamda «Focus on Tourism & Creative Economy» xalqaro kongressini o‘tkazish bo‘yicha takliflar dalillangan;
«Samarqand — Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi» ichki turizm dasturi asosida har yili 500 mingdan ziyod o‘quvchi, talaba, pensionerlar va mehnat jamoalarining Samarqandga sayohatini tashkil etish maqsadida turizm va unga yondosh infratuzilmani rivojlantirish yo‘nalishida Samarqand tumani, «Mironqul» MFY hududida ekoturizm dam olish maskani faoliyatini yo‘lga qo‘yish, Payariq tumanida joylashgan «Choshtepa» turizm maskanini ishga tushirish hamda Samarqand shahridagi Amir Temur barpo etgan Bog‘ibaland mahallasiga «Turizm mahallasi» maqomini berish bo‘yicha takliflar asoslangan;
Samarqand viloyatiga 2 million xorijiy turistlar tashrifini tashkil etish yo‘nalishida Samarqand shahri bilan «Birodar shaharlar» o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish va ulardan sayyohlarni jalb etish asosida hududdagi turizm namoyish ob'ektlariga xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari, bloger va taniqli shaxslar ishtirokida infoturlar tashkil etish hamda viloyatning turizm salohiyatini aks ettiruvchi targ‘ibot materiallari va yo‘nalishlar bo‘yicha turpaketlar tayyorlash va elchixonalar orqali keng targ‘ib qilish bo‘yicha takliflar asoslangan;
Samarqand viloyatining turistik resurslari va xususiyatidan kelib chiqib, hududlarning salohiyati va turizm sohasini samarali rivojlantirish ko‘rsatkichlarining prognoz hisob-kitoblari asosida 2028-yilgacha o‘rta muddatli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. hududlarda turizm sohasini samarali rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotlar asosida:
Samarqand viloyatida madaniy tadbirlar tashkil etish va targ‘ibotlar olib borish yo‘nalishi hisobiga 2 million 104 ming nafar xorijiy turist tashrifini tashkil etish maqsadida «Besh qit’a jilosi» xalqaro etnofestivalini, «Tourism and Society Think Tank» (STT) ekspertlar forumini va «Tourism and Technology Summit-2023» sammitini hamda «Focus on Tourism & Creative Economy» xalqaro kongressini o‘tkazish bo‘yicha dalillangan takliflar 2023-yil 26-apreldagi PQ-135-son “2023-yilda turizm sohasidagi resurslar va imkoniyatlardan har tomonlama foydalanish hamda mavjud muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha” «Yo‘l xaritasi» rejasiga kiritilgan. Natijada, Samarqand viloyatiga 2 million xorijiy turistlar tashrifini tashkil etish imkoniyati amalda oshirildi;
«Samarqand — Yangi O‘zbekistonning turizm darvozasi» ichki turizm dasturi asosida har yili 500 mingdan ziyod o‘quvchi, talaba, pensionerlar va mehnat jamoalarining Samarqandga sayohatini tashkil etish maqsadida turizm va unga yondosh infratuzilmani rivojlantirish yo‘nalishida Samarqand tumani, «Mironqul» MFY hududida ekoturizm dam olish maskani faoliyatini yo‘lga qo‘yish, Payariq tumanida joylashgan «Choshtepa» turizm maskanini ishga tushirish hamda Samarqand shahridagi Amir Temur barpo etgan Bog‘ibaland mahallasiga «Turizm mahallasi» maqomini berish bo‘yicha asoslangan takliflar 2023-yil 26-apreldagi PQ-135-son “2023-yilda turizm sohasidagi resurslar va imkoniyatlardan har tomonlama foydalanish hamda mavjud muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha” «Yo‘l xaritasi» rejasiga kiritilgan. Mazkur takliflarni amaliyotga joriy etish natijasida 500 mingdan ziyod mahaliy turistlar Samarqand viloyatida sayohatini tashkil etilgan hamda turizm infratuzilmasi rivojlantirish choralarining natijaviyligi 18 % oshirilgan;
Samarqand viloyatiga 2 million xorijiy turistlar tashrifini tashkil etish yo‘nalishida Samarqand shahri bilan «Birodar shaharlar» o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish va ulardan sayyohlarni jalb etish asosida hududdagi turizm namoyish ob'ektlariga xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari, bloger va taniqli shaxslar ishtirokida infoturlar tashkil etish hamda viloyatning turizm salohiyatini aks ettiruvchi targ‘ibot materiallari va yo‘nalishlar bo‘yicha turpaketlar tayyorlash va elchixonalar orqali keng targ‘ib qilish bo‘yicha asoslangan takliflar 2023-yil 26-apreldagi PQ-135-son “2023-yilda turizm sohasidagi resurslar va imkoniyatlardan har tomonlama foydalanish hamda mavjud muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha” «Yo‘l xaritasi» rejasiga kiritilgan. Natijada Samarqand viloyatida 2 milliondan ziyod xorijiy turistlar tashrifi tashkil etildi.
Samarqand viloyatining turistik resurslari va xususiyatidan kelib chiqib, hududlarning salohiyati va turizm sohasini samarali rivojlantirish ko‘rsatkichlarning prognoz hisob-kitoblari asosida 2028-yilgacha o‘rta muddatli ishlab chiqilgan prognoz parametrlarini qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar Turizm qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan «2024-2026 yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar» dasturi va «Yo‘l xaritalari»ga kiritilgan. Natijada Samarqand viloyatida tegishli parametrlarni qo‘llash hisobiga hududlarni yanada rivojlantirish imkoniyatlari dalillangan.