Kaxarov Jasur Abulkosimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda gastronomik turizmini tashkil qilish va rivojlantirish yo‘llari”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt911.
Ilmiy rahbar: Pardaev Olim Mamayunusovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti, DSc.33/01.02.2022.I.145.01
Rasmiy opponentlar: Nasimov Dilmurod Abdulloevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ergashev Raxmatullo Xidirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: hududlarda gastronomik turizmini tashkil qilish va rivojlantirish bo‘yicha ilmiy taklif hamda amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Jizzax viloyatida ommaviy-ko‘ngilochar tadbirlarni o‘tkazish va gastronomik turizmini yanada rivojlantirish yo‘nalishi hisobiga 400 ming nafardan ortiq aholi tashrifini tashkil etish asosida Zomin tumanida “Maftunkor tabiat” xalqaro ekofestivalini, “Zomin taomlari gastronomik turizm festivali”ni, Duoba qishloq fuqarolar yig‘inida “Asal va shifobaxsh giyohlar festivali”ni hamda “Patir sayli” tadbirini o‘tkazish bo‘yicha takliflar dalillangan;
Jizzax viloyatga tashrif buyuradigan turistlarni 5 kun viloyatda bo‘lishini ta’minlash maqsadida viloyatning “Turistik halqasi”ni ishlab chiqish asosida “Zomin” turistik zona hududida tadbirkorlik va ishbilarmonlik tadbirlarini o‘tkazishga mo‘ljallangan kongress-xoll, rekreatsiya va dam olish maskanlari, investorlarni jalb qilishga qaratilgan “Investor show room”, shuningdek, turistlarga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan markaz “Visitor center” tashkil qilish bo‘yicha takliflar asoslangan;
“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida amalga oshiriladigan ishlar yo‘nalishida mehnat, mahallalar jamoalari uchun turizmning ishbilarmonlik, ekstremal, ekologik va gastronomik turlarni keng targ‘ib qilish orqali 20 ming nafar aholini jalb qilish choralarini ko‘rish asosida Arnasoy, Forish, Zomin va Xovos tumanlari bo‘yicha tematik turistik marshrutlar tashkil qilish hamda turizm sohasining sub’ektlari tomonidan taqdim etiladigan chegirmalarni o‘z ichiga olgan hamyonbop turpaketlar ishlab chiqish bo‘yicha  takliflar asoslangan;
mamlakatimizning gastronomiya imkoniyati va xususiyatidan kelib chiqib, Jizzax viloyati hududlarning turistik salohiyati va gastronomik turizmni samarali rivojlantirish ko‘rsatkichlarning prognoz hisob-kitoblari asosida 2028-yilga qadar o‘rta muddatli ishlab chiqilgan prognoz parametrlarini qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Gastronomik turizmni rivojlantirishning hududiy xususiyatlari va istiqbolli yo‘nalishlarini tadqiq qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Jizzax viloyatida ommaviy-ko‘ngilochar tadbirlarni o‘tkazish va gastronomik turizmi yo‘nalishi hisobiga 400 ming nafardan ortiq aholi tashrifini tashkil etish asosida Zomin tumanida “Maftunkor tabiat” xalqaro ekofestivalini, “Zomin taomlari gastronomik turizm festivali”ni, Duoba qishloq fuqarolar yig‘inida “Asal va shifobaxsh giyohlar festivali”ni hamda “Patir sayli” tadbirini o‘tkazish bo‘yicha dalillangan takliflar 2021-yil 28-apreldagi 254-son “Zomin turistik-rekreatsion zonasini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish hamda hududda turizm sohasini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari” Dasturiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 30-sentyabrdagi 03-12-17-6331-sonli dalolatnomasi). Natijada, Jizzax viloyatiga 400 ming turistlar tashrifini tashkil etish imkoniyatlari yaratilgan;
Jizzax viloyatga tashrif buyuradigan turistlarni 5 kun viloyatda bo‘lishini ta’minlash maqsadida viloyatning “Turistik halqasi”ni ishlab chiqish asosida “Zomin” turistik zona hududida tadbirkorlik va ishbilarmonlik tadbirlarini o‘tkazishga mo‘ljallangan kongress-xoll, rekreatsiya va dam olish maskanlari, investorlarni jalb qilishga qaratilgan “Investor show room”, shuningdek, turistlarga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan markaz “Visitor center” tashkil qilish bo‘yicha dalillangan takliflar 2021-yil 28-apreldagi 254-son “Zomin turistik-rekreatsion zonasini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish hamda hududda turizm sohasini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari” Dasturiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 30-sentyabrdagi 03-12-17-6331-sonli dalolatnomasi). Natijada Jizzax viloyatida turizm va unga yondosh sohalarda 49 ta investisiya loyihasini amalga oshirish doirasida 650 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etish, shuningdek, sohada 1 600 nafar aholining o‘zini-o‘zi band qilishiga erishilgan;
“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida amalga oshiriladigan ishlar yo‘nalishida mehnat, mahallalar jamoalari uchun turizmning ishbilarmonlik, ekstremal, ekologik va gastronomik turlarini keng targ‘ib qilish orqali 20 ming nafar aholini jalb qilish choralarini ko‘rish asosida Arnasoy, Forish, Zomin va Xovos tumanlari bo‘yicha tematik turistik marshrutlar tashkil qilish hamda turizm sohasining sub’ektlari tomonidan taqdim etiladigan chegirmalarni o‘z ichiga olgan hamyonbop turpaketlar ishlab chiqish bo‘yicha  asoslangan takliflar 2023-yil 26-apreldagi PQ-135-son “2023-yilda turizm sohasidagi resurslar va imkoniyatlardan har tomonlama foydalanish hamda mavjud muammolarni tezkor hal etish bo‘yicha” “Yo‘l xaritasi” rejasiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 30-sentyabrdagi 03-12-17-6331-sonli dalolatnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi mamlakatning boshqa hududlariga tashrif buyurayotgan turistlar oqimini Jizzax viloyatining turistik destinatsiyalariga yo‘naltirish imkonini bergan;
mamlakatimizning gastronomiya imkoniyati va xususiyatidan kelib chiqib, Jizzax viloyati hududlarning turistik salohiyati va gastronomik turizmni samarali rivojlantirish ko‘rsatkichlarining prognoz hisob-kitoblari asosida 2028-yilga qadar o‘rta muddatli ishlab chiqilgan prognoz parametrlarini qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar Turizm  qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan “2024-2026 yillarda hududlarning turizm salohiyatini izchil o‘rganish natijasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar” dasturi va “Yo‘l xaritalari”ga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 30-sentyabrdagi 03-12-17-6331-sonli dalolatnomasi). Natijada Jizzax viloyati turizm destinatsiyalarida tegishli parametrlarni qo‘llash hisobiga 2028-yilga qadar gastronomik turistik xizmatlar hajmini 23 foizga oshirish imkoniyatlari dalillangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish