Zagidullina Kamila Rafailovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Effektivnoe razvitie promishlennix predpriyatiy na osnove sovershenstvovaniya innovatsionnoy deyatel`nosti (na primere AO «Almalikskiy gorno-metallurgicheskiy kombinat»)», 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt2405.
Ilmiy maslahatchi: Allaeva Gulchexra Jalgasovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar:. Nazarova Ra’no Rustamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Iskanderov Axmed Maksetbaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion faoliyatni takomillashtirishga ko‘ra “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatini samarali rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamlashtirish sharoitida “frendshoring”ga ko‘ra, jumladan “yashil” iqtisodiyotga o‘tish va xalqaro integratsion jarayonlarni samarali tashkil qilish asosida yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etishga yondashuv takomillashtirilgan;
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining energosamaradorlikni oshirish startegiyasi tizimni tashkil etuvchi moddiy-ishlab chiqarish, ijtimoiy va moliyaviy resurslar uyg‘unligi maqsadlariga asoslangan barqaror rivojlanish modeli tarkibida raqamli “egizaklar”ni joriy qilishga ko‘ra takomillashtirilgan;
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamyati bo‘yicha ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etuvchi omillarni e’tiborga olgan holda mahsulot sotishdan tushadigan jami daromadlar hajmining 2030-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
kon-metallurgiya sanoati xususiyatiga ko‘ra simsiz “egizak”dan foyda-lanish texnologiyasi ishlab chiqarish jarayonlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish algoritmidan foydalangan holda takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Innovatsion faoliyatni takomillashtirish asosida sanoat korxonalarini samarali rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
raqamlashtirish sharoitida “frendshoring”ga ko‘ra, jumladan “yashil” iqtisodiyotga o‘tish va xalqaro integratsion jarayonlarni samarali tashkil qilish asosida yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etishga takomillashtirilgan yondashuv “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiya-dorlik jamiyati amaliyotiga joriy qilingan (“Olmaliq KMK” AJ 2024 yil 7 iyundagi 06-24/42-00012-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif transport xarajatlarini 1,5 foizga va energotejamkorlik ko‘rsatkichlarini kamaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining energosamaradorlikni oshirish startegiyasi tizimni tashkil etuvchi moddiy-ishlab chiqarish, ijtimoiy va moliyaviy resurslar uyg‘unligi maqsadlariga asoslangan barqaror rivojlanish modeli tarkibida raqamli “egizaklar”ni joriy qilishga ko‘ra takomillashtirish taklifi Aksiyadorlik jamiyati amaliyotiga joriy qilingan (“Olmaliq KMK” AJning 2024 yil 7 iyundagi 06-24/42-00012-sonli ma’lumotnomasi). Taklif tog‘-kon ishlari rejalari bajarilishiga, korxona samaradorligini oshirishga hamda amortizatsiya va energiyaa xarajatlarini kamayishiga murayyan darajada xizmat qilgan;
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamyati bo‘yicha ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etuvchi omillarni e’tiborga olgan holda mahsulot sotishdan tushadigan jami daromadlar hajmining 2030-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlaridan “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamyatini istiqbolda rivojlan-tirishga oid hujjatlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (“Olmaliq KMK” AJning 2024 yil 7 iyundagi 06-24/42-00012-son ma’lumotnomasi). Taklif ichki imkoniyatlardan samarali foydalanish kabi omillarga ko‘ra 2030-yilga kelib umumiy operatsion foydani 2,65 foizga oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
kon-metallurgiya sanoati xususiyatiga ko‘ra simsiz “egizak”dan foyda-lanish texnologiyasi ishlab chiqarish jarayonlarini bosqichma-bosqich amalga oshirish algoritmidan foydalangan holda takomillashtirish taklifi “Olmaliq KMK” Aksiyadorlik jamiyati amaliyotiga joriy qilingan (“Olmaliq KMK” AJning 2024 yil 7 iyundagi 06-24/42-00012-son ma’lumotnomasi). Taklifga ko‘ra energiya samaradorlikni oshirish strategiyasi takomllashtirilib, natijasida 15,2 million kVt/soat elektr energiya, 3,9 million m3 tabiiy gaz va 1,37 ming tonna neft mahsulotlarini tejalishiga muayyan darajada xizmat qilgan.